Reyngold Moritsevich Glier
Atoqli sovet kompozitori,san’atshunoslik fanlari doktori, professor Reyngold
Moritsevich Glier ajoyib kompozitorlik mahorati bilan sovet musiqa
madaniyati tarixida katta o’rin tutadi. Reyngold Moritsevich Glier 1875-
yilning yanvarida Kiev shahrida tug’ildi. Uning otasi musiqa asboblarini
yasovchi va tuzatuvchi usta bo’lgan.U valtorna, truba, fleyta va klarnet singari
damli asboblarda chalgan.Shuning uchun ham yosh Reyngold musiqa olami
bilan juda barvaqt tanishadi.Kapelmeystr va skiripkachi Vaynberg
Reyngoldga skripka chalishni o’rgatdi. U 14 yoshida fortepiano va skripka
uchun kichik pyesalar yoza boshlaydi. Ammo otasi kichik o`g`li
Reyngoldning
o`z
hayotini
musiqa
bilan
bog`lashini
sira
ham
istamasdi.Shuning uchun uni Kiyev gimnaziyasida o`qitadi. Biroq otasining
do`stlari bolada musiqa iste’dodi zo`rligini aytib, uni o`z fikridan qaytaradilar.
Shundan keyingina Reyngold Kiyev musiqa bilim yurtida o`qiydi va uni
1891-yilda tugatadi
Glier musiqa bilim yurtini tugatgach,1892-1893 yillar
mobaynida fortepiano,violonchel uchun pyessalar,torli kvartet uchun ikkita
asar, xatto simfonik orkestr uchun uvertyura yozgan edi. 1893-yilda
72
Kiyevga P.I.Chaykovskiy keladi va konsertlarda o`z asarlariga dirijyorlik
qiladi. Bu genial kompozitor asarlaridan olgan kuchli taassurot Glierda
Moskva konservatoriyasida o`qish orzusini tug`diradi.1894-yilda uning bu
orzusi ro`yobga chiqadi.U Moskva konservatoriyasida o`qish davomida
professor Grjimalidan skripka, Chaykovskiyning shogirdlari S.Taneyev,
A.Arenskiy, M.Ippolitov-Ivanov singari atoqli kompozitorlardan musiqa
nazaryasiga oid bilimlar oladi.
Glier konservatoriyada olti yil o’qidi.
Uning o’qish yillarida yozgan muhim asarlaridan biri ikkita skripka, ikkita alt
va ikkita violonchel uchun yozilgan sekstetdir.
Glier 1899 yilda o’zining
birinchi torli kvartetini, 1900 yilda esa birinchi simfoniyasini yozadi. Glier
Moskva Konservatoriyasini mahoratli skiripkachi va musiqa asarlarining
muallifi sifatida tugatadi, unga oltin medal beriladi.Uning nomi
konservatoriyaning kichik zali oldidagi marmar taxtaga Taneyev,
Raxmaninov, Skryabin singari atoqli musiqa arboblarining nomi bilan bir
qator yozib qo`yiladi.
Glier 1900-yilda konservatoriyani tugatgandan so`ng, Moskva musiqa bilim
yurtida garmoniya va musiqa taxlili fanlaridan dars bera boshlaydi.
Glier pedagoglik faoliyati bilan bir qatorda ijodini ham davom ettiradi. Endi
u vokal asarlar yaratish ustida ish olib borib, Pushkin, Bayron,A.Tolstoy,
Tyutchev she`rlariga romanslar , xotin-qizlar xo`ri uchun syuita, fortepiano
uchun pyesalar yozadi. 1904-yilda ikkinchi sekstetni, 1905-yilda uchinchi
sekstetni va ikkinchi torli kvartetni yozadi. Uning «Inson ko`z yoshlari»,
«Qayg`uli kech», «Go`zal va musaffo bahor», «Yashaymiz, yashaymiz»
singari romans va qo`shiqlari Rossiyaning o`sha davrdagi mashhur
ashulachilari Nejdanova, Sobinov, Shalyapinlar tomonidan ijro etilgan edi.
1902-1904 yillarda Sovet musiqasining atoqli arboblaridan N. Myasovskiy va
S. Prokofyevlar Glierdan dars oladilar.
Shu yillarda kompozitor bolalarga atab birmuncha asarlar ham yozadi. Ular
fortepiano uchun xilma-hil pyesa va eskizlardan iborat.
1905-yilda Glier musiqa bilimini yanada oshirish maqsadida Berlinga
boradi, atoqli kompozitorlar bilan uchrashadi va 1907-yilda Berlinda uning
ikkinchi simfoniyasi birinchi marta ijro etiladi.
1908-1911 yillar orasida kompozitor «Sirenlar» simfonik poemani va «Ilya
Muromets » nomli uchinchi simfoniyasini yozib tugatadi.
Kompozitor «Sirenlar» va «Ilya Muromets» asarlari uchun Glinka
mukofotini olishga sazovor bo`lgan edi.
73
Glier 1913-yilda Kiyev konservatoriyasi kompozitsiya fakultetiga professor
bo`lib keladi.
Sobiq Ittifoqining taniqli kompozitorlardan B.Lyatoshinskiy, L.Revutskiy,
musiqashunos A.Alshvang va boshqalar Kiyev konservatoriyasida Glierdan
ta’lim olgan edilar. Glier rus musiqa jamiyati konsertlarida Borodin,
Chaykovskiy, Rimskiy-Korsakovlarning asarlarini targ`ib qilishda katta ishlar
qildi.
Ulug`
Oktabr
revolyutsiyasi
g`alaba
qozonganda,
Glier
Kiyev
konservatoriyasining direktori edi. U o`z zamonasining ilg`or ziyolilari
qatorida yangi sotsialistik musiqa madaniyatini yo`lga qo`yish va uni
rivojlantirishda bir talay ishlar qildi.
Kompozitor 1920-yildan boshlab Moskva konservatoriyasining professori
bo`lib ishlaydi. Bu konservatoriyada sobiq Ittifoqining ko`zga ko`ringan
kompozitorlari:
B.Aleksandrov,
A.Davidenko,
N.Ivanov-Radkevich,
L.Knipper, A.Novikov, N.Rakov, A.Xachaturyan, musiqashunoslar: A.Mutli,
V.Sokolov, I.Sposobin va boshqalar Glierdan ta’lim olgan edilar.
1923-yilda Ozarbayjon xalq maorif komissarligi Ozarbayjon xalq
musiqasini to`plash va milliy musiqa san’atining rivojlanishiga ko`maklashish
uchun Glierni Ozarbayjonga taklif qiladilar. Dastlab u xalq kuylari, so`ngra
1923-1925 yillar mobaynida «Shoxsanam» nomli ozarbayjon operasini
yozadi.
Opera to`rt parda, besh ko`rinishda yozilgan bo`lib, birinchi marta 1926-
yilda Boku opera va balet teatrida sahnaga qo`yildi. Kompozitor opera
musiqasini ozarbayjon xalqiga tushunarli qilish maqsadida unga o`ttizdan
ortiq xalq qo`shig`i va cholg`u kuylarini kiritadi. 1934-yilda kompozitor shu
operaning yangi variantini yozadi va buning uchun Glierga Ozarbayjon xalq
artisti unvoni, oradan bir yil o`tgach, RSFSR xalq artisti unvoni beriladi.
Glier «Shoxsanam» operasining birinchi variantini tugatgandan keyin,
1926-1927 yillarda o`zining mashhur «Qizil lola» baletini yozib tugatadi.
Muallif o`zining bu mashxur baletini yozishga kirishishdan oldin «Xrizis»,
«Komendiantlar» va «Kleopatra» kabi baletlarni yozib, balet musiqasi
yaratish tajribasini yertarli darajada orttirib olgan edi
«Qizil lola» baletida xitoy mehnatkashlarini rahmsizlarcha ekspluatatsiya
qilgan chet el malaylari va ularning zulmidan azob chekkan jafokash xalq
hayoti ko`rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |