1.2 Tizimni boshqaruvchi admin haqida va admin vazifalari tasnifi.
Systemadmin - bu butun kompyuterlar guruhining uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan, uning xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan, shuningdek, o‘rnatish yangilanishini nazorat qiluvchi kompaniya, korxona xodimi. Tizim boshqaruvchisining pozitsiyasi dasturni doimiy nazorat qilishni, tizimlarni zaxiralashni, muhim ma’lumotlarni, shuningdek, nosozlik natijasida tizimlar va dasturiy ta’minotni tiklashni o‘z ichiga oladi.
Tizim ma’murining mas’uliyati ko‘plab vazifalarni o‘z ichiga oladi, ulardan eng muhimi:
Yaxshi dasturiy ta’minotni izlash, uni o‘rnatish, faoliyatini sozlash; kompaniya tarmog‘ining uzluksiz uzluksiz ishlashini ta’minlash, ma’lumotlarning maxfiyligini kafolatlash;
Ma’lumotlarni nusxalash (zaxira);
Xodimlarning birortasini aybi bilan ma’lumotlarning bir qismi yoki barchasi yo‘qolgan taqdirda ma’lumotlarni tez va to‘liq tiklash;
Kompyuter yoki boshqa orgtexnika vositalarini tushunish qiyin bo‘lgan kompaniya foydalanuvchilari-xodimlariga yordam berish (bu erda inson omili juda muhim, tizim ma’murining bunday vazifalari foydalanuvchi uchun xotirjam va iloji boricha aniq bajarilishi kerak);
Boshqaruv uchun hisobot hujjatlarini shakllantirish.
Har qanday tizimning o‘zining boshqarish bo‘limi bo‘ladi. Bunda tizimdagi o‘zgarishlar admin orqali amalga oshiriladi. Admin tizimga ma’lumotlar qo‘shish, o‘chirish, tahrirlash, yangilash va hokazo amallarni bajaradi. Bizning dasturimizni admin qismida biz mini market ta tavarlar ustida bir nechta amallar bajaramiz. Bunda tavar nomi, tavar narxi, tavar kategoriyasi, haridor ismi,haridor yoshi, va hokazolar kiritiladi. Mahsulot bo‘limida qo’shish, yangilash, o‘chirish, tugmalari mavjud. Kiritish tugmasi orqali biz ma’lumotlar bazasiga yangi tavarlarni ma’lumotlarini kiritamiz. Yangilashda bazadagi mavjud ma’lumotlarni o‘zgartirib bir vaqtning o‘zida saqlab ham ketadi. O‘chirish buyrug‘i orqali tanlagan qatorimizni yani ro‘yxatdan chiqarilishi kerak bo‘lgan tavarlarni o‘chiramiz. Ro‘yxatda biron bir tavar tanlanganda u haqida ma’lumotlar textboxlarda ko‘rinadi va o’chirish buyrugi orqali jadvaldan o’chiriladi. Yangilash buyrug‘ida esa bazaga kiritilgan yangi ma’lumotlarni, tahrirlangan tavarlarni va hokazo amallarni yangilaydi va yangilangan ro‘yxat qilib chiqarib beradi.
1-rasm
Adminga kirish qismi
Kirish qismida Username va parol kiritiladi. PassWord qismida shunday qulaylik mavjudki admin kirish qismida yon atrofidagi kuzatuvchilar parolni ko‘ra olmasligi uchun yashirin belgilar bilan aks ettirilgan.
2-rasm
Admin ishchi oynasi
Ishchi oynamizda tavarlar jamlangan ro‘yxat, yangi tavarlar qo‘shish uchun alohida ID, nom, narxi, miqdori va hokazo kiritish bo‘limlari bor. Ma’lumotlar ustida ishlash uchun bir nechta amallar mavjud. Bular qo’shish, yangilash, o‘chirish.
3-rasm
Admin ishchi oynasi
Foydalanuvchi uchun qulaylik yaratish maqsadida ishchi oynasi uch qismga ajratilgan bo‘lib ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan. Bu bir vaqtning o‘zida ish samaradorligini oshirishda, sifatli va qisqa vaqt ichida vazifa bajarilishini ta’minlaydi.
Haridorlar boshqaruvi oynasida admin haridorlarni qo’shis, yangilash va o’chirish mumkin.Bunda hairorning ID, ism, tel raqam, parol malumotlari kiritadi.
Haridor ismi va parolidan o’zining haridlar varaqasiga kirishda foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |