Apgar shkalasi bo‘yicha chaqaloqning holatini baholash.
C haqaloqning holati o ‘ta og‘ir b o ’lganda 0—3 ball bilan
baholanadi (oq asfiksiya), o ’rtacha og'irlikda 4 —6 ball (ko‘k
asfiksiya), 7—10 ball bo’lganda qoniqarli holda ekanligini bildiradi.
K o’p hollarda chaqaloq birinchi vaqtda akrosianoz (qo’l-oyoq,
burun uchlarining ko’karishi) va mushak tonusining pastligi tufayli
7—8 ball bilan baholanadi, 5 daqiqadan so’ng ahvoli birm uncha
yaxshilanishi natijasida 8—10 ball bilan baholanadi.
Chaqaloqqa birlamchi ishlov berish.
Hamshira normal kechgan tug’uruqda chaqaloqni qabul qilib,
unga birlamchi ishlov berishi shart.
Jihozlari:
elektr so’rg’ich yoki steril balloncha, 30 % li sulfatsil
natriy eritmasi, paxtali sharchalar, pipetka, Koxer qisqichlari,
85
96 %li spirt, Rogovin chegasi yoki uchburchak salfetkalar, kaliy
permanganatning 5 %li eritmasi, steril moy, chaqaloq uchun tarozi,
o'lchov tasmasi, bilaguzuk uchun 3 ta steril kleyonka, steril qalam,
tagliklar va ko'rpacha.
Muolajani bajarish tartibi:
— bosh tashqi burilgandan keyinoq, elektr so‘rg‘ich yoki
balloncha yordamida og‘iz va burun yo'llaridagi shilliqlar so‘rib
olinadi;
— bola tug‘ilganidan keyin steril paxta tamponlar bilan ko‘zning
tashqi burchagidan ichki burchagiga qarab (ikkala ko‘z uchun
alohida tam pon) artiladi;
— ko'zning pastki qovog‘i pastga tortilib bir tomchidan sulfatsil
natriyning 30% li eritmasi tomiziladi;
— qiz bolaning jinsiy lablari ikki tomonga ochilib, sulftasil
natriyning 30% li eritmasi tomiziladi;
— kindik tomirining tom ir urishi to ‘xtagandan so‘ng kindik
halqasidan 10—15 sm oraliqda 2 sm uzunlikda 2 ta Koxer qisqichi
qo'yiladi;
— qisqichlar orasidagi masofa 96% li spirt bilan artiladi;
— steril qaychi yordamida qisqichlar orasidagi kindik qirqiladi;
— chaqaloq iliq suvda yuvilib steril oqlikka artiladi;
— qo‘lqoplarni almashtirib kindikka, kindik halqasidan 0,3—
0,5 sm oraliqda (96° li spirt bilan) artib Koxer qisqichlari qo‘yiladi;
— 1—2 daqiqadan so‘ng cho'ltoqqa Rogovin metall chegasi
qo'yiladi yoki uchburchak steril salfetka bilan qattiq bog'lanadi va
kaliy permanganatning 5% li eritmasi tomiziladi;
— kindik cho'ltog'iga steril salfetka qo'yiladi;
— moyga botirilgan paxtali tam pon yordam ida chaqaloq
tanasidan tug'uruqdan qolgan shilliqlar olib tashlanadi;
— chaqaloq bo'yi o'lchanib tana vazni aniqlanadi;
— o'lchov tasmasi yordamida bosh va yelka aylanasi o'lchanadi;
— uchta kleyonkaga yuqorida aytilgandek m a’lumotlar yozib
qo'yiladi;
— kleyonkaning ikkitasi steril bog'lov yordamida har ikkala
qo'lning bilaklariga taqiladi;
— chaqaloq steril yo'rgakka yo'igaklanadi, so'ngra ko'rpachaga
o'raladi va ustidan uchinchi kleyonka bog'lab qo'yiladi;
— chaqaloq maxsus isitgichli stolda qoldiriladi va 2 soatdan
so'ng ona bilan birga bo'limga o'tkaziladi;
— akusherka qo'lqoplarini yechib qo'llarini yuvadi.
86
Eslatma:
chaqaloqqa ishlatiladigan har bir buyum va asbob
infeksiyadan zararsizlantirilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |