Usulning tavsifi. Ushbu usul talaba (yoki o‘quvchi)larni harakatli ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotib predmeti asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan bir qatorda, o‘zgalar fikrini hurmat qilish ularga o‘z fikrini o’tkaza olish hamda o‘z faoliyati, ko‘nini rejalashtira olishni o‘rgatishga qaratilgan.
Usulning maqsadi: Ushbu usul orqali talaba (yoki o‘quvchi)larga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o‘z fikri boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo’laolish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi.
Ushbu usul bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
• o‘qituvchi talaba (yoki o‘quvchi)larga ushbu mashg‘ulot bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida tushuncha beradi. Har bir bosqichga mo`ljallangan vazifalarni bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi:
• O‘qituvchi hamma talaba (yoki o‘quvchi)larga alohida-alohida tarqatma mateiral beradi va ulardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini;
• o‘qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa
(tarqatma materialda berilgan harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri belgilash, qog‘ozda alohida ajratilgan bulimga raqamlar bilan qo‘yish kerakli)ni tushuntiriladi;
• tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini ta’kidlaydi;
• har bir talaba (yoki o‘quvchi) o‘zining shaxsiy fikri asosida tarqatma mateirallarda «yakka baxo» bo’limiga berilgan harakatlarning mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi;
• talaba (yoki o‘quvchi)larning yakka tartibdagi ishlari tugagach,
o‘qituvchi ulardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini
so‘raydi. Kichik guruhlar talaba (yoki o‘quvchi)larning xoxishlariga qarab yoki raqamlar bo’yicha tashkil etilishi mumkin ;
• kichik guruhlardagi talaba (yoki o‘quvchi)larning har biri o‘z qog‘ozidagi “yakka baho” bo’limida belgilangan harakatlar ketma-ketligi bilan bir-birlarini tanishtiradilar, keyin ular 3 kishida uch xil bo’lgan ketma-ketlikni birlashib (bir-birlari bilan tortishib, baxslashib, bir-birlariga ta’sir o‘tkazib o‘z fikrlariga ishontirib) kelishgan holda, tarqatilgan, qog‘ozdagi guruh bahosi bo’limiga muqobil raqamlarni belgilab chiqdilar;
• barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, o‘qituvchi xarakatlar
ketma-ketligi bo’yicha to‘g‘ri javobni beradi, ya’ni talaba (yoki o‘quvchi)lardan ularni tarqatilgan qog‘ozlardagi «to‘gri javob» bo’limiga u tomonidan aytilgan harakatlar ketma-ketligi raqamlarini yozishni so‘raydi;
o‘qituvchi «to‘gri javob» bo’limida berilgan raqamlar bilan «yakka
baxo» hamda «guruh bahosi» bo’limidagi raqamlarni solishtirish va
kattasidan-kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda «yakka hato» va
“guruh hatosi” bo’limlariga yozishlarini so‘raydi;
O‘qituvchi yakka va guruh hatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha
(beradi va ularni har birini alohida-alohida sharxlab beradi;:
o‘qituvchi mashg‘ulotni yakunlab, ba’zi guruhdarning mashg‘ulot
mobaynidagi ish faoliyatlariga o‘z fikrini bildiradi va talaba (yoki
o‘quvchi)larning bilimini ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yokni mos
kelishi to‘g‘ri javoblar soniga qarab har bir talaba (yoki o‘quvchi) o‘z bahosini qo‘yiladi, ko‘rsatilgandek aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |