«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
73
• maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va
malakasini oshirish o‗quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogic texnologiya va
metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish;
• 2200ta maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash, jumladan qishloq aholi
punktlarida yangi maktabgacha ta‘lim
muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar,
uskunalar, o‗quv-metodik qo‗llanmalar, multimedia resurslari bilan ta‘minlash.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2,2 trillion so‗m mablag‗ ajratilishi
ko‗zda tutilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risidagi qonun»ida hamda «Kadrlar
tayyorlash milliy Dasturi» ta'lim tarbiya, shu jumladan maxsus ta'lim-tarbiya oldiga
bir qator vazifalarni qo'ydi. Bulardan eng muhimlari - ta'limning yangi tizimiga
qo'yilgan hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda pedagogika, shu jumladan,
maxsus pedagogika fanini yanada taraqqiy ettirish, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan
bolalarni jamiyatning faol a'zolariga aylantirish hamda maxsus pedagogika sohasida
yetuk mutaxassislar tayyorlashdaniborat.
Shuni ta'kidlash joizki, so'ngi yillarda O'zbekistonda murakkab nuqsoni
bo'lgan bolalarga nisbatan e'tibor yanada kuchaytirilmoqda. Ulardagi nuqsonlarni
erta aniqlash, hamda ta'lim-tarbiyasi uchun yetarli darajada shart-sharoitlar
yaratilmoqda.
Imkoniyati cheklangan bolalarning alohida o‘ziga xos guruhi - bir nechta
nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalardir. Ikki va undan ortiq rivojlanish nuqsoni o‘zida
nafaqat nuqsonlar jamlanmasini namoyon qiladi, balki sifat
jihatidan o‘ziga xos
hisoblanadi va alohida tuzilishga egadir. Bunday bolalar alohida psixologik-
pedogogik yondashuvni talab qiladilar va rivojlanishning maxsus sharoitlariga
muhtojdirlar. Bugungi kunga kelib, maxsus ta‘lim sohasidagi muhim muammolardan
b
iri murakkab nuqsonli bolalarga ta‘lim va tarbiya beradigan muassasalarning
yanada samarali sharoitlarini yaratish va izlashlar olib borishdan iboratdir.
Maxsus pedagogika bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilib, rivojlanishdan orqada
qolgan bolalarni o‘qitishning alohida aspektlarini F. F. Rau, V. I. Belyutkov,
E. I. Leongard, N. F. Slezina, B. A. Volkova, Y. F. Arxipovalar ishlab chiqqanlar deb
xulosa qilishimiz mumkin.
Ta‘lim olish qobiliyati diagnostikasi bilan S. D. Zabramnaya, B. V. Zeygarnik,
O. N. Usano
va va boshqalar shug‘ullanganlar.
L. S.
Vigotskiy fikricha: «Nuqsonli bolaning rivojlanish jarayoni ikki
tomonlama jamiyatga bog‘liqdir: rivojlanishning ijtimoiy zaruriyatining birinchi tomoni
nuqsonning ijtimoiy realizatsiyasi bo‘lsa, kompensatsiyasining ijtimoiy yo‘nalganligi
ikkinchi tomonidir».
O‘zbekistonda mujassam nuqsonli bolani rivojlantirish va korreksiya qilish
masalalarini tadqiq qilish bu bolalardagi bilish jarayonlari kamchiliklarini
korreksiyalash masalalari juda kam o‘ganilgan sohalar sirasiga kiradi.
Murakkab nuqsonli bolalarni o‘qitish muammolari bo‘yicha maqsadga
yo‘naltirilgan, o‘z vaqtida olib boriluvchi tibbiy yondoshuv, psixologik-pedogogik
korreksiya, ijtimoiy ish bunday kotegoriyaga kiruvchi bolalarning shaxsiy rivojlanishi
shaxs sif
atida komol topishi dinamikasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi hamda salbiy
oqibatlarning paydo bo‘lishining oldini oladi.
Aynan ularning faoliyati jarayonidakeyingirivojlanishuchunimplushosilqiliadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |