«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
70
tayyorlash guruhlari o‘z faoliyatini boshladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 2 ming
300 dan ortiq ana shunday guruhlar tashkil etilib, ularda 49 mining 243 nafar
bola ta‘lim tarbiya olmoqda. Bu esa o‘z navbatida bolalardagi nutq nuqsonlarini
ertaroq aniqlash va bunday bolalarga mutahassis yordamini tashkil etishga zamin
yaratmoqda.
«Bolajon» tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish, maktabga tayyorlash
quyidagi omillarga asoslanadi:
- davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga
bo‗lgan munosabatning kuchayganligi;
-
erkin fuqaro ma‘naviyatining shakllanishi;
- milliy
urf-
odatlar
va
tarixiy
xotira,
o‗zlikni
anglash
tuyg‗usi
rivojlanayotganligi;
- milliy
va
umuminsoniy
qadriyatlarga
xurmat-ehtir
om
tuyg‗usini
shakllanayotganligi.
Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o‗z-o‗ziga xizmat va
gigiena, ijtimoiy-
hissiy rivojlanish, nutq, o‗qish va savodga tayyorgarlik, bilish
jarayoni, atrof-
olam to‗g‗risidagi bilimga ega bo‗lish va uni anglash yo‗nalishlariga
mos tarzda umumiy rivojlanishini taminlaydi. Jamiyatning bolalar ongiga ta‘sir
o‗tkazish asosan-ta‘lim tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bola yoshligidan atrofdagi
kishilar bilan muloqotda bo‗lib, bilimlar, ko‗nikma va malakalarni egallaydi. U dastalb
oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida, keyinchalik maktabda ta‘lim
tarbiya oladi. Bu bosqichlarda bolalarga ta‘lim tarbiya berishni to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish
yosh avlod uchun, shu jumladan rivojlanishida kamchiligi bo‗lgan bolalarga ta‘lim-
tarbiya berishdir. Maxsus ta‘limning eng dolzarb vazifalaridan biri bu eshituvida
nuqsoni bo‗lganbolalarni maktabda o‗qishga tayyorlash jarayonini faollashtirishdan
iboratdir.
Eshituvida nuqsoni bor bolalar va eshituvchi bolaning har tomonlama kamol
toptirish hamda uni maktab ta‘limiga tayyorlash uning nutqiy rivojlanishi bilan
bevosita borliqdir, eshituvida nuqsoni bor bolalarning nutqi faqat ularning umumiy
rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy
k
amoloti so‗zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L. S. Vigotskiy, F. F. Rau,
L. P. Noskova, L. A. Golovchis, I. Kislisina, U. Fayziyeva, F.Alimxodjayeva va
boshqa olimlarning asarlarida e‘tirof etiladi. Ilk davrda eshituvida nuqsoni bor bolalar
v
a eshituvchi bolalar o‗rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo‗lgan davrda kar
bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so‗ng
guldirashdek nutq ko‗rinishlari hos bo‗ladi. Keyinchalik, eshituvchi bolalar
atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar
bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko‗nikmalari ham so‗nib boradi.
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalarning lug‗at
boyligini eksperemental o‗rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi
tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini
qamrab olganligini ko‗rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalarda impressiv va
ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik
qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi.Tekshirilgan eshitishda nuqsoni
bo‗lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‗lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga
bo‗lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‗pchiligida nutqiy aloqaning
savol-
javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‗lami
Do'stlaringiz bilan baham: |