F.Ahmedov. “Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari”. T.: “Aloqachi”. 2008.
T.Tursunov. “O‘zbek teatri tarixi”. T.: 2008.
B.Zaxava «Masterstvo aktyora i rejissyora» «Prosvexseniye» M. 1978g.
G. Kristi. «Vospitaniye aktyora shkol: Stanilavskogo» Izd. 2 - ye. M., Iskusstvo 1978g.
S.Tursunboyev. “Jahon teatri tarixi”. T.: “Fan va texnologiya”. 2008.
J.Mahmudov, X.Mahmudova. “Rejissura asoslari”. T.: O‘DSI bosmaxonasi. 2008.
ZiyonET http://stanislavsky.by.ru
Mavzu: Psixofizik xusisiyatlar mashqi Reja:
Aktyor idrok organlarini rivojlantirish
Sezish va his qilish mashqlari
Sezgiga asoslangan xotira
Emotsional xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish
Aktyor idrok organlarining rivojlanishi haqida, ya’ni uni ko‘ra olish,
eshita olish, his qilish, va atrofni kuzatish qobiliyatlari haqida hozirgacha gapirib kelingan. Ammo aktyorga, hayotni borlig‘i bilan to‘la qabul qilish va kuzatishi muxim emas. His qilganlarini va samarali kuzatuvlarini o‘z hissiy xotirasida saqlay bilishi muhim. Sezgiga asoslangan xotira bu hayotiy obrazlarini fikran qaytadan ishlab, jonlantirish qobiliyatidir. Bu haqda Gogol
«rassomga yo‘q narsalarni, xuddi ular ko‘z oldimizda turgandek qilib tasvirlash xosdir» degan. Bu ijodiy layoqat ma’nosini bundan lo‘ndaroq baholash qiyin. Zero, o‘z tasavvurimizda hayotiy obrazlarni qaytadan ishlab chiqayotib, ularning idroklari bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlarini ham o‘zimizda bir vaqtning o‘zida eslab namoyon qilamiz. Boshqa so‘z bilan aytganda, sezgiga asoslangan xotira orqali biz avval his qilingan tuyg‘ular xotirasi • emotsional xotiraga ham ta’sir o‘tkazamiz.
Emotsional xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish, qoniqarsiz natijaga olib keladi. Bu haqda Stanislavskiy - «Ong xaltasiga jazosiz kirib olish va uni kovlash mumkin emas» deb o‘rgatgan. Zero, emotsiyalarni oddiy xoxish kuchi bilan chaqirish mumkin emas. O‘z organizmini bunday majburlash, aktyorni ruxiy siqiqlikka olib keladi. Ko‘pincha aktyor dramatik voqea haqida gapirayotib, unga mos xissiyotlarni ko‘z xotirasi, eshitish, mushak va boshqa xotiralar yordamida butun tavsilotlari bilan qayta tiklaydi. Natijada aktyor tomoshabin ko‘z o‘ngida yangi kuch bilan avval his qilgan tashvish, alam,qurquv, qaig‘urish holatlarini uzida tiriltiradi.
Yozuvchi, rassom, bastakor va aktyorlar sahnabop harakatlar, rasmlar, musiqa va kitoblar yordamida tasavvurimizga ta’sir qilib, o‘ylab topilgan asar qaxramonlari taqdiri ustida bizlarni yig‘lashga, kulishga, tashvish chekishga majbur qiladilar. Sezgiga asoslangan xotira va u bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy xotiralar, rassom uchun alohida ma’no kasb etadi, ular ijodini ozuqlantiruvchi xom ashyo sanaladi.
.Aniq ko‘rish va eshitish, taassurotlarni yorqin qabul qilish va xotiralarida mustahkam saqlash qobshshyatlaridan mahrum insonlar, o‘zlarini aktyorlik kasbiga baxshida qilishdan ham mahrum sanaladilar. Bu haqda A. Ostrovskiy, «Tabiatdan aniq eshitish, kurish tuygularini olgan, shu bilan birga hissiy ta’sirga tez beriluvchan kimsalarni biz aktyorlikka mos insonlar deb hisoblashimiz mumkin. Shunday qobiliyatlarga ega insonlarda, har bir ruhiy holatning, harakatning barcha tashqi ifodalari, juda yoshligidan boshlab qalbida muhrlanib qoladi va xotira orqali zarur vaqtda chaqirilishi mumkin. His qilgan tuyg‘ularini xotirada saqlay olish qobiliyatini tarbiyalab mukammallashtirish va rivojlantirish mumkin.
Teatr san’ati pedogogikasida mana shu maqsad uchun, alohida usul va mashqlar ishlab chiqilgan. Mana shu mashqlarning eng sodda shakli - xotirada ko‘rish, eshitish orqali haqqoniy-hayotiy obrazlarning tiklanishidir. Talabalarga tanish xonadonning uy jihozlarini, dengizdan, tog‘lardan, gigant qurilishlardan olgan birinchi taassurotlarini, mashhur rassomning rasmini, arxitektura yodgorligini, sinfdoshlarning tashqi ko‘rinishini esga olish taklif qilinadi.
Eshitish qobiliyatining xotirasiga asoslangan bir necha
mashqlarni tavsiya qilish mumkin. Masalan, shamol va yomg‘irning shovqinini, momaqaldiroqning gumburlashini, to‘rgayning sayrashini, tanish ovozning tembrini, mashhur qo‘shiqning musiqasini eslash. Shuningdek binafshaning, atir gulning, yangi pichanning hidini, xantalning, limonning, vinoning ta’mini, issiq va sovuq suvni, tish og‘rig‘ini, yozgi jazirama kunni his qilish tuyg‘usini esga olish. Dengiz bilan bog‘liq xotirasi ko‘plab tuyg‘ular xotirasini o‘z ichiga oladi. Bular, bir tomondan ikkinchi tomonga qarab harakatlanayotgan vahimali
to‘lqinlarning ko‘rinishi yoki uning qirgoqqa kelib urilishidagi shovqin, dengiz suvining sho‘r ta’mi, o‘ziga xos hidi, uning harorati va boshqalar.
Shular jumlasidan mashqlarda avval his qilgan tuyg‘ularni aniq esga olishga erishish muhimdir.
Bunday hodisalar bilan bog‘liq mashqlarning natijalarini, tekshirish qiyin. Ammo, tekshirish mumkin bo‘lgan mashqlar ham ancha. Masalan, xotira bo‘yicha buyumning shaklini, kostyumning fasonini, arxitektura inshoatining ko‘rinishi, ko‘rilgan spektaklning plani rovkasini tasvirlashni tavsiya qilish mumkin.
Haykaltaroshlik asarini o‘z gavdasi bilan taqlid qilib ko‘rsatish, darsda qatnashuvchi bolalar yordamida mashhur rassomlarning rasmlaridan mizanssenalar tizimi hissiy tuyg‘ularni tarbiyalashga yordam beradi.
Sezgiga asoslangan xotiraning rivojlantirishdagi keyingi bosqichida nafaqat u yoki bu hodisani, obrazni xotirada tiklash va esga olishdan iborat, endi uni so‘zlar bilan tasvirlay olishi, o‘zining xayoliy obrazlarini eshituvchilarga yuqtira olishi ham muhim. Bu endi so‘zli harakatga tegishli mashq. U haqda muallif matni ustida olib boriladigan ish haqidagi ikkinchi kurs dasturida aniq va ravshan gapiradi. Biroq birinchi kurs boshlanishida ham so‘zli harakat muammosi paydo bo‘ladi, chunki mashqlar va etyudlar jarayonida, talabalar so‘z bilan murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Bunda ular muallif matni bilan emas, o‘z so‘zlari bilan ish olib boradilar. Lekin bu ikki jarayon o‘rtasida jiddiy farq yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |