To`yinmagan kislotalar
To`yinmagan bir asosli kislotalar. Ularning umumiy formulasi CnH2n-1COOH. Demak, o`zida bir qo`shbog` va karboksi gruppa saqlaydigan birikmaga to`yinmagan bir asosli kislotalar deyiladi. bu kislotalar o`zida ham etilen uglevodlarni ham kislota xususiyatini aks ettiradi, shu bilan birga karboksil gruppaga qo`shbog`ning ta`siri natijasida molekulaning kisloota xususiyati kuchayadi. Akril kislota CH2=CH-COOH to`yinmagan bir asosli kislotalarning oddiy vakili bo`lib, u allil spirtni yoki akroleinnioksidlar hamda akril kislota nitrilini gidrolizlab olinadi. Sanoatda bu kislotani etilen oksidga tseanid ta`sir ettirib olinadi. Acetilenga uglerod (II) oksid suv ishtoirokida ta`sir ettirilib akril kislota olinadi. Akril kislotaning suyuqlanishtemperaturasi 130C, qaynash temperaturasi 1400C. bu oson polimerlanib, yuqori molekulyar poliakril hosil qiladi. Bu polimerning efirlari yelim moddalar va plastmassalar olishda ishlatiladi. Akril kislota natriyli (akrilonitril). 700C qaynovchi suyuqlik bo`lib, acetilenga tsianid kislota ta`sir ettirib olinadi. Akrilonitril sanoatda propilenni ammiak ishtirokida oksidlab olinadi. Akrilonitril yuqori molekulyar polimer moddalar olishda qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Undan olingan polimer moddalar tuproqning xususiyatlarini yaxshilashda ishlatiladi. Akril kislota polimerlardan tayyorlangan emulsiyalar gazlama yog`och, qog`oz fabrikalarda, tibbiyotda yopishqoq plastirlar ishlab chiqarishda va qurilishda alif o`rnida ishlatiladi. Masalan, akrilonitrilni butadien bilan sopolimerlab benzinga chidamli sintetik kauchuk olinadi.
Olein kislota. Olein kislota yuqori molekulaga ega bo`lgan to`yinmagan bir asosli karbon kislota. U o`simlik urug`larida uchraydigan moylar tarkibida keng tarqalgan. Olein bilan birga lenol va linolen kislotalar ham uchraydi. U rangsiz, yog`simon suyuqlik, suvdan yengil havoda oksidlanib sarg`ayadi. Olein kislota qo`shbog` hisobiga ikki atom galoidni biriktiradi: Olein kislota kuchli oksidlovchi ta`sirida parchalanadi. Bu kislotalarning hosil bo`lishi olein kislotada qo`shbog` C9 bilan C10 o`rtasida joylashganligini isbotlaydi. Olein kislota nitrat kislota ta`sirida ikki izomer – elayden kislotaga o`tadi B izomer Ni, Pt katalizatori ishtirokida vodorod atomlari bilan qaytarilsa, faqat steorin kislota hosil bo`ladi: Olein kislota sovun, plastir tayyorlashda va junni yigirishdan oldin yog`lash uchun ishlatiladi. Lenol kislota molekulasida ikkita qo`shbog`, linolenda esa uchta qo`shbog` bor. Ular ham vodorod atomlarini biriktirib steorin kislotaga aylanadi.
Tsikloalkanlar
Uglerod atomlaridan tashkil topgan to`yingan tsiklik birikmalarga tsikloalkanlar yoki bir nechta metilen gruppasidan tashkil topganligi uchun polimetilen uglevodorod deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n. Tsikloalkanlarning nomi sistematik nomenklatura bo`yicha tegishli to`yingan uglevodorodlarning nomi oldiga «ciklo» so`zi qo`shib o`qishdan hosil bo`ladi.
Tabiatda uchrashi va olinishi. Tsikloalkanlar va ularning hosilalari asosan, naft va o`simliklar tarkibida uchraydi. Birinchi bo`lib rus olimi V. V. Markovnikov o`z shogirdlari bilan neftdan tsiklopentan, tsiklogeksan va ularning hosilalarini ajratib olgan hamda quyidagi usullar bilan sintez qilgan: Ciklobutan olish uchun ruh o`rniga litiy amal gamasi ishlatiladi.
2. Benzol va uning gomologlarini gidrogenlab tsiklogeksan va uning gomologlari olingan.
3. Ikki asosli karbon kislotalarning kal tsiyli tuzlarini pirolizga uchratib, hosil bo`lgan tsiklik ketonni qaytarish yo`li bilan tegishli tsikloparafin olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |