“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 3
Aksiyalarni baholash turli iqtisodiy omillarga nisbatan dividendlarning uzoq
muddatli ta’sirchanlik koeffitsiyentiga asoslangan model boʻyicha baholanishi
mumkin. Bunda aksiyalar boʻyicha dividendning uzoq muddatli oʻsishi joriy
dividend boʻyicha daromadlilik koʻrsatkichi bilan teskari hamda ta’sirchanlik
koeffitsiyenti bilan chiziqli bog'liq boʻladi [7].
Amin Akbari bir tomondan aksiyalar qiymatini baholashga boʻlgan ehtiyoj
va boshqa tomondan aksiyalar qiymatini baholash uchun birxillashtirilgan
koʻrsatkichlar toʻplamining yetishmasligi bugungi kunda aksiyalar qiymatini
baholashni muhim masalalardan biriga aylantirganligiga e’tibor qaratgan [8].
Dunyoning bir qator mamlakatlarida (Shvetsiya, Rossiya) kunlik kreditlar
Markaziy banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni garovga olgan holda foizsiz
beriladi va ular milliy toʻlov tizimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriladi [9].
K.Xomitov qimmatli qog‘ozlarni baholash subyektlari sifatida baholash
kompaniyalari, fond birjalari, tartibga soluvchi va qonunchilik huquqiy organlari
namoyon boʻlishini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi fond
bozori rivojlanishi jarayonida qimmatli qog‘ozlar qiymatini aniq hisoblashga
asoslangan toʻg‘ri investitsiya qarorlari qabul qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlar
qiymatini baholashga talab tobora kuchayib bormoqda [10].
Tadqiqot metodologiyasi Aksiyalar qiymatini baholashning oʻziga xos xususiyatlari va ushbu
amaliyot bilan bog’liq xorij tajribalarini oʻrganishda qiyoslash, induksiya,
deduksiya, analiz, sintez kabi usullardan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar Xalqaro amaliyotda aksiyalar qiymatini baholash turli sabablar tufayli
kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. Aksiyalar qiymatini baholash quyidagi
hollarda zarur boʻladi:
kompaniyani sotishda yoki kompaniya qiymatini aniqlashda;
qimmatli qog'ozlar sifatida aksiyalar asosida kredit olish uchun bankka
murojaat qilinganda;
birlashish va qoʻshib olish operatsiyalarida;
soliqlarni hisoblash va boshqa hollarda.
Kompaniyaning qiymatini aniqlash ma’lum bir bozorda muayyan vaqtda
unga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olgan holda pul qiymatida obyekt qiymatini
aniqlash uchun maqsadli va tartib bilan amalga oshiriladigan jarayondir.
Doimiy ravishda takrorlanadigan standart jarayonlar bosqichlarini oʻz ichiga
oladigan boshqarish jarayonlari bir qancha koʻrsatkichlarni qamrab oladi (1-rasm).
Ushbu koʻrsatkichlar korxonaning qiymatini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Joriy bozor qiymati, bozor va ichki qiymat oʻrtasidagi farq, strategik va operatsion
imkoniyatlar, boshqarushning maksimal imkoniyatlari, moliyaviy boshqaruv
imkoniyatlari kabi bosqichlar korxona qiymatini boshqarish modelining ajralmas
qismlaridan hisoblanadi.