To’satdan quyosh tutilishi boshlanadi. Xaloyiq biror falokat yuz berishini
sezib, Igorni jangga bormaslikka da’vat etadi. Ammo Igor borishga qat’iy
29
Igorning xotini Yaroslavna akasi knyaz Galitskiy hokimiyati qo’lga olish
va Putivlda taxtga o’tirishni orzu qiladi.
Igorning xotini Yaroslavna akasi knyaz Galitskiydan sodir bo’layotgan
tartibsizliklar uchun javob berishini talab qiladi.
Mana shunday og’ir bir paytda boyarlar knyaginyaga jangda Igorning
mag’lubiyatga uchraganligi, o’zining esa asirga tushganligi va polovets
qo’shinlarining Putivl qo’rg’oniga yaqinlashib qolganligini xabar qiladilar.
Boyarlar shahar qal’asining ishonchli qo’llarda ekanligini, uni qattiq turib
himoya qilishlarini aytib knyaginyani ishontiradilar.
Polovetslar qarorgohi. Kechki payt Xon Konchak qizining chodiri yonida
qizlar yig’ilishgan. Konchakovna sevimli yigiti- knyaz o’g’li Vladimir
Igorevich bilan uchrashmoqchi.
Polovets xoni Konchak qizi bilan Vladimir to’yiga rozi, ammo Igor asirda
ekan, bu to’g’rida hatto eshitgisi ham kelmaydi. Xon Igorning tushkin
kayfiyatini va ruhini ko’tarish uchun polovetslarga va ularning bandilariga
raqs boshlashga buyruq beradi.
Igor o’g’li bilan birgalikda Konchak asirligidan qochmoqchi bo’ladi, ammo
bir o’zi qochadi, xolos.
Yaroslavna shahar qal’asi ustida Igorning kelishini kutmoqda. Igor keladi.
Xaloyiq Igorni olqishlaydi.
«Knyaz Igor» operasi originalligi, yorqinligi, melodiyasining boyligi,
jihatdan opera musiqasida alohida o’rin tutadi.
Polovetslar raqsi operaning rang-barang va g’oyat rivojlangan sahnalardan
hisoblanadi. Operada polovetslar xarakterining turli-tuman tomonlari, keskin
va shiddatli harakatlari, vaxshiyona urushqoqligi va boshqa xilma-xil
xususiyati juda batafsil ko’rsatib berilgan. Bu sharq xalqlari raqslariga
asoslangan
xoreografiya
sahnasining
klassik
namunasidir.
Borodin
tomonidan yaratilgan raqs syuitasining boshqa xususiyati shundan iboratki,
unda turli xarakterdagi raqslarning rivojlantirilishi, ularning qo’shiq bilan
qo’shillib ketishi, o’zaro bog’lanishi, xilma-xil bo’yoqlarda ifodalangan
manzarani hosil qila oladilar.
Igor ariyasi operaning markaziy nomerlaridan biri hisoblanadi. Unda bosh
qahramonning ichki kechinmalari har tomonlama va to’la–to’kis ochib
berilgan. Igor mard sarkarda, sadoqatli vatanparvar va sevimli yor sifatida
tavsiflanadi.
30
Jangdagi muvaffaqiyatsizlik haqidagi ko’ngilsiz xotiralar uning qalbida
kurashga va erkinlikka otlanish tuyg’ularini qo’zg’atadi. Vatan taqdiri
to’g’risidagi o’ylar Igorni Yaroslavna haqida ham yaxshi o’ylarga olib keladi.
Orombaxsh va yorqin kolorit bilan ajralib turadigan lirik ohang taralib turadi.
Bu ohangda o’zgacha bir obraz tasvirlanadi. Unda qat’iylik va sahiylik, ayyor
va o’ziga xos ulug’vorlik singari qarama-qarshi ruhdagi ajoyib obrazlar bir-
biriga organik bog’lanib ketadi.
Borodin Pushkin, Nekrasov, Geyne va o’zi yozgan she’rlarga bir qancha
romanslar ham yozgan.
Borodin 1887- yilda vafot etdi. Uning ijodiy va jamoatchilik faoliyati,
ma’naviy qiyofasi ulug’vor xarakteri uni biladigan barcha tanishlari va
ayniqsa yoshlar orasida uning mashhur bo’lishiga omil edi.
«Knyaz Igor» (2)
Prolog va 4 pardadan iborat opera.
Libretto muallifi - A.P. Borodin.
Qatnashuvchi shaxslar:
Igor Svyatoslavovich, Severskiy knyazi……..……….……...bariton
Yaroslavna, uning rafiqasi……………………………..…….soprano
Vladimir Igorevich- birinchi turmushidan orttirgan o’g’li.…….tenor
Vladimir
Yaroslavovich-Galitskiy
knyazi,
knyaginyaYaroslavnaning
akasi…………………………………………………….…baland bas
Konchak-polovets xoni……………………………….…………...bas
Gzak- polovets xoni…………………………………….……..so’zsiz
Konchakovna- Konchak xonning qizi…………………...….kontralto
Ovlur- cho’qintirilgan polovets yigit……………………………tenor
Skula- gudoshnik (puflamachi)……………………………………bas
Yeroshka (puflamachi)…………………………………………..tenor
Yaroslavnaning enagasi……………………………………...soprano
Polovets qiz……………………………………………….…soprano
Rus knyaz va knyaginyalar, boyarlar, oqsoqollar, rus askarlar, qizlar, xalq,
polovets xonlar va xokazolar.
Operaning xarakati 1185 yilda sodir bo’lib o’tadi.