Algoritmlash p65. p65



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/223
Sana09.12.2021
Hajmi2,81 Mb.
#190361
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   223
Bog'liq
2 5226458987112694377

qoramiz», 
B
  kishi  aytdi:  «Hech  bo‘lmaganda  birimiz  yolg‘onchimiz». 
Ular  kimlar?
B -1.  Baqa  (1;  2;  1;  2) 
n
  ta  bargli  nilufarning  a  tartib  raqamli 
bargidan  barcha  pashshalarni  yeb  a+1  tartib  raqamli  bargiga  kelitirish 
algoritmini  tuzing.
B -2.  Baqa  (1;  2;  1;  2) 
n
  ta  bargli  nilufarning  1  tartib  raqamli 
bargidan  barcha  pashshalarni,  yeb 
b
  tartib  raqamli  bargiga  kelitirish 
algoritmini  tuzing.
B-3.  Baqa (1;  2;  1;  2) 
n
 ta bargli nilufarning 
a
 tartib raqamli bargidan 
barcha pashshalarni yeb
a
 dan o ‘ngdagi 
b
 tartib raqamli bargiga kelitirish 
algoritmini  tuzing.


VI  bob.  IJROCHI  ROBOT
Robot  qayerda yashaydi?
Robot  teng  o ‘lchamdagi  kvadratlarga  b o ‘lingan  tekislikda 
yashaydi (6.1-rasm).  U kvadratlarning birida joylashgan va ixtiyoriy 
q o ‘shni  kvadratga  o ‘tishi  m um kin.  Robot  qo ‘shni  deganda 
gorizontal  yoki  vertikal  bo ‘yicha  o ‘zi  turgan  kvadratga  yopishgan 
kataklarni tushunadi.  Shu bilan birga  Robot  o ‘zi turgan  kvadratni 
b o ‘yashi  ham   mumkin.  Rasmda  Robot  nuqta  bilan,  qo‘shni 
kvadratlar  Q  harfi bilan  ko‘rsatilgan.
6.1-rasm.
Robot  5  ta  ko‘rsatmani  bajaradi: 
yuqoriga 
quyiga 
chapga 
o ‘ngga 
bo‘ya
Bulardan  yuqoriga,  quyiga,  chapga  va  o‘ngga  ko‘rsatmalari 
Robotni mos yo‘nalishlar bilan siljishga majbur qiladi.  Lekin bo‘ya 
ko‘rsatmasida Robot harakatlanmaydi,  faqat  o‘zi turgan kvadratni 
bo‘yaydi.  Agar  kvadrat  bo‘yalgan  bo ‘lsa  u  holda  bo‘ya  ko‘rsat- 
masida kvadratning  rangi  o‘zgarmaydi  (xuddi Robot hech  qanday 
ish  bajarmagandek bo‘ladi).
Devorlar
Robotning  hayotida eng  qizig‘i,  ba’zi kvadratlar  orasida  devor 
borligi  (6.2-rasm).  Odatda,  Robot  kvadratlardan  hosil  bo‘lgan va 
har  tomondan  devorlar  bilan  o‘ralgan  to ‘g‘ri  to ‘rtburchak  ichida
93


joylashgan  bo ‘ladi.  Lekin  shu  to ‘g‘ri  to ‘rtburchak  ichida  ham 
devorlar bo‘lishi mumkin.
Ba’zan devorlar murakkab shaklni hosil qiladi, bu shaklni labirint 
deb  ataladi.
Robot  devor  ichidan  o ‘ta   olmaydi.  Agar  devor  ichidan 
o‘tmoqchi  b o ‘lsa,  Robot  «sochilib»  ketadi.  Yoki  algoritmik  tilda 
aytganda  INKOR  holatiga  olib  keladi.
6.2-rasm.
Robotni bunday halokatli holatlarga tushirmaslik uchun quyidagi 
to ‘rtta  shartni  tekshirishimiz  zarur: 
yuqori  bo‘sh 
quyi  bo‘sh 
chap  bo‘sh 
o‘ng  bo‘sh
Bo‘sh  so‘zi  shu  tomonda  devor  yo‘qligini bildiradi.
Robot  o‘zi  turgan  katakning  devorinigina  aniqlay  oladi.  O‘zi 
turgan kvadrat bilan devor orasida bitta kvadrat bo‘lsa ham uzoqdagi 
bu  devorni «ko‘ra»  olmaydi.  U yonida turgan devorgagina «tegib» 
ko‘rishi mumkin.  Quyidagi 6.3-rasmda turli holatlarda yuqori bo‘sh 
degan birgina  shartning  qiymatini  ko‘rish  mumkin.  Tushunarliki, 
yuqori  bo‘sh  sharti  (agar  u  Rost  bo‘lsa)  Robot  yuqoriga  ko‘rsat- 
masini  sochilib  ketmasdan bajara  olishini bildiradi.
6.3-rasm.
94


Bu kabi mulohazalar chap bo‘sh sharti va chapga ko‘rsatmasi, 
va  yana  boshqa  ko‘rsatma va  shart juftliklari  uchun  ham  to ‘g‘ri 
b o ‘ladi.
6 .1 -  mashq
Barcha  ko‘rsatma va  shart juftliklari  uchun  rasmlarni  chizib
ko‘ ring.
Shartlar  ro‘yxatni  tugatish  uchun  Robot  biladigan  oxirgi
shartni  keltiramiz:
bo‘yalgan
Bu shart Robot turgan kvadratni bo‘yalgan yoki bo‘yalmaganini 
tekshirish  imkonini  beradi.  Agar  kvadrat  bo‘yalgan  b o ‘lsa,  shart 
ROST,  aks  holda YOLG‘ON.
K o‘rib  turibsiz,  Robotning  ko‘rsatmalari juda  sodda.  Lekin 
uni  o ‘rab  turgan  m uhit  xilma-xil  imkoniyatlarga  boy.  Robot­
ning  maydonida  turli  labirintlar,  yo‘laklar,  har  xil  shakldagi 
xonalar  va  boshqa  figuralar  yordam ida  ju d a  k o ‘p  qiziqarli 
masalalar qo‘ysih mumkin.  Robotning mikrohayoti  -  algoritmik 
tafakkurni  rivojlantirish  uchun  a ‘lo  darajadagi  m ashq  may- 
donidir.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish