2-o`quvchi: - Ko`p qushlar esa yil davomida bir joyda yashaydilar. Bunday qushlarga chittak, musicha, ko`k kaptar, kaklik, chumchuq kiradi.
2-boshlovchi: - Qushlar haqida she`rlar ham bilasizlarmi?
3-boshlovchi: - Chug`urchuqlar churqillaydi
Bulbullar sayrashadi.
Qaldirg`ochlar kuylashadi.
Barcha qushlar jam bo`lsa.
4-o`quvchi: - Chug`ur-chug`ur qaldirg`och,
Eshigingni tezroq och.
Mana boshoq, mana don
Manziling shu xonodon.
5-o`quvchi: Turnalar ko`p sayraydi.
Chug`urchuqlar kuylaydi.
Shox – shabbalar qo`ynida
Oq turnalar o`ynaydi.
6-o`quvchi: Nima ekan bu qush nomi
Suvlar to`qay o`rmoni
Qo`shiq aytar ku-ku
Shu sababli nomi kakku.
(Keyin o`quvchilar qushlar haqida ma`lumot beradilar).
1-o`quvchi: Qarg`a qushlar sinfining chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Yevropa, Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerikada tarqalgan qarg`alar xar-xil oziqlar bilan oziqlanadi. Bular o`rmonlarda bog`, park va daryo bo`ylarida yashaydi. Qishda shahar va qishlarga kam keladilar. Uyasini daraxtlarga qamish va buta o`simliklariga quradi. 4-5 dona tuxum qo`yadi. Ba`zi bir yerlarda foydali qushlarning tuxum va bolalarini yeb, zarar ham yetkazadi.
2-o`quvchi: Qirg`iy, burgut yirtqich qushlar turkumining qarchig`aylar oilasiga kiradi. Qirg`iy Yevropa, Osiyo Afrikada tarqalgan.
Burgutlarning 12 tagacha turi bor. Ular tog`larda o`rmon cho`l va sahrolarda yashaydi. Burgutlar o`ljasini havodan, yerdan va suvdan turib tuta oladi. Ular baliqlar, qushlar bilan oziqlanadi.
3-o`quvchi: Ukki yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida quloqqa o`xshash ikki to`p pati dikkayib turadi. Ukki ko`proq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi, ba`zan o`rgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi.
4-o`quvchi: O`rdaklar bundan 3000 yil oldin yovvoyi o`rdaklardan kelib chiqqan. O`rdak tuxumining ta`mi uncha yaxshi bo`lmaganligi sababli odatda go`shti uchun boqiladi. O`rta Osiyo uv suv havzalarida suqsar o`rdaklar uchraydi.
5-o`quvchi: Tovuqlar xonaki parrandalar orasida eng ko`p boqiladi. Hozirgi tovuq zotlari tropik o`rmonlarda yashaydigan yavvoyi bankiv tovuqlardan kelib chiqqan.
Bundan taxminan 4500 yil ilgari qadimgi Hindistonda tankiv tovuqlari xonakilashtira boshlangan. Hozirgi tovuqlar tuxum, go`sht, go`sht-tuxum yo`nalishidagi zotlarga ajratilgan. Zotlar tashqi ko`rinishi bilan bir-biridan farq qiladi.
1-boshlovchi: Mana azizlar “Gullar va Qushlar bayrami”ga bag`ishlangan kechamiz ham oxirlab qoldi. Aziz o`quvchilar har birimiz tabiatga mehr-muruvvatli bo`lishimiz va tabiatning tabiiy go`zalligini saqlashimiz kerak.
2-boshlovchi: Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish har bir insonning muqaddas burchidir. Ona tabiatni asrang aziz o`quvchilar!
(O`quvchilar “Tabiatni asrang” qo`shig`i bilan kechani yakunlaydilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |