Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

Homiladorlar shishi. 
Bunda hom ilador ayol oyoqlarida shish 
paydo bo'lib, tana vazni m e’yoridan ortiq og'irlashadi. Shishlar 
ba’zan yashirin bo'lishi ham mumkin. Hom ilador ayollarda kechki 
toksikozlarni o 'z vaqtida aniqlash uchun ayollar maslahatxonasida 
quyidagi tekshiruvlar o'tkazilishi shart:
— har ikki qo'lda Q /B ni o'lchash;
— tana vaznini tortish;
— shishlarni tekshirish;
— siydik tahlilini o'tkazish.
Kasallik kech aniqlanganda shishlar qorin devori va tananing 
yuqori qismlariga, hattoki yuzgacha tarqalishi mumkin.
Nefropatiya—
kechki toksikozlaming 60 %li tashkil etib, og'irlik 
darajasi 3 ko'rinishda namoyon bo'ladi:
I d a r a j a — oyoqning pastki qismlarida shish, siydikda kam 
m iqdorda oqsil paydo bo'lishi, Q /B ning 150/90 mm simob 
ustunigacha ko'tarilishi bilan xarakterlanadi.
II d a r a j a — shishlar oyoqning yuqori qismlari, qorinning 
old devorigacha tarqalgan bo'lib, siydikdagi oqsil miqdori 3 g/1 
gacha yetadi, Q /B ko'tarilib, 170/100 mm simob ustunigacha 
yetadi. Ko'z tubida o'zgarishlar seziladi;
III daraja—nefropatiyaning bu darajasi o g 'ir holat bo'lib, 
shish yuzlargacha tarqaladi, siydikdagi oqsil miqdori 3 g/1 dan 
ortadi, Q /B 170/100 mm simob ustunidan oshgan, ko'z tubida 
qon quyilish belgilari seziladi.
Preeklampsiya 
— nefropatiyaning o g 'ir darajasidan so'ng 
yuzaga chiqadi. Bemorda shish paydo bo'ladi, Q /B oshadi, siydikda 
oqsil paydo bo'lib, qo'shim cha kasalliklar yuzaga keladi. Bemor 
to'xtovsiz bosh og'rig'i, to 'sh orqasida og'riq, ko'rish faoliyati 
buzilishidan shikoyat qiladi. Bu holat uzoq davom etmasdan, yanada 
og'irroq asoratlar yuz berishi mumkin.
Eklampsiya 
— homiladorlik gestozlarining kamroq uchraydigan 
og'ir asoratlaridan biri hisoblanadi. Bu patologiya homiladorlik 
vaqtidan tashqari tug'uruq va ilk chilla davrida ham yuz berishi 
mumkin. Eklampsiya xuruji yuz tortishuvlaridan boshlanib, qisqa 
tonik va 2 m inutgacha davom etuvchi klonik talvasalar bilan
115


kuzatiladi. Bu vaqtda nafas olish yuzaki bo'ladi, sianoz, og'izdan 
ko'pik aralash so'lak ajralishi, bem or hushidan ketishi mumkin. 
So'ngra nafas chuqurlashib, tiklanadi, lekin bem or uzoq vaqtga 
hushini yo'qotadi. Xumj vaqtida bemorni o'limga olib keluvchi 
miyaga qon quyilishi holatlari sodir bo'lishi mumkin.
Davolash. 
H om ilador ayoldagi shishni davolashda parhez 
muhim o'rin tutadi. Tuzni kam iste’mol qilish, sutli parhezlar 
shishni kamaytiradi. Bemorga siydik haydovchi vositalar buyuriladi.
Bemor shishning og'ir darajasiga duchor bo'lganda, davolash 
shifoxonada amalga oshiriladi. Bunday bemorlarga maxsus kun tartibi 
tavsiya etiladi. Sedativ va antigistamin preparatlar, diuretiklar 
buyuriladi. O g'ir hollarda infuzionoterapiya, vitam inoterapiya 
buyuriladi.
Hozirgi paytda bach ad o n — y o 'ld o sh qon aylanishini 
yaxshilash m aqsadida giperbarik oksigenatsiya bilan davolash 
(yuqori bosim ostida kislorod berish) tavsiya etilmoqda.

Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish