«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL
ISSUE 3
ISBN 978-83-949403-3-1
67
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan maktabgacha ta‘lim
jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi,
dunyoqarashi, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta
olishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirish
va ardoqlash, ularga rioya qilishga o‘rgatadi. O‗zbek xalqining yosh avlodni hayotga
tayyorlashda ko‗p asrlar davomida qo‗llagan usul va vositalari, tadbir shakllari,
o‗ziga xos urf-odatlari va an‗analari, ta‗lim-tarbiya haqidagi g‗oyalari va hayotiy
tajribasi mavjud. Bu meros o`zbek xalqi ichidan o
‗tmishda ko‗plab alloma-yu
donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‗lgan.
Bizning xalqimiz azaldan kitobni har narsadan aziz deb bilgan.
Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoevning «Kitob mahsulotlarini chop etish
va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida» farmoyishi
ijrosini ta`minlash maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda
maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi borasida ham qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Ma`lumki, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar kitobxonligi 2
yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan davrni qamrab oladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi
bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar
dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo'ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar o'zlarini
qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o'rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar,
bog'chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya'ni ularga
badiiy asarlardan parchalar o'qib berishlari lozim. Ota-onalar va tarbiyachilarning
bolalar adabiyotidan foydalana bilishlari, uyda va bog‘chada kitobxonlikning sifat va
samarasini yanada yuqori darajaga ko`tarish, bolaning badiiy kitoblarga bo`lgan
muhabbatini oshirish ishlarini yaxshilash vositalaridandir.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar kitobxonligini shakllantirishda
maktabgacha ta`lim muassasasi hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab
va mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o'zi ham yuksak didga
ega, ma'rifatli va bilimli bo'lishlari kerak. Ma'lumki, bola kitobni sevsagina,
keyinchalik kitob uning ma'naviy hayotida muhim rol o'ynaydi. Bu davr bolalariga
o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo'lishi talab
etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-
¬barang, harflari esa yirik-
yirik bo'lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar tinglaydigan
asarlarning katta ko'pchiligini alla-qo'shiq, ertak topishmoq, maqol, tez aytish kabi
xalq og'zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozma adabiyotdagi
yuqoridagi talablarga to'la-to'kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha ta'lim
yoshidagi bolalar uchun qo'l keladi.
Bolalar adiblari boladagi dunyoni bilishga intilishni his etib, uning xarakterini
yaratishga harakat qiladi, ya`ni hayotdagi muhim, xarakterli voqea va hodisalarni
badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda tasvirlab berishadi. Bu yoshdagi
bolalarga tavsiya etiladigan asarlar hayot haqida muayyan tasavvur berishi bilan
birga zavq-
¬shavq bag'ishlaydi. Tarbiyachi va ota-onalar maktabgacha ta'lim
yoshidagi bolalarga o'qib beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga,
tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e'tibor berishi zarur. Maktabgacha ta`lim
yoshidagi bolalarga mo`ljallangan kitoblarning mavzu doirasi tor bo`lmasligi,
aksincha, ularda hayot har taraflama aks ettirilgan bo`lishi lozim. Biroq bu o`rinda
Do'stlaringiz bilan baham: |