Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyati



Download 2,94 Mb.
bet40/195
Sana31.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#232493
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195
Bog'liq
халкаро аудит дарслик26 август111-1

6.5. Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyati

Qozog’iston Respublikasida auditorlik tashkilotlarining rivojlanishi 1988 yildan amalga osha boshladi. 1988 yil xo’jalik hisobidagi taftish guruhi tashkil qilindi. 1992 yilda “Qozog’istonaudit” katta auditorlik mustaqil aktsionerlik kompaniyasida xo’jalik hisobi markazi qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda “Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi Auditorlar Palatasining Qozog’iston Respublikasida auditorlik ishini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, auditorlar palatasi tuzilishini, uning maqsad va vazifalarini shakllantiradigan, yagona nufuzli hamkori hisoblanadi. “Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi 1993 yil 18 oktyabrda qabul qilingan qonun loyihasining, shu bilan birga 1994 yil ro’yxatdan o’tgan Qozog’iston auditorlar palatasi nizomining asosiy ishlab chiquvchisi va vazirlikda parlament qo’mitasi va hukumat darajasida muhokama qilish bo’yicha bosh maslahatchi bo’ldi. Mazkur “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qozog’iston Respublikasi qonuni Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni boshqaradi. Auditor bo’lishga talabgorlar, shu bilan birga Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyatini olib borishni xoxlovchilar va chet el fuqarolarini attestatsiyadan o’tkazish maqsadida Moliya vazirligi qoshida 5 yil muddatga davlat ishchilari va auditorlar bilan bir xil sonda shakllanadigan malakali komissiya tashkil qilingan va malakali komissiya to’g’risida Nizom tayyorlangan. Nizomga muvofiq, auditorlik faoliyati bilan shug’ullanishni xoxlovchi shaxslar oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lsa, shu bilan birga iqtisodiy, moliyaviy, hisob-tahlil, nazorat-taftish yoki huquqiy ish tajribasiga ega bo’lsagina, imtihon topshirishga ruxsat beriladi.

Auditor va auditorlik tashkilotlari davlat organlari va o’zlarining buyurtmachilaridan mustaqil, shuning uchun auditorlar davlat organlari va jamoat tashkilotlari xizmatida bo’lmaydilar, ilmiy va ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan shaxslar bundan mustasno.

Auditorlar yordami bilan “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun moddalarini amalga oshirishni tartibga keltirish yo’lida “Auditorlar va buyurtmachilar o’rtasidagi munozaralarni hal etish to’g’risida” Nizom tayyorlandi. 1996 yil 29-31 oktyabr kunlarida uch kunlik auditorlar o’qishi bo’lib o’tdi va bunda ularning barchasi Qozog’iston Respublikasi auditor qasamyodini qabul qildilar. Maxsus mashg’ulotlar va qo’shimcha imtihon topshirish bo’yicha o’quv kursidan so’ng 15 ta auditor va 3 ta auditorlik tashkiloti, shu bilan birga “Qozog’istonaudit” AT Respublika Milliy Bankining bank auditi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini oldilar.

Auditorlik xizmatidagi mavjud vaziyatida auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish qarorini qabul qilish jarayoni va Moliya vazirligi auditi va buxgalteriya hisobi bo’yicha Milliy Komissiyaning shakllanishiga ta’sir ko’rsatdi. Hukumat audit bo’yicha litsenziya beruvchi tashkilot sifatida buxgalteriya hisobi bo’yicha milliy komissiyasini belgilab qo’ydi. Qabul qilingan birinchi 20 ta buxgalter standartlari auditorlar tayyorlash bo’yicha o’quv kursi rejasiga, universitet va institut “Buxgalteriya hisobi”, “Audit” kafedralari o’quv dasturlariga tegishli o’zgartirishlar kiritdi. Buxgalteriya hisobi bo’yicha Qozog’iston Respublikasi Milliy Komissiyasi auditning asosiy tashkilotchisi bo’lib kelmoqda. Komissiya Qozog’iston Respublikasida auditorlik faoliyatining keyingi rivojlanish yo’lida hali mavjud bo’lmagan audit standartlari va me’yorlarini tasdiqlashi lozim.

Qozog’iston auditida dolzarbligicha qolib ketayotgan muammolar to’g’risida yuqori darajada xalqaro talablarga javob beradigan sifatli darsliklar tayyorlash, o’quv bazasini tuzishni o’z zimmasiga oladi.

1997 yildan boshlab Respublika auditorlar palatasining yilning har choragida axborot jurnali nashr qilinmoqda.

“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi Qozog’istonda auditorlik ishi rivojlanishi istiqbolini belgilab berdi va yirik xalqaro auditorlik kompaniyalarning respublikaga jalb qilinishiga imkon yaratdi.

Qozog’iston Respublikasida eng yirik auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda belgilangan tajribalarni jamlovchi 40 ga yaqin filialari va auditorlik tashkilotlari bo’lgan “Qozog’istonaudit” aktsionerlik kompaniyasi hisoblanadi. Buyurtmachilar xizmati portfelida keng va doimiy mijozlar doirasiga ega. Kompaniya va uning tashkilotlari faqatgina auditorlik tekshiruvlarini muvaffaqiyatli o’tkazishga imkon beruvchi, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tahlil va taftish qilishga, to’lovga qodirlikni baholash, korxona va banklarni tugatishga asos bo’luvchi mustahkam me’yoriy bazaga ega bo’lib qolmasdan, huquqiy, auditorlik faoliyati, mulkni baholash, xususiylashtirish, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat tahlili, moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobi bo’yicha barcha masalalar va boshqa moliyaviy-huquqiy masalalar yuzasidan maslahat beradi.

Barcha auditorlik tashkilotlari yuridik shaxslar hisoblanadi, mahalliy ma’muriyatlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida davlat ro’yxatidan o’tadi, Qozog’iston Respublikasi auditorlar palatasiga kiradi. Auditorlar palatasi oliy organi – Palata Kengashi hisoblanib, umumiy a’zolarning 50 % ini tashkil qilgan kompaniya va uning auditorlik tashkilotlarining 14 vakillaridan tashkil topgan.

Amalga oshirilgan eng muhim ishlardan, auditorlar palatasining respublika barcha viloyatlarida hududiy filiallarining tashkil qilinishi, Milliy komissiya bilan qimmatli qog’ozlar bo’yicha o’zaro faoliyatni kengaytirish, Davlat Soliq qo’mitasi va Moliya vazirligi qoshida valyuta-moliya qo’mitasi nazorati tashkil qilinishi, Davlat boshqaruvining boshqa organlariing tashkil qilinishi bo’ldi. Auditorlik tekshiruvi o’tkazish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish va uslubiy yordam ko’rsatish uchun auditorlar Palatasi Kengashi qoshida uchta doimiy qo’mita shakllantirildi: a) auditorlik faoliyatini metodik ta’minlash bo’yicha; b) auditorlar etikasi va huquqiy masalalar bo’yicha; v) Qozog’iston audit standartlarini joriy qilish va qayta ishlash bo’yicha.

Auditorlar Palatasi auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar malakasini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Auditor xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarida tezkor hal qilishni talab qiladigan masalalar bilan to’qnash kelmoqda. O’z vaqtida va tegishli talablarga muvofiq ularga javob berish uchun, xo’jalik ishlarini tushunish, moliyaviy qonunchilik va unda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatlarini bilish o’z xulosalarini dalillar asosida isbotlab bera olish kerak. Korxona amaliyoti doirasida auditorga moliyaviy nazoratchi sifatida emas, balki korxona moliyaviy boshqaruvi bo’yicha maslahatchi, konsultant deb qarash kerak. Faqatgina korxonaning barqaror moliyaviy holatida emas, balki, bankrotlik chegarasida keskin vaziyatda turganda ko’makchi sifatida qarash kerak. Shuning uchun auditorlar bilan ishlashda quyidagi yo’nalishlar ustunlik qilishi kerak:

a) amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni izohlash;

b) moliyaviy va huquqiy konsultatsiya berish;

c) biznes reja va investitsiya dasturlari, moliya menejmenti, valyuta muomalalari va tashqi savdo hisobi bo’yicha uslubiy takliflarni qayta ishlash;

g) auditorlik tekshiruviga kirishish jarayonida paydo bo’luvchi aniq xo’jalik vaziyatidagi ish yuzasidan munozaralar.

1995 yilda Qozog’iston audit standartlari va Qozog’iston Respublikasi auditorlar etikasi kodeksi qabul qilindi va 1996 yildan amalda qo’llana boshladi. Audit bo’yicha standartlar va auditorlar etikasi kodeksi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” Qozog’iston Respublikasi qonuniga muvofiq Qozog’iston Respublikasi hududida barcha auditorlar va auditorlik tashkilotlari bajarishi uchun majburiy va me’yoriy hujjat sifatida kuchga ega.

Auditorlik tashkilotlarining qisqa vaqt davomida faoliyat olib borishiga qaramay auditorlik tashkilotlarining asosiy yo’nalishlarini va ularning turli xildagi tashkilotlar bilan faoliyat olib borishi ma’lum. Buyurtma tartibini tahlil qilishda auditorlik tekshiruvlarini olib borish shuni ko’rsatadiki, unda bir qancha ustunliklar mavjud:

- moliyaviy-xo’jalik hisoboti va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliq to’g’ri hisoblanganligi va to’langanligini tekshirish;

- ko’chmas mulkning baholanishi va intellektual faoliyat olib borish, aktsioner jamiyatlarning va boshqa xo’jalik birlashmalarini hissasi ustav kapitaliga kiritilishi;

- balans tasdiqlanishi va soliq deklaratsiyalarini tuzish.

Auditorlik tashkilotlarida rivojlangan va keng tarqalgan faoliyat turi bu boshqaruv funktsiyalarini bajarish hisoblanadi (buxgalteriya balansi tuzish, hisobot olib borish va h.k.).

Auditorlik tashkilotlarining yana bir keng tarqalgan va hozirgi kunda dolzarb bo’lgan funktsiyalaridan biri ekspert-analitik xizmatidir. Xo’jalik tashkilotlarining mustaqilligi sharoiti kengayishida va ularning moliyaviy ko’rsatkichlariga bo’lgan qiziqishning ortib borishi umumiy tahlil, rivojlanish yo’nalishi samaradorligiga e’tiborni oshirdi.

Yana bir muhim va keng tarqalgan auditorlik tashkilotlari yo’nalishlaridan biri bu boshqaruv kadrlariga boshqaruvning yangi uslublarini o’rgatish va qo’llashda yordam berish (masalan, kompyuterda hisobot olib borish, zamonaviy axborot tizimlari bilan ishlash va h.k.)

Tashkilotni rivojlanish yo’nalishini tanlashda auditorlardan shu tashkilot rivojlanish tahlilini diagnostika qilish va tashkilot o’sishidagi birinchi olib boriladigan tadbirlarni ishlab chiqish talab qilinadi. Agarda asosiy ishni shu tashkilot xodimlari bajaradigan bo’lsa, auditorlik firmasi bu erda ekspert sifatida ishtirok etadi, agar tashkilot bunday xodimlarga ega bo’lmasa, unda firma to’g’ridan-to’g’ri rivojlanish dasturini tuzishga kirishadi.

Bozor iqtisodiyotini rivojlanishi va takomillashishi sayin auditorlik faoliyati xizmatlariga talab o’sib boradi. Qozog’istonda audit ko’rsatkichi yuqori bo’lishi va jahon standartlariga javob berishi uchun XASni qo’llab, o’zlarining standartlarini ishlab chiqishmoqda.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish