Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Download 2,94 Mb.
bet37/195
Sana31.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#232493
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
Bog'liq
халкаро аудит дарслик26 август111-1

6.2. Ukrainada auditorlik faoliyati

Ukrainada auditorlik faoliyati bozor munosabatlariga o’tish bilan rivojlana boshladi. Auditorlik xizmatiga asosan qo’shma korxonalar ehtiyoj sezgan, xorijiy investorlar auditorlar hisobotlarini (hujjatlarini) tasdiqlashni talab qilgan. Audit va auditorlik tashkilotlarining rivojlanishi jahon amaliyotiga ega bo’lish, tajribadan foydalanish bilan amalga oshiriladi.

Ukrainada auditorlik faoliyati quyidagi bosqichlarda yuzaga kela boshladi.

Birinchi bosqich – bu 1993 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi bilan bog’liq bo’lib, mahalliy audit sohasi huquqlarini aniqlashda judayam muhim bo’lgan.

Ikkinchi bosqich – Ukraina auditorlarining professional etikasini milliy me’yoriy hujjatlar va kodekslarda jamlagan audit boshqaruvi me’yoriy-huquqiy tizimini qayta ishlash.

Uchinchi bosqich - me’yorlarni amalga oshirish va ulardan foydalanishni talab qiluvchi hujjatlarni qayta ko’rib chiqish.

1993 yil 22 aprelda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Ukraina qonunining qabul qilinishi bilan auditning shakllanishi va rivojlanishi tez sur’atlarda amalga oshirildi. Bunda gap avvalo faoliyatning mazkur turiga litsenziya (ruxsatnoma) berish, auditorlik tashkilotlarini tashkil qilish va auditorlarni sertifikatlashtirish haqida boradi. 1994-1995 yillarda auditor va auditorlik tashkilotlari ishlari yuqori sifat mezonlarida tashkil qilindi, auditorlik tekshiruvidan so’ng tashkilotlarning soliq va boshqa to’lovlarning o’z vaqtida va qoidalar bo’yicha, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha amalga oshirilishi kafolatlangan.

1997 yilda auditda nisbatan pasayish kuzatildi, bu esa majburiy audit ob’ektlari o’rtasida qonun chiqarish tashabbusining qisqarishi bilan bog’liq. So’ngi yillarda shunday holat kuzatildiki, iqtisodda axborot aniqliligi va ishonchliligining o’sishini talab qiluvchi xo’jalik ishlari qiyinlashdi.

Shuning uchun aynan mustaqil auditga alohida korxonalarning moliyaviy hisobotlari haqidagi ishonchli fikrlarini bildirish va olish vazifalari topshirildi.

1992 yil fevralda Kievda auditorlar yig’ilishida auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi birlashgan jamiyati Ustavi ­– Ukraina auditorlar ittifoqi tuzildi (UAI). UAIning maqsadi auditorlik faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun auditorlar birlashishini kuchaytirish deb e’tirof etilgan.

Mamlakatda auditorlik ishini unifikatsiyalash, mukammallashtirish, rivojlanishiga yordam berish maqsadida alohida mustaqil organ – Ukraina auditorlar palatasi (UAP) tuzildi. UAP ning asosiy vazifasi davlatda audit rivojlanishiga ko’maklashish, Ukrainadagi auditorlik faoliyatiga tegishli muhim masalalarni yagona metodologik asosda hal etish bo’lgan.

1999 yil 1- yanvarda Ukrainada amaldagi doimiy Milliy audit me’yori (MAM) qabul qilinib, ungacha 1995-1996 yillarda vaqtinchalik audit me’yorlari qabul qilingan.

1997 yil martidan audit masalalariga bag’ishlangan “Ukraina buxgalter va auditi axborotnomasi” rasmiy jurnali chop etilmoqda. U Ukraina auditorlar ittifoqi va Ukraina professional buxgalterlari, auditorlari federatsiyasi tomonidan nashr qilinmoqda. Jurnal professional tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislar va professionallikka intilganlar uchun mo’ljallangan.

Auditorlar MHXSni joriy qilishda katta rol o’ynaydi. Ukraina auditorlar palatasi bu davr mobaynida MHXSni rivojlantirishga amaliy yordam qilib kelgan. MHXS bo’yicha har yillik sifatni oshirish bo’yicha auditorlar majburiy ta’limini olib borgan va olib bormoqda. Milliy sifatda Xalqaro audit standartlarini qabul qilish shubhasiz palataning tarixiy qarori bo’ldi. XAS ni ukrain tiliga tarjima qilish bo’yicha katta ishlar olib borildi. Shuningdek, Ukraina auditorlar palatasi standartlarni joriy qilish bo’yicha metodik takliflar, auditorlik xizmati sifatining nazoratini amalga oshirish, ish hujjatlarini joriy qilish va boshqalarni ko’rib chiqadi.

2006 yil oktyabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Ukraina qonuniga o’zgartirish kiritildi. Bu Ukrainada mustaqil auditning rivojlanishi va auditorlik faoliyati ustidan jamoaviy nazorat va boshqaruvni shakllantirishda muhim davr bo’ldi.

Bug’alteriya hisobi va audit islohoti faqatgina adabiyotlar tarjimasini yaratishda turtki bo’lib qolmasdan, buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha soddalashtirilgan milliy adabiyotlarni etarlicha miqdorda shakllantirdi.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish