Homilador ayollarda qon ketganda shoshilinch yordam berish algoritmi.
1. Homilador ayol yoki uning yaqiniga muolaja maqsadini tushuntirish;
2. Hayotiy muhim ko’rsatkichlarni 1- 2 daqiqa davomida aniqlash: A/B, puls, nafas, tana harorati;
3. Shifokor akusher – ginekolog, anesteziolog – reanimatolog, laborantni chaqirish;
4. Homilador ayolni ko’rpaga o’rab isitish;
5. Homilador ayol oyoqlari ostiga matras yoki ko’rpa qo’yib 30 gradusga ko’tarish;
6. Qo’llariga ishlov berish;
7. Steril qo’lqop kiyish;
8. Venaga infusion terapiya uchun kateter qo’yish - 500 мл fiziologik eritma tomchilab yuborish;
9. Tahlil uchun qon olish: Qon guruhi, Rh –faktor, qon ivuvchanligi, koagulogramma, umumiy tahlil;
10. Siydik qopini diurezni nazorat qilish uchun kateterlash;
11. Qindan kelayotgan qonli ajralmalar hajmini o’lchov idishida o’lchash;
12. Qo’lqoplarni yechib, qo’llarga ishlov berish;
13. Ishlatilgan materiallarni utilizatsiya qilish;
14. Operatsiya xonasiga operasiyaga tayyorlanish uchun qon ketish bilan homilador ayol qabul qilinganini xabar berish;
15. Tibbiy hujjatlarni to’ldirish;
16. Homilador ayolni statsionarning tegishli bo’limiga transportirovka qilish.
Arterial qon bosimini aniqlash.
Ko’rsatma: Qon bosimi baland – past (gipertoniya, gipatoniya) bo’layotgan homilador ayollarni parvarish qilish.
Kerakli jihozlar: Tanometr, Riva-Rochi apparati, fonendoskop,homilador ayolning shaxsiy kartasi (№ 111u.x.f) yoki tug’ruq tarixi 0,5 %li xlaramin eritmasi, sochiq yoki salfetka.
Bajarilish tartibi:
1. Arterial bosimni o’lchash uchun ayol yotgan yoki o’tirgan holatda bo’ladi.
2. Ayolning chap qo’li elkasigacha echiladi.
3. Ayol qo’li kravatga yotgan yoki stulga o’tirgan xolda kaft yuqoriga qilib qo’yiladi.
4. Tanometr manjetining havo yuborish naychasi pastga qaratib olinadi.
5. Ayolning qo’liga tirsak bo’g’imidan 2-3 sm yuqoridan manjet sal bo’shroq qilib o’raladi.
6. 2-3 barmoqlar yordamida bemorning tirsak bo’g’imidan yelka arteriyasining urishi topiladi.
7. Tomir urgan joyga fonendoskopni bosmasdan qo’yilib, eshituv naychasi quloqqa ulanadi.
8. Vintni berkitib ballon yordamida manjetkaga havo yuboriladi.
9. Vint sekinlik bilan ochilib, havo chiqariladi.
10. Havo chiqarish bilan fonendoskopdan arteriya devorlaridan tomir urishi eshitiladi – bu sistolik bosim.
11. Keyinchalik havo chiqishi davomida tovushlar to’xtaydi – bu diastolik bosim.
12. Tovushlarning eshitilgan va eshitilmasdan qolgan joylaridagi sonlar yozib olinadi.
13. Vint to’liq ochilib, manjetka ichidagi havo chiqariladi.
14. Manjetka monometr ulangan rezina naychadan ajratiladi.
15. Manjetka bemor bilagidan olinadi.
16.Arterial bosim homilador ayollarda har ikkala qo’lda o’lchanadi.Olingan ma’lumotlar homilador ayolning shaxsiy varaqasiga yoziladi.
Eslatma:Yurakning qisqarishi va bo’shashi natijasida qonning tomir devorlariga ko’rsatilgan bosimi A/B deyiladi.Qon bosimini bir vaqtda qayta-qayta ko’tarib tushirib o’lchab bo’lmaydi,sababi A/B ning ko’rsatgichi o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |