ll.Jamiyat va shaxs. Shaxs tushunchasi.
Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va ma’naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz bodmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga bodgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan o‘zaro ta’siri namoyon bodadi. Odamlar o‘zining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogdiq bodmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, ya’ni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga bodgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogdiq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Unda mamlakatning xo‘jalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining o‘zaro bogdikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uyg‘unlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning o‘z siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi o‘rnatilgan siyosiy munosabatlar asosida o‘z siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Ma’naviy sohada kishilar turli ma’naviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, san’at, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy me’yor va umuman olganda, Jamiyathayotining ma’naviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Ma’naviyat).
Hozir O‘zbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning ma’naviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, o‘zbek xalqining boy madaniy va ma’naviy merosi, qadriyatlari, an’analari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. O‘zbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‘z yo‘nalishi, tadqiqot ob’yekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U o‘ta murakkab, ziddiyatli, qaramaqarshi, o‘zini o‘zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur ob’yekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig‘i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
shahrining shakllanish omillari ko‘p va xilmaxiddir. Mas, genetik (nasliy), biologiktabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o‘z turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, fe’latvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish, jinsiy aloqaga kirishish va nasl qoldirish singari individual ehtiyoj bilan belgilanadi.
Shaxs, mohiyatiga ko‘ra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan, ijtimoiytarixiy an’ana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini o‘zida mujassam etadi. Uni har tomonlama o‘rganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiyma’naviy me’yorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson Sh. sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining go‘zal va farovon bodishiga ehtiyoj sezadi.
shahrining hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot ne’matlaridan to‘la foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega bodgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham todaqonli shaxs bodib yetilmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |