32
Detallarni payvandlash yordamida biriktirish
Metall buyumlarni yuqori harorat
hisobiga bir-biriga ulash
payvandlash deb ataladi.
Qizdirish usuliga qarab payvandlash gazli yoki elektrpay-
vandlash deyiladi.
Gazli payvandlash qalinligi uncha katta bo‘lmagan metall
jismlarni ulash uchun ishlatiladi. Bunda issiqlik manbayi, yo-
nuvchi gazning (atsetilen, propan, vodorod va boshqa) kis-
lorodda yonishi hisobidan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha
atsetilen
bilan texnik kislorod qo‘shilmasi ishla
tiladi.
26-rasmda gaz bilan payvandlash uchun kerak bo‘lgan usku-
nalar tasvirlangan. Oq rangli ballonda atsetilen bo‘ladi. Atseti-
len vintel va reduktor orqali chiqadi. Kislorod ko‘k rangdagi
ballondan reduktor orqali chiqadi. Ikkala gaz shlanglar orqali
qizdirgichda qo‘shiladi. Atse tilen va kislorodning ma’lum nis-
batida yonish harorati 3150°C ga ko‘tariladi.
Gaz bilan payvandlanayotgan
paytda
payvand tizimi uchun me-
tall sim ishlatiladi. Payvandla-
nayotgan metall va ishlatiladi
gan
simning kimyoviy tarkibi bir-biri-
ga yaqin bo‘lishi kerak.
Maxsus
qizdirgich va gaz bilan
payvandlash uskunasi yordamida
kesish ham mumkin. Kesish me-
tallni 1000–1180°C haroratgacha
qizdirishdan boshlanadi.
Keyin
kislorodning qirquvchi oqimi qi-
zigan metall bilan reaksiyaga ki-
rishadi, natijada issiqlik ajralib
chiqadi
va metallning pastki qat-
lamlarini qizdiradi.
26-rasm. Gaz bilan payvand-
lash uchun uskunalar:
1 – qizdirgich; 2 – shlang
lar;
3 – rеduktor; 4 – kislorodli
ballon; 5 – atsеtilеnli ballon.
1
2
3
4
5
33
27-rasm. Elеktrpayvand
uchun uskunalar: 1
–
himoya
niqobi;
2
–
elеktrod; 3
–
buyum;
4
–
payvand apparati;
5
–
simlar.
1
2
3
4
5
Gaz bilan payvandlash uskuna-
sida ishlash nihoyatda ehtiyotkor-
lik, tajriba va maxsus tayyorgar-
lik talab qiladi.
Elektrpayvandning
ikkita turi
mavjud: yoyli va kontaktli.
Elektr yoyli payvandda asosiy
bo‘lgan uskuna payvandlash ap-
parati hisoblanadi. Simlarning biri
ishlanadigan detalga, ikkinchisi
elektrodga ulanadi. Elektordlar
po‘lat
elektrodli simlardan tay-
yorlanadi. Payvand sifati yuqori
bo‘lishi uchun elektrodlar maxsus
o‘rama bilan qoplanadi va u metallni oksidlanishdan saqlaydi.
Qo‘l bilan ishlatiladigan elektr yoy payvandlash jarayoni
quyidagicha (27-rasm). Avval ulanadigan
detallarning qalinli-
giga qarab tok kuchi to‘g‘rilanib olinadi. Keyin detal va elek-
trod qisqa tutashtiriladi, natijada kontakt bo‘lgan joyda ha-
rorat keskin ko‘tariladi. Bundan keyin elektrod detaldan 3–5
mm uzoqlikka olinadi va elektr yoy paydo bo‘ladi. Keyin
elektrod asta yurg‘iziladi va erigan
metall ulanadigan joyga
oqizib tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: