Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


VI BOB. MDH DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI



Download 2,94 Mb.
bet35/195
Sana31.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#232493
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Bog'liq
халкаро аудит дарслик26 август111-1

VI BOB. MDH DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI

6.1. Rossiya Federatsiyasida auditorlik faoliyati

Rossiya Federatsiyasida 1993 yil 22 dekabrda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Prezident farmoni e’lon qilindi. Keyinchalik bu sohada qonun qabul qilinishi borasida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. “Auditorlik faoliyati to’g’risidagi” Rossiya Federatsiyasi qonuni 2001 yil 14 dekabrda qabul qilindi.

Ushbu davrni tahlil qilar ekanmiz, shuni aytish kerakki, normativ boshqarish tizimi asosida amal qilib kelayotgan auditorlik faoliyati auditorlik kasbining Rossiyada va xalqaro miqyosda boshlang’ich rivojlanishini etarli darajada ta’minladi.

Shunga qaramasdan, Qonunga ayrim tuzatishlar va aniqliklar kiritish talab etiladi, bu esa Rossiyadagi mustaqil auditorlik institutlarining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatishi aniq.

Qonunning kamchiliklariga to’xtab o’tadigan bo’lsak:

1) Qonunning qabul qilinishi cho’zilib ketishi auditorlik faoliyati tamoyillarining ma’naviy eskirishiga olib keldi. Bu vaqt mobaynida ko’pgina rejalar o’zgardi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning Xalqaro Standartlariga o’tish dasturi qabul qilindi, Rossiya Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lishini e’lon qildi. Shuning uchun, Qonunga kerakli kontseptual tuzatishlar kiritish zarur bo’lib qoldi;

2) Qonunda ikkita - “audit” va “auditorlik faoliyati” atamalari aralashtirib yuborilgan va uslubiy jihatdan noto’g’ri yondashilgan. Bular o’z boshqaruv mexanizmlariga ega va butunlay turli iqtisodiy tushunchalardir.

Audit – bu moliyaviy hisobotning to’g’riligini aniqlash maqsadida o’tkazilgan mustaqil tekshiruvdir.

Auditorlik faoliyati esa – bu audit tekshiruvini o’tkazishning tadbirkorlik faoliyatlaridan biri.

3) Qonunda Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik standartlari, qoidalarini qo’llash talab etilgan. Audit ishini rejalashtirish va hujjatlashtirishda, auditorlik hisobotini tayyorlashda va auditorlik xulosasini taqdim etishda ham Federal organ tomonidan tasdiqlangan audit standartlarini qo’llash talab etilgan. Bu Qonunda audit faoliyatini olib borishda auditorlik ish usullarini mustaqil tanlash tamoyili mavjud emas. Shuningdek, Federal organ tomonidan tasdiqlangan qoidalarni qo’llash oqibatida, auditor yoki mijozga etkazilgan zarar Federal organ javobgarligiga o’tkazilishi keltirilmagan;

4) Federal organ tomonidan tasdiqlangan auditorlik faoliyati standartlari, qoidalari Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi tomonidan qabul qilingan va ko’pgina jahon mamlakatlarida qo’llash tavsiya qilingan Xalqaro Auditorlik Standartlari bilan bir qancha tafovutlar mavjud.

Federal organ tasdiqlagan standartlarni qo’llash majburligi, Rossiya auditorlarining chet el korxonalari, qo’shma korxonalarni audit tekshiruvini o’tkazishni cheklab qo’yadi. Oqibatda, chet el korxonalari va qo’shma korxonalar chet el auditorlik kompaniyalariga murojaat qilishga majbur bo’lib qolishadi. Sababi, ular xalqaro normalar doirasida ish olib borishadi.

5) Federal organ tomonidan ishlab chiqilgan auditorlik standartlarini qo’llash majburligiga ega Qonun normalari “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash haqida”gi Rossiya Federatsiyasining qonuni moddalariga zid keladi. Chunki unda qo’shimcha litsenziya olish talablari keltirilgan bo’lib, “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash haqida”gi Rossiya Federatsiyasining qonunining moddalarini inkor etadi.

6) Qonunda Rossiya auditorlik standartlari bilan Xalqaro Auditorlik Standartlari o’rtasida o’zaro tafovut muammosi hali ham javobsiz qolmoqda. Chunki Rossiya iqtisodiyoti chet el investitsiyasi oqimi bilan chambarchas bog’liq.

Yuqorida sanab o’tilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2008 yil 24 dekabrda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu qonun 26 ta moddadan iborat.

1992-1995 yillarda davlatda qonunchilik bazasining mavjud bo’lmasligiga qaramasdan, audit gurkirab rivojlandi: faqatgina Moskva va Sankt-Peterburgda emas, balki barcha yirik shaharlarda yangidan-yangi auditorlik tashkilotlari tashkil topti. Ularning soni 800ga yaqinlashib qoldi. Moskvada qo’shma korxona ko’rinishi ostida “Deloyt end Tush”, “Artur Andersen”, “Ernst end Yang”, “Kupers end Laybrand” yirik mintaqalararo auditorlik tashkilotlari o’zlarining filiallarini ochdi.

Auditorlar tayyorlash rivojlandi. Bu erda asosiy rolni yirik oliy ta’lim muassasalari o’z bo’yniga oldi (Xalq xo’jaligi Akademiyasi, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti). Ryazan, Vladivostok, Sankt-Peterburg, Qozon, Ufa, Krasnodarda auditorlik kurslari tashkil etildi.

Bugungi kunda Rossiyada to’rt mingdan ortiq auditorlik tashkilotlari tuzilgan va muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Bularga “FBK”, “Rufaudit”, “Aktionaudit” va boshqalar kiradi.

Agar 90-yillar boshlarida Rossiyada professional auditorlik xizmati bozorida xorijiy tashkilotlar ustun bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda liderlik rus auditorlariga o’tgan. Etarli darajada to’liq amaliy auditorlik xizmati ko’rsatuvchi yirik rus auditor-konsultatsiya kompaniyalari paydo bo’ldi. Etakchi Rossiya tashkilotlari yirik xalqaro mijozlar bilan ish boshlashdi, ba’zi g’arb korporatsiyalari – Rossiya auditorlari bilan, konsultatsiya tashkilotlari bilan ish boshladi. Jahon Banki o’z loyihalari auditida rus mutaxassislariga ishona boshladi.

Mustaqil auditorlar, auditorlik tashkilotlari, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikda tashkil etilgan auditorlik tashkilotlari Rossiya Federatsiyasida faqatgina litsenziya mavjud bo’lgan hollarda auditorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Auditorlik faoliyatini litsenziyalash Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda davlat nazoratini ta’minlash uchun olib boriladi. Litsenziya alohida faoliyatlarga beriladi:


  • bank auditi;

  • sug’urta tashkilotlari va o’zaro sug’urta jamiyatlari auditi (sug’urta auditi);

  • byudjetdan tashqari fondlar va investitsiya muassasalari, birja auditi;

  • umumiy audit (alohida iqtisodiy sub’ektlar auditi).

Rossiya Auditorlar palatasi ta’sischilari etakchi iqtisodiy oliy ta’lim muassasalari qatorida professional auditorlar uyushmasi hisoblanadi.


Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish