Al-xorazmiy nomli urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 441,07 Kb.
bet1/12
Sana26.05.2022
Hajmi441,07 Kb.
#609082
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AL-XORAZMIY NOMLI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Geografiya yo’nalishi -guruh talabasi
__________________________

KURS ISHI
fanidan

MAVZU: Transport geografiyasining shakllanishi va rivojlanishi

TOPSHIRDI:
QABUL QILDI :

URGANCH-2019

MAVZU: Transport geografiyasining shakllanishi va rivojlanishi


REJA:
I.KIRISH


II.ASOSIY QISM

1.Avtomobil transportining shakllanishi


2.Temiryo’l transportining shakllanishi
3.Yo’lovchi tashish transporti haqida
4. O’zbekistonda transport xizmatlarining rivojlanishi


III.XULOSA


IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mamlakat transport tarmog`i temir yo`l, avtomobil, havo, quvurlar va daryo suv yo`llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida respublikada har yili xalq xo`jaligi uchun zarur bo`ladigan turli-tuman yuklar va yo`lovchilar tashiladi. O`zbekistonda yiliga barcha transport turlari vositasida 715 mln tonnadan oshiq yuk va 3480 mln yo`lovchi tashilmoqda
O`zbekiston quruqlik (temiryo'l, avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transportiga ega. 
Yuk va yo'lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning ikki, uch va, hatto, to'rt turidan foydalanishga to'g'ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo'lsak, uydan avtomobil bekatigacha ot-ulovda, so'ng temiryo'l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda va, nihoyat, poyezd yoki samolyotda ko'zlangan manzilga yetamiz. O'zbekistonda hozirgi zamon transportining (suv transportidan bo'lak) barcha turlaridan keng ko'lamda foydalanilmoqda. 
Barcha transport turlari xizmat ko'rsatish jarayonining o'zaro aloqadorligi asosida transport majmuasini tashkil etadi. Har bir transport turiga mos yuk ortish-tushirish maydoni, harakat yo'nalishi, vokzal, aerodrom, stansiya, bekat hamda aloqa vositalari bo'ladi. 
Temiryo'l, avtomobil yo'li qurishga ko'plab mablag' va vaqt kerak bo'ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo'nalishi (trassa) ni oz mablag' evaziga yo'lga qo'yiladi. 
Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko`tarishda transportning o`rni va mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta`sir ko`rsatadi.
Transport avvalo, ishlab chiqarish infratuzilmasi bo`lib, uning ishlab chiqarish xarajatlari va tovar narxiga ta`siri yuqoridir. Tarmoqning rivojlanishi tabiiy resurslarni o`zlashtirish, sanoat va agrar soha integratsiyasi chuqurlashishi hamda milliy xo`jalikning jahon bozoriga qo`shilishining shart-sharoitlarini yaxshilaydi. Transportning texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarda ham ahamiyati katta.
Transport mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida muhim shart-sharoit va omillardan biri hisoblanadi. Bu sohada (aloqa bilan birga) YAIMning 9,8 foizi yaratilmoqda, iqtisodiyotda band bo`lganlarning 1,5 foizi mehnat qilmoqda. Transport sohasining iqtisodiy ko`rsatkichlari keyingi yillarda birmuncha turg`un xarakterda bo`lib, bu sohadagi investitsion faollikning pasayishi, tarkibiy siljishlarning sekinlashishi, xususiylashtirish va tadbirkorlikning rivojlanish darajasi hamda umuman iqtisodiy o`sish sur`atlari va xorijiy investitsiyalarning jalb etilish darajasini pastligi bilan izohlanadi.
Transport yo'lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo'ylab ham, jahon bo'ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o'ynaydi. 
Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo`lganini tarix darslaridan yaxshi bilamiz. Bunda o`sha vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog`lab turuvchi – Buyuk Ipak yo`li aynan bizning mamlakat hududidan o`tganligi alohida o`rin tutadi. 
Temiryo'l, avtomobil yo'li qurishga ko'plab mablag' va vaqt kerak bo'ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo'nalishi (trassa) ni oz mablag' evaziga yo'lga qo'yiladi. 
Transport turlari ishchi kuchini band qilishi bo'yicha ham keskin farqlanadi. Yuk quvur, suv, temiryo'l transportlarida tashilganida sarf-xarajati avtomobil yoki havo transportida tashilgan yuk sarf-xarajatidan ancha kam bo'ladi. Neft yoki yog'och ortilgan ko'plab vagonlarni bitta lokomotiv tortib borayotganini kuzatgandirsiz? Yuzlab vagon tirkalgan o'sha poyezdni 2-3 kishigina boshqaradi. Holbuki, 125 tonna yuk ko'taradigan bitta eng katta avtomobilni ham shuncha kishi boshqaradi. Katta hajmli 100 minglab tonna yuklarni suv transporti (tanker)da tashilganda esa yo'l xarajati yana ham arzon tushadi. 
Suv transporti boshqa transportlardan sekin harakatlansada, olis masofani to'xtovsiz bosib o'tadi. Shu sababli tezligi katta ammo, stansiyalarda to'xtab-to'xtab harakatlanadigan poyezd bilan raqobatlasha oladi. Yukni temiryo'l va suv transportida bevosita egasiga yetkazish imkoniyati ancha cheklangan. Avtomobilda esa istalgan joyga yetkazib bersa bo'ladi. 
Transportning ishi uning yuk tashish hajmiga qarab belgilanadi. Yuk tashish hajmi ma'lum vaqtda ma'lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda ifodalanadi. 
Transport turlari qanday yuk tashishiga, harakat tezligiga, shuningdek, qancha yuk ko`tara olishiga ko`ra guruhlanadi. 
Transport sanoat bilan qishloq xo`jaligining ishlab chiqarish aloqalarini, turli hududlar o`rtasidagi mahsulot almashinishini hamda tashqi savdoni ta`minlaydi. Angi hududlarni o`zlashtirishda daf`atan transport yo`llarini o`tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Transportning mudofaa ahamiyati ham juda katta. Transport iqtisodiyotning ana shunday zaruriy omili bo'lish barobarinda unga talay miqdorda elektr, yoqilg'i, metall, yog'och sarflanadi.


Download 441,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish