Tayanch iboralar:
Obekt, eshitish apparatlari, sezish, kutyapman, qabul idrok qilish va kuzatuvchanlikni rivojlantirish
Savol va topshiriqlar:
Kuzatuv mashqlariga nimalar kiradi?
Aktyor kuzatuv mashqlarini ta’riflang.
Kuzatuv uchun mashqlar o‘ylab toping
Adabiyotlar ro‘yxati:
K.S.Stanislavskiy. “Aktyorning o‘z ustida ishlashi”. T.Xo‘jayev tarjimasi. S.Muhamedov muharrirligida. T. Yangi asr avlodi. 2010
B.YE.Zaxava «Masterstvo aktyora i rejissyora» 88-111 betlar.
J.Mahmudov, X.Mahmudova. “Rejissura asoslari”. T.: O‘DSI bosmaxonasi. 2008.
B.Sayfullaev, J.Mamatqosimov. “Aktyorlik mahorati”. T.: “Fan va texnologiya”. 2012.
J.Mahmudov. “Aktyorlik mahorati”. Toshkent: Bilim, 2005.
Mavzu: Buyumlarni jonlantirish
Reja:
Buyumsiz jismoniy xatti - harakat mashqlari
Xatti - harakatlarning bo‘laklari
Mantiq izchillik
Diqqatni yig‘ish
Shart - sharoit
Mashqdan etyudga o‘tish
Tasavvurdagi buyumlar bilan xatti - harakat qilish turlari
“Haqiqiy aktyor dastavval rolni uzviy ravishda qanday ijod qilish zarurligini o‘rganmog’i kerak. U ichki va tashqi texnikani muttasil takomillashtirishi, shuningdek, omilkorlikni talab etmagan san’atning yo‘qligini hamda bu omilkorning mukammalligi uchun qat’iy o‘lchovning mavjud emasligini bilmog’i lozim”, - deb ta’kidlaydi K.S.Stanislavskiy. Buyumga jon kiritish, oddiy tilda aytadigan bo‘lsa odamiylashtirish, ya’ni odam sifatida harakatga keltirishdir.
Aktyorlik va rejissyorlik kasbi o‘ziga xos hayotiy kuzatuvni talab etadi. Shuningdek talabalarga ham bu vazifalar berilib, hayotdagi har bir xolat va voqealarga nisbatan kuzatuvchan bo‘lish talab etiladi. Bu kasb tanganing ikkinchi tomonini ko‘rishni, jonsizlarga jon ato etishni taqoza etadi. Bu kasbda har bir predmet jonlanishi, o‘zaro suhbat qurishi hattoki janjallashishi ham mumkin.
Hayotda choynak va piyolalarning birga raqs tushganini ko‘rganmisiz?
Sahnada talabalar xuddi choynak va piyolaning dasturxonda turishini eslatuvchi xolatda turishadi. Ular ichida boshqalarga nisbatan gavdasi kattarog’i choynak vazifasini bajaradi. Uning bir qo‘li belida, ikkinchi qo‘li esa, xuddi choynakning jumragidek tepaga bosh balandligi bo‘yicha ko‘tarilgan. Qo‘lning kaft qismi qayrilgan. Talaba tik oyoqlarda emas, balki tizzada turibdi. Uning atrofida to‘liq xolatda o‘tirgan 3-4 to‘rtta piyolani jonlantiruvchi talabalar. Qo‘llar ikki yonga yoyilgan. Musiqa berilib, predmetlar musiqaga mos harakat qilishadi. Ular ko‘z orqali yoki mimika, imo-ishora orqali bir-biri bilan muloqotda bo‘lishadi. Choynak atrofida raqs tushishi, choynak ularga choy quyishi yoki kichik bir voqeani vujudga keltirish uchun piyolalar o‘rtasida janjal chiqishi, ular janjaliga choynak aralashish mumkin.
Bunday mashqlar, talabalarning tasavvurini, aktyorlik mahoratini oshiradi. Sahnada partnyor bilan ishlashga asos bo‘ladi. Aktyor ijodida ko‘pchilik xolatlar uning mimikalari, imo-isholari orqali ochib beriladi. Ayniqsa treningni mustahkamlovchi, buyumlarni jonlantirish, buyumlarsiz harakat va etyudlarda mimikalar asosiy muloqot o‘lchovi sanaladi. Chunki bu mashqlarda partnyorlar o‘zaro suhbat qurishmaydi. Qisqa bir vaqtda tomoshabin hukmini qozonishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |