Lug‘at davr talabiga mos holda lotin yozuvida chop etilgan, unda avvalo alifbo, uning asosiy qismida esa atama, tushuncha va ta’riflar berilganligi, ayniqsa, lug‘atda berilgan ilovalar bu sohani o‘rganayotgan, bevosita АKT bilan aloqador ish yuritadigan mutaxassis hamda umuman keng kitobxonlar uchun quvonch bag‘ishlaydi. Chunki unda sohaga oid muhim ma’lumotlar, rivojlanish tarixi va ko‘pgina web manbalari alohida berilganligi ham kitobxon uchun qulaylik tug‘diradi. Lug‘at ko‘plab nusxada juda sifatli qilib nashr etilgan. Hajmi uning mazmunini tashkil etgan kattagina axborotlar tufayli ham kengdir. Birgina kitobda shunday muhim ma’lumotlarning berilishi, har qanday o‘quvchini ham mamnun etishi aniq. Lug‘atdan nafaqat biror atama va tushunchalar mazmunini, balki shu bilan birgalikda bu sohaga oid muhim ma’lumotlar, ya’ni Milliy Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar nomi, manzili, aloqa uchun telefonlarigacha berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |