Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi



Download 1,22 Mb.
bet126/341
Sana28.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#711810
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   341
Bog'liq
Falsafa. 2021 y (2) янги

2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir shaxsning manaviyati va intellektual salohiyatiga yangicha talablar qo‘ymoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘laqonli azosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak manaviyatli, yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida etibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo‘lgan talab kelajakda ham oshib boradi. SHu bois yuksak manaviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Globallashuv bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu obektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.
Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uyg‘unligi. Global muammolarning o‘ziga xos xususiyatlari: jami insoniyat manfaati va taqdiriga tasir ko‘rsatish; iqtisodiy va ijtimoiy sohada inqirozlarga sabab bo‘luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga xavf soluvchi; echimini topishga umumsayyoraviy miqyosdagi hamkorlikni va birgalikda harakat qilishni talab qiluvchi muammolardir.
Global muammolarning eng muhimlari quyidagilar:

  • rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish;

  • tinchlik va qurolsizlanish;

  • ekologik muammolar;

  • energetik muammolar;

  • xom ashyo muammosi;

  • gumanitar muammolar;

  • oziq -ovqat va b.qlar alohida ajralib turadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. SHularning 75 foizi Afrikada, 1 tasi Evropada, 4tasi Janubiy Amerikada va 11 tasi Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy barqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
“Dunyoning rivojlangan Ettiligi hamda G‘arbiy Evropaning rivojlangan 24 mamlakatida dunyo aholisining 23 foizi yashaydi. Ammo shu aholi jahon ishlab chiqarilayotgan energiyaning 75 foizini, yoqilg‘ini 79 foizini, o‘rmon mahsulotlarining 95 foizini istemol qiladi. Eng qizig‘i bu ashyolarning asosiy qismi uchinchi dunyo davlatlaridan olinadi”123.
Tinchlik va qurolsizlanish muammosi, insoniyatning shu paytgacha orttirgan harbiy salohiyati erdagi barcha tiriklikni bir necha marta yo‘q qilish imkonini beradi. SHu sababli bunday holatlarda javobgarlik va masuliyat hukumat rahbarlariga tegishlidir.
Ekologik muammolar. Ekologik tizimning degradatsiyalanishi to‘g‘risidagi jarayonlarni qamrab olgan bo‘lib, ularni shartli ravishda quyidagi qismlarga ajratish mumkin: ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof muhitning degradatsiyalanishi; atrof- muhitning inson faoliyati chiqindilari asosida ifloslanishi; atrof- muhitning ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi.
Energetik muammolar. 1973 yilda yuz bergan energetika inqirozining oqibatlari hozirgacha sezilmoqda. Jahon va milliy tabiiy zaxiralarning kamayib borishi, atrof -muhitning ifloslanishi, neft -gaz qazib chiqarishning globallashuvi, sanoati rivojlangan davlatlar uglevodorod xom ashyo bilan taminlanganligining pasayishi, neft va gaz narxlarining o‘sib borishi oqibatida to‘lash qobilyatiga ega yirik istemolchilarning paydo bo‘lishi energetik muammolarning kelib chiqishiga olib kelmoqda124.
Energetika muammosi xom ashyo va uni saqlash, to‘g‘ri taqsimlash, oqilona foydalanish, resurslarni saqlash zaruratini ko‘rsatadi. CHunki buning ortidan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolar yuzaga kelib, ularni bartaraf etish yo‘li atrof -muhit bilan birgalikda hal etish lozimligi bilan belgilanadi.
Gumanitar muammolar jiddiy masalaga aylanmoqda. Hozirgi paytda bir milliard aholi o‘ta qashshoq va ochlikda, 4,8 milliard aholi tibbiy xizmatdan mahrumligi, bir yarim milliard aholi yashash sharoitiga ega emasligi juda achinarli hol.
Oziq- ovqat muammosi insonning bir kunlik normasi 2400- 2500 kkal.dan past bo‘lmasligi lozim, to‘yib ovqat emaslik holati 1800 kkal.dan tushgan paytda sezila boshlaydi. Ocharchilik esa 1000 kkal.dan kam bo‘lganda kuzatiladi. Bu jarayonlarni bartaraf etishning yagona yo‘li sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof- muhitni ifloslantiruvchi insonlar ongini, e’tiqodini, ruhiy tarbiyasini yangilash zaruriyati asnosida mavjudlikning tabiiyligini saqlab qolishdan iborat. Umid qilish mumkinki, insoniyat bu imkoniyatni topa oladi.
Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvi; umumiy va xususiy manfaatlari. Globallashuv jarayoni kundalik hayotimiz umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni tobora ko‘proq o‘z ichiga qamrab olmoqda: birinchidan, muayyan hodisa va jarayonlarning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzasini qamrab olganini, ikkinchidan esa insoniyat taqdiriga daxldor ekanligini anglatadi. XX asrning 60 yillariga kelib, global muammolar miqyos va ahamiyatiga ko‘ra keng doirada namoyon bo‘la boshladi. Bu muammolarni o‘rganish bo‘yicha italiyalik Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti Rim klubining rolini alohida qayd etish joiz. SHu klub azolarining say harakatlari natijasida muammoni bartaraf etishning turli yo‘llari yoritildi: dastlabki ishlardan biri umumjahon rivojlanishini matematik modelga qo‘yish edi. Ushbu model rivojlanishining asosiy parametrlari bo‘lgan aholi, kapital qo‘yilma, qayta tiklanmaydigan resurslar sarflanishi, atrof -muhitning ifloslanishi, istemol mollari ishlab chiqarishni etiborga olgan edi. “Dunyo- 1,2” deb nom olgan modellarning asoschisi kibernetika va matematika fanlari professori Djey Forrestor edi. Bu modelga asosan, kelajakda insoniyat oldida global muammolar yuzaga kelishi bashorat qilindi. Keyinchalik “Dunyo -3” modeli yuzaga keldi. Uning asoschisi dinamika tizimi sohasidagi mutaxasis Denis Medouz bo‘lib, “O‘sish chegarasi” nomli maruzasida 75 yildan so‘ng sayyoraning xom ashyo manbalari tugaydi, istemol mollarining etishmasligi global inqirozga olib keladi deyilgan edi. SHu narsani alohida takidlash jozki, ushbu matematik modellar tanqid ostiga olindi. Ularning asosiy kamchiligi, hozirgi kundagi jarayonlarning murakkabligi bois, ularni bitta modelga joylashtirish ishonchli natija bermaydi, hamda har qanday jarayon ham matematik miqdorlarda o‘z aksini topmaydi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish