OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETININIG JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI «KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi “ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH” FANIDAN
Mavzu: Savdo korxonasida tovar aylanmasini hisobga olishning axborot tizimini
ishlab chiqish
Bajardi: “Axborot tizimlari va texnalogiyalari (Tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)”
yoʻnalishi 2-kurs 121-20-guruh Turg`unov Ulug`bek Erkin o`g’li
Ilmiy raxbar: Boboqulov Bekzod
Jizzax-2022 MUNDARIJA
Kirish........................................................................................................................3
I.BOB. Savdo korxonasida tovar aylanmasini hisobga olishning axborot tizimini ishlab chiqish da ishlatilgan dasturiy ta’minot tasnifi…..………….5
1.1 Savdo korxonasida tovar aylanmasini hisobga olishning axborot tizimini ishlab chiqishda qo’llaniladigan dasturiy vositalar ……………………………………………..7
1.2 Tizimni boshqaruvchi admin haqida va admin vazifalari tasnifi …..................9
II BOB. Savdo korxonasida tovar aylanmasini hisobga olishning axborot tizimini ishlab chiqish dasturiy qismining yaratilishi ……………..11
2.1. Savdo korxonasida tovar aylanmasini hisobga olishning axborot tizimini ishlab chiqishning dasturiy qismining tasnifi....……..............................................13
Xulosa.....................................................................................................................16
Foydalaniladigan adabiyotlar..............................................................................17
Ilovalar...................................................................................................................18
KIRISH Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi Respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. 2019 yil 27- aprel kuni “2019 yil 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi “Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil yetish to‘g‘risida ”gi ma’ruzasida belgilab berilgan 5 ta tashabus bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha. 3 tashabus “Axolini va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnalogiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan“ O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi,jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga kata hissa qo‘shib kelmoqda, shu bilan birgalikda,hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo‘nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo‘lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang‘ich nuqta qo‘yildi. Axborot, energiya,vazn,bo‘shliq,vaqtni bir butun holda batafsil o‘rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim axamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.
Kurs ishimizning kirish qismida biz mavzuning maqsad va vazifalari, uning tuzilishi, qay darajada samaradorligi, qo‘llanilishidagi qulayliklari va kamchiliklari haqida to‘xtalib o‘tamiz.