Aleksandr Konstantinovich Glazunov


Aram Ilyich Xachaturyan. (2)



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/92
Sana31.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#261230
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Bog'liq
MDH

Aram Ilyich Xachaturyan. (2) 

      

    Aram  Xachaturyanning  nomi  jaxon  musiqa  shinavandalari  orasida 

mashhurdir.  Uning  skripka,  violonchel,  fortepiano  uchun  yozgan  konsertlari, 

«Gayane», «Spartak» syuitalari, «Maskarad» dramasiga musiqa doim yangrab 

turadi. 

      Aram Ilyich Xachaturyan 1903-yilda Tiflisda muqovasoz oilasida tug`ildi. 

Uning  bolalik  yillari  shu  yerda  o`tdi.  Juda  yoshligidan  arman  qo`shiqlarini 

o`rgandi.  U  gruzin  va  ozarbayjon  qo`shiqlari  bilan  ham  tanishdi.O`n  sakkiz 




 

86 


yoshga  kirgach,  musiqa  bilim  yurti  dargohiga  birinchi  qadam  qo`ydi.1922-

yilda  Moskvada  Gnesinlar  nomidagi  musiqa  texnikumida  violanchel  sinfida, 

so`ngra  1926-yildan  boshlab  kompozitsiya  sinfida  o`qidi.  Xachaturyan 

texnikumda o`qib yurgan chog`laridayoq skripka bilan fortepiano uchun raqs, 

fortepiano  uchun  «Poema»yozdi.  Bu  asarlarida  arman  milliy  koloriti  yorqin 

ifodalangan edi. 

      Xachaturyan 

1929-yildan 

1934-yilga 

qadar 


Moskva 

davlat 


konservatoriyasida Myaskovskiy, Vasilenko, Ivanov-Radkevich sinflarida, uch 

yil  aspiranturada  ta’lim  oldi.Uning  1929-yilda  skripka  va  fortepiano  uchun 

yozgan    «Qo`shiq-poema»si  va  1932-yilda  yozgan  «Tokkata»  hamda  triosi 

yosh  kompozitor  nomini  keng  ommaga  tanitdi.  Ijodkor  triosining  xarakterli 

tomoni uchinchi qismining o`zbek xalq kuyiga asoslangan variatsiya formasida 

yozilganligidir.Kompozitorning  1933-yilda  simfonik  orkestr  uchun  yozilgan 

raqs  syuitasiga  ham  lezginka,  armancha  raqs  kuylari  bilan  bir  qatorda  o`zbek 

xalq kuyi kiritilgan. 

      Xachaturyan  konservatoriyani  1933-yilda  muvaffaqiyatli  tugatgach,  uning 

nomi konservatoriyaning kichik zali foesiga oltin harflar bilan yozib qo`yiladi. 

      Kompozitor 1934-yilda o`zining birinchi simfoniyasini yozdi.         1937-

yilda  Moskvada  bo`lib  o`tgan  sovet  musiqasi  o`n  kunligida  Xachaturyanning 

orkestr  bilan  fortepiano  uchun  yozgan  konserti  katta  muvoffaqiyat  qozonadi. 

Bu asar sovet musiqa madaniyatining katta yutuqlaridan deb baholanadi. 

     Kompozitor  1938-yilda  sovet  kompozitorlari  uyushmasiga  rahbarlik  qildi 

va shu yili unga «Pepo» kinofilmiga yozgan musiqasi uchun Armaniston SSR 

da xizmat ko`rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. 

     1939-yilda  Moskvada  arman  adabiyoti  va    san’ati  dekadasi  bo`lib  o`tdi. 

Kompozitor  dekadaga  bag`ishlab    «Baxt»  nomli  balet  yozdi.  Ijodkor  Lenin 

ordeni bilan mukofotlandi. 

     Xachaturyan  1940-yilda  o`zining  mashhur  asarlaridan  biri  orkesrt  bilan 

skripka  uchun  konsertini  yozdi.  Bu  asar  musiqasining  yorqinligi,  milliy 

xarakterdaligi bilan ajralib turadi. 

     Ulug`  Vatan  urushining  dastlabki  kunlaridan  boshlab,  Xachaturyan  Sovet 

kompozitorlari  soyuzi  Moskva  bo`limining  harbiy  komissiyasi  ishida  aktiv 

ishtirok  etdi.  Urushning  dastlabki  haftalaridayoq  «Kapitan  Gastello  haqida» 

dramatik qo`shiq va «Ulug` Vatan urushi qahramonlariga» nomli marsh yozdi. 

1942-yilda «Baxt» nomli baletini qaytadan ishladi va bu asar «Gayane» nomi 

bilan  atala  boshladi.  «Gayane»  baleti  birinchi  marta  Perm  shahrida  turgan 

Leningrad  Davlat  opera  va  balet  teatrida  sahnaga  qo`yildi.  Kompozitorga 




 

87 


1943-yilda  ikkinchi  marta  davlat  mukofoti  berildi  (birinchi  marta  skripka 

uchun yozgan konsertiga).  

    «Gayane» baletida qo`pol va qattiq qo`l, keyinchalik bo`lib chiqqan erining 

jabr-zulmini  tortgan  ayolning  dramasi  to`g`risida,  arman  kolhozchilarining 

dushmanga  qarshi  kurashda  ko`rsatgan  mardligi  to`g`risida  hikoya  qilinadi. 

Balet  musiqasi  jonli  va  tasviriyligi  bilan  ajralib  turadi,  ayniqsa  undagi 

«Qilichbozlar  raqsi»  hozirgacha  ijrochilarning  sevimli  asarlaridan  bo`lib 

kelmoqda. 

      1944-yilda Xachaturyan og`ir tarixiy damlarni o`z boshidan kechirayotgan 

xalqning kechinmalarini ifodalovchi ikkinchi simfoniyasini yozdi. Oradan ikki 

yil  o`tgach,  Xachaturyanga  bu  simfoniyasi  uchun  uchinchi  marta  davlat 

mukofoti berildi. 

      1944-yilda u Armaniston Davlat madhiyasini yaratishda ishtirok etdi.  

      Kompozitor  urush  yillarida  «Boltiq  dengizi»  nomli  mashhur  qo`shi, 

Pogodinning  «Kreml  kuranti»  spektakliga  musiqa,  «Maskarad»  simfonik 

syuitasi va boshqalarni yaratdi. 

      Xachaturyan  urushdan  keyingi  yillarda  ham  yirik  formali  musiqa  asarlari 

ustida ishlashni davom ettirdi, ovoz bilan simfonik orkestr uchun uchta ariya, 

violonchel bilan orkestr uchun konsert yozdi. 

      1947-yilda Xachaturyan organ bilan orkestr uchun simfonik poema yozdi. 

       Xachaturyanning  1948-yildan  keyin  yozgan  eng  yirik  asarlaridan  biri 

«Spartak»  baleti  (N.Volkov  librettosi)  dir.  Balet  klaviriga  yozilgan  so`z 

boshida  shunday  deyiladi:  «Spartakning  ozodlik  uchun  kurash  temasi,  qullik 

zanjirlariga qarshi qo`zg`alon, ezilgan xalqqa erkin va mustaqil hayot kechirish 

huquqini  berishga  intilish  singari  g`oyalar  baletning  asosiy  temasi 

hisoblanadi…» 

       Librettoda  asosan  Spartakning  haqiqiy  faktlarga  asoslangan  tarjimai  holi 

beriladi. 




Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish