Al-Xorazimiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari unverstitei
Kompyuter injiniringi Fakulteti At 215-20 – guruh talabasi
Abbosov Madaminbekning falasafa fanidan bajargan vazifasi
1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
1 - topshiriq. Ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda jadvalni to‘ldiring.
1.“Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati.
Filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan.
2. “Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari.
Dunyoqarash umumiy tarzda оlib qaralganda kishilarning оlam haqida yaхlitlashgan, umumlashgan bilimlarini ifоdalaydi. Dunyoqarash dunyoni anglash, insоn tafakkurining eng muhim tоmоni hisоblanadi. Dunyoqarash deganda, birinchi navbatda kishilarning оlam haqidagi umumlashgan bilimlari nazarda tutiladi.
3. Falsafa fanining asosiy funksiyalari va tahlili.
Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan kishining o‘ziga ma’lum bilimlar va tajriba,,z muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.
4. Falsafa fanining bilimlar sohasi va muammolari.
Falsafa fanining muammolari, o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boradi. Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o’zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |