74
«Qizil lola » baletining qisqacha mazmuni
Chet el kemasidan yuk tushirish manzarasi. Ishchilar kemani yukdan
bo’shatmoqdalar, ularning boshi ustida nazoratchilar qamchisi o’ynab turadi.
Ishchilardan biri charchab yiqiladi. Nazoratchi uni qiynaydi. Ma-Li-Chen va
boshqa ishchilar yiqilgan ishchini himoya qilmoqchi bo’ladilar, ularga sho’ro
kemasining kapitani ham qo’shiladi.
Sho’ro kemasidan yuk tushirish
boshlanadi, sho’ro matroslari yukni tushiruvchi ishchilarga ko’maklashadilar.
Dengiz qirg’og’idagi torgina mayxona… Bir to’da bekorchilar,
savdogarlar, korchalonlar, mayparastlar oldida Li Shan-Fuga xizmat qiluvchi,
raqqosa qiz Tao-Xao raqsga tushadi. Raqqosaga sho’ro kapitani ozodlik
nishonasi- qizil lolani taqdim qiladi.
Ishchilar
qo’zg’olon
ko’taradilar. Li Shan-Fu sovet kapitanini o’ldirmoqchi bo’lganda, motroslar
uni qutqazadilar. Keyin Li Shan-Fu choyga zahar soladi va kapitanga
ichirishni raqqosa qizga buyiradi, qiz choyni atayin to’kib yuboradi. Keyin Li
Shan-Fu kapitanni otmoqchi bo’lganida Ma Li-Chen uning qo’lini tutib
qoladi. Sho’ro paraxodi ketadi. Li Shan-Fu Ma LI-Chenga o’q uzadi, ammo
qiz Tao Xao o’zini Ma Li-Chen ustiga tashlaydi va halok bo’ladi.
Balet tez orada shuhrat qozonadi vasobiq Ittifoqning barcha teatrtlarida
sahnalashtiriladi. Ayniqsa, undagi «Yablochko» raqsi butun jahonga mashhur
bo’ladi.
O’zbekistonda
dastlabki professional sahna asarlarining yuzaga kelishi va uning taraqqiyotida
Glierning xizmati kattadir.
Glier o’ttizinchi yillarda boshlab O’zbekiston musiqa madanyati bilan
qiziqadi. U 1935-1936 yillar davomida To’xtasin Jalilov to’plagan va Tolibjon
Sodiqov notaga yozgan kuylar asosida «Gulsara» musiqali dramasini yaratdi (
dramani K.Yashin va M.Muhammedovlar yozganlar ) «Gulsara» musiqali
dramasi 1936 yil 31 martda Toshkentda 1937 yil bahorida, dekada kunlarida,
Moskva Bolshoy teatri filiali sahnasida ko’rsatildi. Glier 1940 yilda Tolibjon
Sodiqov bilan hamkorlikda «Layli va Majnun» operasini, 1949 yilda
«Gulsara » operasini yozadi. «Layli va Majnun» operasini birinchi marta
Toshkentda 1940 yil iyul oyida ko’rsatilgan edi. Kompozitor 1940 yilda o’zbek
halq kuylari asosida. «Farg’ona Bayrami» simfonik uvertyurasini ham yozadi.
Bu asarda Farg’ona vodiysining ajoyib manzaralari va hushchaqchaq
kishilarning shodiyonasi tarannum etiladi. Bu uvertyurada kompozitor o’zbek
halq kuylari «Chamanda gul» «Andijon samosi»va «Hil-hila yorim»dan
mahorat bilan foydalangan
75
Reyngold Moritsevich Glier 1956 yil iyun oyida 81 yoshida Moskvada vafot
etadi.
Glierning ijodiy
merosi 5ta opera, 6 ta balet, 3 ta simfoniya, 5 ta uvertyura, 5ta konsert, 3 ta torli
sekstet, 4 ta torli kvartet, fortepiano va boshqa cholg’u asboblari uchun pyesalar,
130 ta romans va hokazolardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: