Xarajat elementlari – xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi deyiladi.
Xarajat moddalari – xarajatlarni turlariga ko’ra guruhlanishidir.
Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko’payishidir.
Xo’jalik hisobi – xo’jalik jarayonlarini son jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsifnoma berishdir.
Xo’jalik jarayoni – xo’jalik muomalalarining yig’indisi.
Xo’jalik muomalalari – xo’jaliklar faoliyatida insonlar tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum bir jarayonlardir.
Xronologik registrlar – xo‘jalik muomalalari xronologik tartibda (ularning sodir bo‘lishiga qarab) yozib boriladigan registrlardir.
Xususiy kapital – maqsadli moliyalashtirishlar, grantlar va subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi bilan birga korxona o’z mablag’larining manbaini tashkil etadi.
Soliq – bu muayyan miqdorlarda muntazam undiriladigan, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlaridir.
Boshqa majburiy to’lovlar – bu davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy pul to’lovlari, bojxona to’lovlaridir.
Soliq to’lovchilar – zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo’linmalaridir.
Soliq agentlari – zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, soliq to’lovchidan ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga o’tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir.
Soliq to’lovchining vakillari – qonunga yoki ta’sis hujjatiga muvofiq soliq to’lovchining vakili bo’lishga vakolatli shaxslardir.
Yuridik shaxs – O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo’lgan, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot; chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti; O’zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |