Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi


tomir yetishm ovchiligi — kollaps



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

tomir yetishm ovchiligi — kollaps,
ayniqsa, gipotoniya turidagi yurak nuqsonlarida, hom ilador, 
tug‘ayotgan va tug‘gan ayollarda uchraydi. Bemordagi og‘riq, qon 
yo'qotish, intoksikatsiya, m hiy ta ’sirlar, allergik holatlar, o ‘tkir 
to m ir yetishm ovchiligi holatini yuzaga chiqaradi. Kollapsda 
bemorning teri qoplamlari oqarib, jiqqa terga botadi. Qon bosimi 
tushib ketadi.Nafas olishi tezlashib, puls ipsim on holatda bo‘ladi.
0 ‘tkir tomir yetishmovchiligida shoshilinch yordam.
H am shira shifokor kelguniga q ad ar shoshilinch yordam
ko‘rsatishni bilishi lozim.
Jihozlar:
kislorod, qon bosim ini o ‘lchash u ch un asbob, 
sistema, 5 %li glukoza.
Muolajani bajarish tartibi:

hom ilador tepaga qaratib yotqiziladi;
— toza havo kelishini ta ’minlash uchun deraza ochiladi;
— namlangan kislorod beriladi;
— qon bosimi o ‘lchanadi, tom ir urishi aniqlanadi;
— zudlik bilan shifokor chaqiriladi;
— vena ichiga dori yuborish uchun sistema tayyorlanadi;
— sistemani 5 %li glukoza eritmasi bilan to ‘ldiriladi;
— shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra dori tayyorlanadi va yuboriladi.
0 ‘tkir tom ir yetishmovchiligini aniqlash uchun pastki kovak
vena sindromining belgilarini bilish kerak. Bu sindrom homila- 
dorlikning II davrida kuzatilib, hom ilador ayol orqasi bilan 
yotganda, ayniqsa, qattiq o ‘rinda, kattalashgan bachadon pastki 
kovak vena tomirlarini bosib q o‘yishdan kelib chiqadi. Homilador 
hushini yo'qotishi, to m ir urishi tezlashishi, qon bosim ining 
tushib ketishi kuzatiladi. Bemor chap yonga yotqizilsa yoki qoringa 
aylantirilsa, ayol ahvoli tezda yaxshilanadi.
9.4 .2 . Buyrak kasalliklari
Buyrak kasalliklari hom iladorlik ichida ko ‘p uchraydigan 
patologiya bo'lib, ayollar orasida keng tarqalgan. Bu kasallik 
hom ilador ayollarning 0,5—8 % ida uchraydi.
Kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar — ichak tayoqchalari, 
enterokokk, klebsiyella, stafilokokk, streptokokk va boshqalar,
127


asosan, gemotogen yo‘l orqali, ba’zan siydik yo‘llari orqali buyrakka 
tarqaladi. Uni aniqlashda laboratoriya tekshiruvlari natijalari — 
piuriya, bakteriuriya, qonda leykositoz va xromotsistoskopiya 
ko'rsatkichlari katta yordam beradi. Ayrim tekshirishlar (N echi- 
porenko yoki Kakovskiy-Addis usuli) — gematuriya, bakteriuriya 
borligini ko‘rsatadi, am m o kasallik ko‘p yillar simptomsiz o ‘tishi 
mumkin. Kasallik belgilarining qayta nam oyon b o ‘lishi ayol 
hayotining gormonal rivojlanish davrlari bilan uzviy bog‘liq. Bular 
— balog‘atga yetish davri, turm ush qurish, homiladorlik va tug‘u- 
ruq jarayonlari hisoblanadi. Piyelonefritda buyrak jom lari va 
kanalchalari yallig‘lanib, patologik jarayon buyrakning intersitsial 
to ‘qimalarida rivojlanadi va uning sklerozlanishi bilan tugaydi. 
Buyrak kanallarining qisilishi tufayli buyrakning konsentratsion 
faoliyati buziladi, natijada gipostenuriya rivojlanadi. Siydikning 
nisbiy zichligi 1015 dan kam b o ‘lib, nefron konsentratsion 
funksiyasining pasayishidan dalolat beradi. Bunday hollarda qon 
tarkibidagi mochevina, kreatinin yoki azot qoldiqlarini aniqlash 
zarur, lekin vena ichidan kontrast modda yuborib, urografiya 
qilish homiladorlarga mumkin emas. Surunkali piyelonefrit uzoq 
davom etsa, nefrogen gipertenziyaga olib keladi, shuning uchun 
ko'z tubi tekshirilib, EK G qilish kerak bo‘ladi. Homiladorlik 
piyelonefrit kechishini og‘irlashtiradi. H ar uch homiladorlikdan 
birida piyelonefrit bir, ikki, hatto uch martagacha qo‘zg‘alib turadi. 
0 ‘z navbatida piyelonefrit homiladorlikning kechishiga va homilaga 
salbiy ta ’sir qiladi. Jum ladan, kech toksikozlar, chala tug'ish, 
kasallikning homilaga yuqishi, homila gipotrofiyasi bu kasallik 
bilan og‘rigan hom iladorlarda tez-tez uchrab turadi. Perinatal 
o ‘lim 30 % ga yetadi, chilla davrida septik kasallik ko'payadi. 
Piyelonefrit kasaliga duchor bo ‘lganlar xavfli guruhga kiritiladi. 
1- darajali xavfli guruhga homiladorlik paytida birinchi marta 
piyelonefrit bilan og‘rigan bemorlar, 2- darajali xavfli guruhga 
homiladorlikdan oldin kasallangan surunkali piyelonefriti b o ‘lgan 
bemorlar va 3- darajali xavfli guruhga—yakka buyrakli homila- 
dorlar, piyelonefriti bo ‘lgan yoki piyelonefrit gipertenziya va 
azotemiya bilan asoratlangan bemorlar kiradi. 1 va 2 darajali xavfi 
bo‘lgan bemorlarga homilador bo‘lish mxsat etiladi, ular poliklinika 
akusher-ginekologiya bo ‘limida dispanser hisobida turib, har ikki 
haftada, homiladorlikning 2 2 - 2 8 - haftasidan boshlab esa har 
haftada bir marta siydigi laboratoriyada tekshiriladi. 3- darajali 
xavfga oid kasallarga esa homiladorlik mumkin emas. Bunday
128


ayollarning salomatligi homiladorlik vaqtida keskin yom on- 
lashadi, kam dan kam hollarda bolani tirik olishga muvaffaq 
bo ‘linadi yoki hom ilani saqlab qolishga erishish muvaffaqiyat 
keltirmaydi. Yakka buyrakli hom iladorlar piyelonefriti b a ’zan 
jarrohlik aralashuvini (nefrektomiya) taqozo qilsa-da, amalda buni 
bajarib bo ‘lmaydi, shuning uchun ayol o ‘limga mahkum bo ‘lib 
qoladi. Piyelonefriti b o ‘lgan hom iladorlar kasallik qo'ziganida, 
kech toksikozlar (gestozlar) belgilari paydo bo‘lganda yoki homila 
gipoksiyasi ham da gipotrofiyasi rivojlanganda kasalxonaga yot- 
qizilishi kerak. Bu bem or ayollarni tabiiy tug‘uruq y o ilari orqali 
tug‘dirish maqsadga muvofiqdir. Piyelonefritni davolashda—gestoz 
b o ‘lmasa, maxsus parhez va osh tuzi iste’mol qilishni chegaralash 
talab qilinm aydi. Jarayon q o ‘zg‘alganda esa ko ‘p m iqdorda 
suyuqlik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Piyelonefriti bo‘lgan hom i- 
ladorlarni albatta statsionar sharoitda davolash zarur. Davolash 
asosini antibakterial terapiya tashkil etadi. Buning uchun oksatsil- 
lin, am pitsillin, sefolosporinlar, hom iladorlikning 20 haftalik 
m uddatidan keyin esa aminoglikozidlar qo ‘llanilishi mumkin; 
homiladorlikning ikkinchi uch oylik davridan boshlab 5-N O K , 
nevigram on, n itro fu ran lar (furalgin, urosulfan) q o ‘llaniladi. 
K onservativ d o ri-d a rm o n la r, buyrakni k ateterlash yordam
bermasa, urologlar buyrakni dekapsulatsiya yoki rezeksiya qilishni 
tavsiya etadilar. Piyelonefrit bo ‘lganda homiladorlikni to ‘xtatish 
kasallik kechishini yengillashtirolmaydi.
0 ‘tkir piyelonefritda organizm da intoksikatsiya rivojlanib, 
bemorning ahvoli og‘irlashadi, to ‘satdan badan harorati ko‘ta- 
rilib, belda qattiq og‘riq, qusish, tez-tez siyish, gematuriya kabi 
belgilar kuzatiladi. Shuning uchun bemorga dezintoksikatsion 
dorilar (gemodez, reopoliglukin), oqsil preparatlari (protein, 
albumin), desensibilizatsiyalovchi (demidrol, suprastin, diprazin) 
va spazmolitik dorilar (baralgin, sistenal, papaverin) yuboriladi. 
B ulardan tashq ari siydik haydaydigan v o sitalar (klukvadan 
tayyorlangan mors, toloknyanka, jo ‘xori popugi, qirqbo‘g‘in) 
ham tavsiya etiladi.
T u g ‘uruqdan keyin piyelonefrit, o d atd a, 6 - 1 2 - kunlari 
qo‘ziydi va ko‘pincha septik kasallik rivojlanishiga sabab bo'ladi.
T u g ‘u ru q d an keyin tu g ‘u ru q x o n ad an javob berilgandan 
so‘ng, ayol urolog nazorati ostida boMadi. Amalda shu narsa 
m a’lumki, hom iladorlik paytida o ‘tkir piyelonefrit bilan og‘ri- 
gan ayollarning 20—25 % da tug‘uruqdan keyin surunkali piye­
lonefrit rivojlanadi.

Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish