2.10-m asala
Uchta ritsar uchta qurolbardorlari bilan daryo bo‘yiga kelishdi.
Daryo bo‘yida ikki kishi suza oladigan qayiqchani topib olishdi.
Har bir qurolbardor xo‘jayiniga shunchalik sodiqki, u boshqa
ritsarlar bilan xo‘jayinisiz yolg‘iz o‘zi qirg‘oqda qolishga yoki
qayiqda suzishga rozi bo ‘lmayapti. Lekin ular yakka o ‘zi yoki
boshqa qurolbardorlar bilan qolishga rozi. Olti kishilashib ular
daryoni qanday suzib o ‘tishadi?
Bu masaladagi Ijrochi uchun ko‘rsatmalar tizim ini ishlab
chiqing. Shu ko‘rsatmalar tizimida masalaning yechimini beruvchi
algoritmni tuzing. Algoritmni bajarilishidagi holatni ifodalovchi
jadval tuzing va uni to ‘ldiring.
Quyidagi uch qoidaga amal qilinishi kerakligini eslatib
o ‘tamiz:
• qayiq ikki kishidan ortig‘ini ko‘tarmaydi;
• qayiqda qurolbardor begona ritsar bilan qolishi mumkin
emas;
• agar qirg‘oqda qurolbardor bilan begona ritsar birga bo ‘lsa,
u holda bu qurolbardorning ritsari ham shu yerda bo‘lishi
shart.
Birinchi ikkita qoidaning bajarilishini
nazorat qilib turish uchun
algoritmni ko‘rish kifoya.
Lekin oxirgi qoida buzilmaganiga ishonch hosil qilish uchun
jadval kerak bo‘ladi.
Malakali dasturchilar dastur yozayotganda ichiga dastur holati
haqidagi tasdiqlarni joylashtirishadi. Ular dasturda talab qilinga-
nidek, ishlayotganiga ishonch hosil qilishga yordam beradi va
dasturning to‘g‘riligini isbotlashga imkon beradi.
Ba’zan bu malol keladigandek tuyuladi. Lekin dasturchilar
mehnati eng hurm atli ishlardandir. Hozirgi kunda kompyuterlar
samolyotlar va atom elektrstansiyalarni boshqarmoqda, vrach-
larga jarrohlik operatsiyalarida yordam bermoqda, juda ko‘p
har xil m uhim ishlarni bajarmoqda. Inson va insoniyatning
hayoti, atrof-muhitning holati, sarflangan ulkan mablag‘larning
natijasi kompyuterlarning ishi bilan bog‘liq ekan, undagi dastur-
lar to ‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish shart. Bunday
ishonch hosil qilishning eng m ukam m al usullaridan biri —
dasturlash fanidir.
Yuqorida keltirilgan mashq va masalalarni yechib, ya’ni yechish
algoritmining ko‘rsatmalarini yozib chiqib, bu algoritmlar chiziqli
ekanligini ko‘rishingiz mumkin.
35
Ijrochi Baqa
Gorizontal to ‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz va unda bir xil masofada
1 dan
n gacha tartiblangan ellipsli nishonlar joylashtiramiz (2.5-
rasm). Ellipsli nishonlar suv ustida turgan nilufar barglarini bildiradi.
Bu barglar ustida Ijrochi Baqa ovqatlanadi. Baqani bundan keyin
B harfi bilan belgilaymiz.
схзо-оооо-
Do'stlaringiz bilan baham: