Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi


У I
 
AYOL ORGANIZM INING CHILLA
W
D Z 1 D
) DAVRIDAGI f i z i o l o g i k
§ /
n U
n y
0 ‘ZGARISHLARI
6.1. Chilla davrida ayol organizmidagi fiziologik
o ‘zgarishlar
Chaqaloq tug‘Ugandan keyingi 6—8 hafta davomidagi vaqt 
oralig‘i—chilla davri deyiladi. Bu vaqt ichida ayol organizmidagi 
hom iladorlik va tu g ‘uru q vaqtidagi o ‘zgarishlar asta-sek in
tug‘uruqdan awalgi (involutsiya) holiga keladi. Ko‘proq bachadon 
va tug'uruq yo'llarida o^zgarishlar kuzatiladi. Chilla davrida faqat 
sut bezlari bundan istisno hisoblanadi, chunki bu vaqtda sut 
bezlarining faoliyati kuchayadi. G orm onlar ta ’sirida sut bezlaridan 
awaliga og'iz suti, so'ng oddiy sut ajrala boshlaydi. Ularning tarkibi 
bir-biridan ozgina farq qiladi. Ular tarkibida bola uchun zarur 
bo'lgan ham ma moddalar (oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral 
va immun moddalar) bo'ladi. Ona suti chaqaloqning birinchi 
kunlaridan boshlab infeksiyaga va infeksion (yuqumli) kasalliklarga 
qarshi kurashuvchanligini kuchaytiradi. Og'iz suti bilan ona sutining 
kaloriyasi bir-biridan birmuncha farqlanadi, og'iz sutining kaloriyasi 
tug'uruqdan keyin birinchi sutkalarda 150 kkal/100 ml, ona 
sutiniki esa — 70 kkal/100 ml bo'ladi.
Chilla davrining birinchi haftasida onada 
modda almashinuvi
biroz kuchayadi va bu hoi 3—4 haftagacha davom etadi. Oltinchi 
hafta oxirida qorin bo'shlig'i holati tiklanadi. Lekin qorin devoridagi 
to 'g 'ri mushaklar cho'zilgancha qoladi. Bu vaqtda ba’zan teridagi 
oqish dog'lar (homiladorlik chandiqlari) hali bo'ladi.
Nafas olish sistemasi
— diafragma o 'z holatini olganligi tufayli 
nafas olish minutiga 14—16 martagacha kamayadi.
Yurak-qon tomir sistemasi
ham deyarli o 'z holatiga qaytadi. 
Qon bosimining normal ishlashi tashqi m uhit omillariga (oilaviy 
sharoit, harorat, normal va o 'z vaqtida ovqatlanish) ham bog'liq. 
Shuning uchun ayollarni chilla davri va u n d an keyin ham
parvarishiga alohida e ’tibor berish zarur. Shunda yurak urish tezligi 
ham m e’yorida bo'ladi.
Boshlang'ich davrda 
qon tarkibidagi
eritrotsitlar soni biroz 
kamayib, leykotsitlar soni o'zgarmasligi mumkin, lekin keyinchalik 
bu ko'rsatkichlar o 'z holiga qaytadi.
90


Ovqat hazm qilish sistemasi.
Ichaklarning bir qadar yaxshi 
ishlamasligi kuzatilishi mumkin. Bu ich qotishga olib keladi.
Siydik ajratish sistemasi.
Homiladorlik vaqtida siydik qopi doimo 
ezilib turishi natijasida, yangi tug‘gan ayolda dastlabki kunlarda 
siyish hissi bo ‘lmasligi yoki o ‘zi mustaqil siydik ajratolmasligi 
mumkin. Bular vaqt o‘tishi bilan normallashadi.
Jinsiy a ’zolar.
Chilla davrida bachadon mushaklari qisqara 
boshlaydi va bachadon o ‘lchami kichrayadi. Qon tom irlar qisilishi 
natijasida bachadondan kelayotgan qon to ‘xtaydi. Chilla davri 
patologiyalarsiz kechganda, bachadon tubi balandligi har kuni 
2 sm ga qisqaradi va chilla davrining 10 sutkasida bachadonni 
qorinning old devoridan paypaslab b o ‘lmaydi, chunki u qov 
orqasiga berkinadi. Bachadondan detsidual to ‘qima qoldiqlari, qon 
va boshqa to'qim a elementlari ajraladi. Bulaming hammasi 
loxiya
deyiladi. Ular awaliga och qizil, keyinchalik esa seroz tusda bo'ladi. 
Chilla davrida loxiyalar miqdori ko'p bo'lsa-da, hidsizdir.
Bachadon naylari kichik chanoq bo'shlig'iga tushib, gorizontal 
holatga kelib tuxum donlarda follikulalar yetila boshlaydi. K o'p 
emizmaydigan ayollarda 6—8 haftada hayz sikli tiklanadi, bolani 
ko'krak bilan doimo emizadigan ayollar emizishni to'xtatgandan 
so'ng hayz ko'radilar. Ba’zi ayollarda chilla davrining dastlabki 
oylaridayoq homiladorlik yana kuzatilishi mumkin.
Sekin-asta chanoq tubi m ushaklari tiklanadi, jinsiy yoriq 
torayib va elastikligi tiklanadi.

Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish