1. Umumiy ma'lumotlar
1.1. Aksiya nomi — “Lay`s: kichik lahzalarning katta tuyg'ulari”.
1.2. Aksiya rag'batlantiruvchi lotereya emas, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan chiptalar uchun haq to'lash bilan bog'liq emas va tavakkalchilikka asoslanmagan.
1.3. Aksiyada ishtirok etish majburiy emas.
1.4. Aksiya o'tkazilish hududi — O'zbekiston Respublikasi.
1.5. Aksiya tashkilotchisi “EAST-WEST INVEST” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo'shma korxona (keyingi o'rinlarda — “Tashkilotchi”) hisoblanadi. Yuridik manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chorbog' ko'chasi, 14-uy., tel: (71) 230-90-69.
1.6. Aksiyaning umumiy muddati. Aksiya 2022-yil 25-iyuldan 2022-yil 25-oktyabrgacha 3 oy davomida o'tkaziladi.
1.7. Aksiya ishtirokchilarini xabardor ilish usullari.
Aksiya ishtirokchilari Aksiya o'tkazish qoidalari va muddatlari haqida quyidagi usullar bilan xabardor qilinadi:
— Internet tarmog'idagi www.Lays.uz saytida (keyingi o'rinlarda — “Sayt”);
— @lays_uz_bot telegram botida;
— Lay's`ning ijtimoiy tarmoqdar — Facebook i Instagram` dagi sahifalari.
2. Aksiyada ishtirok etish shartlari
2.1. Tanlovda umumiy asoslarda O'zbekiston Respublikasining 18 yoshdan oshgan istagan fuqarosi (keyingi o'rinlarda — “Ishtirokchi”) ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchi — 18 yoshga to'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs, “Lay’s” savdo belgisi 140 yoki 225 gr chipslarini sotib olganlik chekini yoki chipslar o'rami fotosuratini https://t.me/lays_uz_bot telegram botiga yuborish orqali ro'yxatdan o'tgan muayyan individual foydalanuvchidir.
Aksiyada ishtirok etishga quyidagilar qo'yilmaydi:
2.1.1. Tashkilotchi ishchilari va Tashkilotchi bilan boshqa shartnoma, kontrakt va ijro majburiyatlari orqali ishlaydigan shaxslar, shuningdek ularning oila a'zolari.
2.1.2. Tashkilotchi bilan affillangan deb tan olingan shaxslar.
2.1.3. Tashkilotchi bilan shartnomaviy munosabatlarga ega bo'lgan va Aksiyani tashkil etish va/yoki o'tkazish bilan bog'liq uchinchi shaxslarning ishchilari va vakillari, shuningdek ularning oila a'zolari.
2.2. Aksiya ishtirokchilari, xususan, quyidagi huquqlarga ega:
(I) ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiya haqida ma'lumot olish huquqi;
(II) ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa huquqlar.
2.3. Aksiya ishtirokchilari, xususan, quyidagi majburiyatlarga ega:
(I) Aksiyani o'tkazish paytida uning qoidalariga rioya qilish;
(II) ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar.
2.4. “Lay’s” savdo belgisi ostida quyidagi o'ramlarda ishlab chiqarilgan 1 ta pachka chipsdan sotib olgan Aksiya ishtirokchisi:
(I) “Lay’s” yangi yashil piyoz 140 gr.;
(II) “Lay’s” piyozli mayin pishloq 140 gr.;
(III) “Lay’s” tuz 140 gr.;
(IV) “Lay’s” smetana va ko'katlar 140 gr.;
(V) “Lay’s” smetana va piyoz 140 gr.;
(VI) “Lay’s” pishloq 140 gr.;
(VII) “Lay’s” gril qovurg'alari 140 gr.;
(VIII) “Lay’s” shashlik 140 gr.;
(IX) “Lay’s” yovvoyi qo'ziqorinli mol go'shti solingan Befstroganoff 140 gr.;
(X) “Lay’s” sharqona tandir go'sht 140 gr.;
(XI) “Lay’s” pishloq rayhon 140 gr.;
(XII) “Lay’s” smetana bilan oq qo'ziqorin 140 gr.;
(XIII) “Lay’s” yangi yashil piyoz 225 gr.;
(XIV) “Lay’s” tuz 225 gr.;
(XV) “Lay’s” smetana va ko'katlar 225 gr.;
(XVI) “Lay’s” smetana va piyoz 225 gr.
2.5. Aksiya sovrin jamg'armasi Tashkilotchining o'z mablag'lari hisobidan shakllantiriladi va quyidagilardan iborat:
G'olibning bank kartasiga 300 000 so'm miqdoridagi pul: 1350 ta
G'olibning bank kartasiga 1 000 000 so'm miqdoridagi pul: 455 ta
30 litr hajmli matoli, suv o'tkazmaydigan materialdan tayyorlangan brend ryukzaklari: 900 dona
Brend futbolkalari: 900 dona
Lay’s 81 gr chips qutilari: 90 dona, ya'ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |