AKSIYANING TO'LIQ QOIDALARI
Aksiya nomi: “Lay`s: kichik lahzalarning katta tuyg'ulari” (keyingi o'rinlarda — Aksiya) vazifasi “Lay’s” savdo belgisi ostida mahsulotlarni ommalashtirish bo'lgan tadbirlar kompleksidan iborat bo'lgan reklama aksiyasidir. Tadbir faqat reklama xarakteriga ega bo'lib, tavakkalchilikka asoslangan lotereya, garov yoki boshqa o'yin hisoblanmaydi, Tashkilotchining mahsulot sotish hajmining oshishi bilan bog'liq bo'lmagan foyda yoki boshqa daromad olish maqsadini ko'zlamaydi, shuning uchun u majburiy ro'yxatdan o'tishni yoki tegishli davlat organlariga xabarnoma yuborishni talab qilmaydi.
Ishtirok etuvchi savdo belgilari: "Lay`s" (140 va 225 grammli formatlar).
Aksiya o'tkazilish muddati: 3 oy, 2022-yil 25-iyuldan 25-oktyabrgacha (barcha sanalar ichida).
Aksiya tashkilotchisi: “EAST-WEST INVES” mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo'shma korxona
Motivatsion dastur byudjeti: 1 500 000 000 (bir milliard besh yuz million) so'mdan ortiq emas.
Aksiya mexanikasi:
Aksiya ishtirokchilari: Aksiyada o'n sakkiz yoshga to'lgan, Aksiyani o'tkazish shartlari talablariga javob bergan (keyingi o'rinlarda — “Ishtirokchi”) O'zbekiston Respublikasining har qanday ishga layoqatli voyaga yetgan fuqarosi ishtirok etishi mumkin.
Voyaga etmaganlar Aksiyasida ishtirok etishga yo'l qo'yilmaydi.
Aksiyada ko'zda tutilgan talablarni, shu jumladan Aksiya davomida aniqlangan Aksiya ishtirokchilariga qo'yiladigan talablarni buzish Aksiya ishtirokchisi maqomining haqiqiy bo'lmasligiga (diskvalifikatsiyaga) olib keladi.
Ishtirok etish shartlari: Aksiyada ishtirok etish uchun Aksiya o'tkazilish muddati davomida har kuni soat 11:00gacha @Lays.uz.promo telegram-botida quyidagilarni yuklash lozim:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat; va 2. “Lay’s” savdo belgisining quyidagi mahsulotlarining kamida bitta ochiq o'rami fotosurati:
(I) “Lay’s” yangi yashil piyoz 140 gr.;
(II) “Lay’s” piyozli mayin pishloq 140 gr.;
(III) “Lay’s” tuz 140 gr.;
(IV) “Lay’s” smetana va ko'katlar 140 gr.;
(V) “Lay’s” smetana va piyoz 140 gr.;
(VI) “Lay’s” pishloq 140 gr.;
(VII) “Lay’s” gril qovurg'alari 140 gr.;
(VIII) “Lay’s” shashlik 140 gr.;
(IX) “Lay’s” yovvoyi qo'ziqorinli mol go'shti solingan Befstroganov 140 gr.;
(X) “Lay’s” sharqona tandir go'sht 140 gr.;
(XI) “Lay’s” pishloq rayhon 140 gr.;
(XII) “Lay’s” smetana bilan oq qo'ziqorin 140 gr.;
(XIII) “Lay’s” yangi yashil piyoz 225 gr.;
(XIV) “Lay’s” tuz 225 gr.;
(XV) “Lay’s” smetana va ko'katlar 225 gr.;
(XVI) “Lay’s” smetana va piyoz 225 gr; yoki
3. Sotib olingan mahsulotlar soniga mos keladigan QR`ga ega fiskal chekning fotosurati.
Yuqoridagi hujjatlarni @Lays.uz.promo telegram-botiga yuklash Aksiya Ishtirokchisining Aksiya Qoidalari (takliflari) bilan tanishgani va roziligini (qabul qilganini) bildiradi (ilova qilinadi). Bir xil fotosuratni va bir xil ta'mni kuniga bittadan (1) ko'p marta yuklash taqiqlanadi.
@Lays.uz.promo telegram-botiga yuklangan ma'lumotlar tekshirilgandan so'ng, tekshirishdan o'tgan Aksiya Ishtirokchisiga shaxsiy ID raqami ko'rsatilgan javob xabari yuboriladi va bu kundalik va haftalik sovrinlar o'yinida ishtirok etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |