7.Inson hayoti, o’limi va manguligi muammolari.
Inson nima va uning mohiyati qanday degan savollarga javob topish uchun yo’l ochadigan ba’zi bir muhim muammolarning ta’riflanishini ham ilmiy tadqiqotlarning shak-shubhasiz natijasi deb hisoblash lozim. Ularning eng muhimi - insonning kelib chiqishi, shuningdek ong, til, ijod, axloq, ma’naviyat va shu kabilarning tabiatini aniqlashdir.
Ko’rsatilgan muammolarni anglab yetishga ahd qilgan har qanday odam, o hayot nima?
o birinchi odam qayerda va qachon paydo bo’lgan?
o inson ma’naviyatining tabiati qanday?
o Yerda inson paydo bo’lishining sababi nimada?
o bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik mavjudmi yoki
bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi sabab bo’lganmi? o hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi?
o inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni e’tibordan
chetda qoldirishi mumkin emas.
Bu va boshqa shunga o’xshash masalalar yechimini topish ustida falsafiy tafakkur ham, ilmiy tafakkur ham tinimsiz izlanadi. Ammo tabiatshunoslik uchun ularning aksariyati nafaqat mushkul, balki yechib bo’lmaydigan, ba’zi bir hollarda esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi, chunki ular xususida mavjud bilimlar shu qadar oz, yuzaki va muammolarga to’laki, bunday bilimlarga asoslangan mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o’zining ishonchlilik darajasiga ko’ra taxminiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin.
Ammo fan o’z kuchini yo’qotgan, yoki, hali kuchga to’lmagan joyda aniq ta’riflar, bir xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan cheklanmagan falsafa o’zini erkin his qiladi. Bu muayyan soha - antropologiyada o’z ifodasini topadi.
Falsafa «boqiy» masalalarni o’rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil yechimlar va shak-shubhasiz javoblar olishga da’vogarlik qilmaydi. Sinovdan o’tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo’qligi uni xijolatga solmaydi, zero falsafa intuisiya, g’oyibona ta’sir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan farazlar, taxminlar, to’ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va shakllangan tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy yechimga ega bo’lmagan narsa yoki hodisani o’zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. Shu tariqa falsafa insonni bilish chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko’taradi, balki yangi muammolarni qo’yish imkonini beruvchi yangicha yondashuvlar, o’zgacha nuqtai nazarlar va eng muhimi - eski muammolarning yangicha talqinlari bilan boyitadi.
Shu ma’noda S.Sheroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hyech ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradimi. Dunyoga keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordimi
Shunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog’liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o’laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil yechimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to’la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli o’laroq, falsafaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani o’rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo’ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni shu sababli bu yerda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o’ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo’lgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozisiyasi kelib chiqadi.
Shunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an’anasi uzoq vaqt hukm surgan fandan farqli o’laroq, falsafa har xil, shu jumladan bir-birini istisno etadigan nuqtai nazarlarni ilgari suradi, ayni bir hodisalar va obyektlarni tushunishga nisbatan har xil yondashuvlarni ta’riflaydi. Insonni tushunishga doir turli-tuman falsafiy konsepsiyalarning ko’pligi ayni shu hol bilan izohlanadi. Bu konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o’z individual borlig’idagi muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, insoniyat bilan, nihoyat, tabiat, kosmos bilan uzviy bog’liq bo’lgan aqlli mavjudot sifatida talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |