Ijrochi Chigirtka Gorizontal to ‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz va unda bir xil masofada
kvadrat nishonlar joylashtiramiz (2.1-rasm). Nishonlar to ‘g‘ri
chiziqdagi nuqtalarni bildiradi. Nuqtalardan birini 0 bilan belgilay-
miz. Undan o‘ngdagi nuqtalarni 1, 2, 3, 4 va shu kabi, chapdagi
nuqtalarni -1, -2, -3, -4 va shu kabi belgilaymiz. Bu to ‘g‘ri chiziqni
sonlar o ‘qi deb ataymiz. Sonlar o ‘qida Ijrochi Chigirtka yashaydi.
Rasmda (va bundan keyin) u K harfi bilan belgilangan.
2.1-rasm. Boshlang‘ich vaqtda Chigirtka sonlar o ‘qining 0 nuqtasida
joylashgan. U uch birlik oldinga (2.2-rasm) va 2 birlik orqaga
(2.3-rasm) sakrashi mumkin.
2.2-rasm. 31
2.3-rasm. Quyidagi algoritm asosida Chigirtka qanday sakragani 2.4-
rasmda ko‘rsatilgan:
oldinga 3
oldinga 3
orqaga 2
orqaga 2
orqaga 2