Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov



Download 2,94 Mb.
bet17/195
Sana31.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#232493
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195
Bog'liq
халкаро аудит дарслик26 август111-1

Tayanch tushunchalar

Xalqaro auditorlik tashkilotlari, xalqaro auditorlik kompaniyalari, xalqaro buxgalterlar federatsiyasi, Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo’mitasi, Mustaqil auditorlarning xalqaro tashkilotlari, Xalqaro auditorlik tashkilotlarining «Katta to’rtlik» guruhi, “PriceWaterhousCoopers” auditorlik kompaniyasi, “Deloitte and Touch” auditorlik kompaniyasi, “Ernst and Young” auditorlik kompaniyasi, “KPMG” auditorlik kompaniyasi.



IV BOB. AQSH VA EVROPA DAVLATLARIDA AUDIT TIZIMI

4.1. AQShda auditorlik faoliyati

Auditning rivojlanish tarixini quyidagicha bosqichlarga ajratish mumkin: audit paydo bo’lishining ilk bosqichlari, auditning G’arbiy Evropada vujudga kelishi va rivojlanishi, AQShda auditning rivojlanish tarixi, Osiyo va Sharqiy Evropa mamlakatlarida auditning shakllanishi, MDH mamlakatlarida auditning holati va h.k.

1631 yilda Gollandiyadan AQShning Massachusets shtati Plimut shahriga koloniya qarzlarining tobora o’sib borayotganligi sababini aniqlash uchun buxgalter yuborildi. Bu Amerikadagi birinchi auditorlik tekshiruvi hisoblanadi. Ammo auditning vatani Buyuk Britaniya hisoblanadi. Auditorlik faoliyati birinchi marta ushbu mamlakatda qonuniy kuchga ega bo’lgan. Bu erda 1844 yildan boshlab kompaniyalar to’g’risida qonunlar e’lon qilingan bo’lib, ushbu qonunlarga muvofiq kompaniyalar bir yilda kamida bir marta buxgalteriya hisobvaraqalar va foyda to’g’risidagi hisobotni tekshirtirish uchun maxsus professional mutaxassisni taklif qilishga majbur edilar. Bu hisobot ma’lumotlari esa keyinchalik aktsionerlar umumiy yig’ilishida o’qib eshittirilgan.

Ichki auditorlar xizmatini tashkil etgan Amerika Qo’shma Shtatlaridagi eng birinchi tarmoq - Temir yo’l transporti hisoblanadi. XIX asrning oxirida ingliz ko’chma auditorlari ma’muriyatning mulk va hisobot tizimi uchun mas’uliyat darajasiga baho berish vazifasini bajarish uchun butun mamlakat bo’ylab yoyilib ketgan transport agentliklariga tashrif buyurdilar. XX asr boshlariga qadar AQShda mustaqil audit ingliz modeli asosida faoliyat yuritdi. Bu model balansga tegishli ma’lumotlarni har tomonlama chuqur tadqiq etishni ko’zda tutar edi. Jahonda mashhur amerikalik olim Robert Xayster Montgomeri (1872-1953 yillar) o’zining "Audit" nomli kitobining birinchi nashrida bu ilk bosqichdagi Amerika auditini "hisob-kitob auditi" deb atadi. Olim fikricha, bu davrda auditor ish vaqtining to’rtdan uch qismi hisob-kitoblar va buxgalteriya kitoblarini tuzishga sarflangan.

Amerikada auditga qonun tomonidan o’rnatilgan talablarning bo’lmaganligi va tekshirishlarni ko’p hollarda ingliz investorlari tomonidan Qo’shma Shtatlar firmalariga yuborilgan auditorlar amalga oshirganliklari tufayli dastlab bu kasb juda sekinlik bilan rivojlandi. AQShda auditorlik ishi Britaniya audit amaliyotining bevosita ta’sirida 1887 yilda auditorlar uyushmasining tashkil topishi bilan vujudga keldi.

1896 yilda esa Nyu-York shtatining qonunchilik organlari tomonidan buxgalterlarning auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul qilindi. Shu munosabat bilan R.Montgomeri shunday degan edi: "Biz AQShda yangi kasb erasi bo’sag’asida turibmiz". 1900 yilga qadar AQShda audit masalalari bo’yicha juda kam ishlar nashr etildi. 1905 yilda va keyinchalik 1909 yilda Montgomeri AQShda Lorens R.Diksining Angliyada yozilgan "Audit: auditorlar uchun amaliy qo’llanma" kitobini chop etdi. 1912 yilga kelib esa Amerika amaliyotining Britaniya amaliyotidan farq qilishini ko’rgan Montgomeri auditorlik to’g’risidagi Amerikada birinchi kitobni ("Audit: nazariya va amaliyot". Keyinchalik bu kitob "Montgomeri auditi" nomini oldi) yozdi.

Asta-sekinlik bilan amerikancha audit "test auditi"ga aylanib bordi. Bu audit yuqori sur’atlarda kengayib borayotgan amerikancha biznesga tezda moslashish imkonini berdi. Ushbu audit tarafdorlari fikricha, hisob-kitoblarni Britaniya usulida tekshirish juda ko’p vaqt va mablag’larni talab qiladi. Auditorlik faoliyatida tobora katta o’rin egallay boshlagan test usulidan tashqari auditorlar operatsiyalarni tekshirish uchun biznes bo’yicha hamkorlaridan firmalar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ishni ham amaliyotda qo’llay boshladilar. Investorlar manfaatlarini hisobga olgan holda ular aktivlar va passivlarni baholashga katta e’tibor qarata boshladilar. Bu barcha yangiliklar audit vazifalarining kengayotganligini o’zida aks ettirar edi. Endilikda audit yuqori aniqlikda tekshirish bilan cheklanmay qoldi.

AQShda amalda bo’lgan qonunchilikka ko’ra ko’plab xususiy korxonalar va hukumat idoralari har yili auditorlik firmalari tomonidan o’tkaziladigan moliyaviy tekshirishlarni amalga oshirishlari lozim. Tekshirish to’g’risidagi hisobot firma egalariga, korxonaning kreditorlariga taqdim etiladi. Bu hisobotda buxgalteriya hisobi jarayonlarining to’g’riligi va asoslanganligi, shuningdek, uni yuritish shakllari va usullarini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar o’z aksini topadi. Amerika Qo’shma Shtatlarida mustaqil audit zamonaviy ma’noda rivojlandi: uning rivojlanishi ko’p jihatdan kreditorlar, ayniqsa, banklarning ishonchli moliyaviy axborotga bo’lgan talablari tufayli yuz berdi. Banklar ushbu axborotlar asosida kredit taqdim etish to’g’risida qaror qabul qildilar.

XX asrning birinchi yillarida moliyaviy hisobotlardan foydalangan korxonalar balansni kompaniyaning ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkich sifatida bilar edilar. Shu sababli auditorlar o’z ishlarida ko’p hollarda asosiy e’tiborni balansga qaratar edilar. AQShda savdo bo’yicha Federal komissiya iltimosiga ko’ra Amerika buxgalter-ekspertlar instituti (bu institut bugungi kunda Amerika diplomga ega buxgalterlar instituti – AICPA deb yuritiladi) tomonidan tayyorlangan audit to’g’risidagi birinchi rasmiy qaror 1917 yilda chop etilgan bo’lib, “balanslar auditi”ga bag’ishlandi. Ushbu qarorning qayta ko’rib chiqilgan nashri 1929 yilda e’lon qilinib, “Moliyaviy hisobotlarni tekshirish” nomini oldi. Garchi ushbu risolada asosiy e’tibor hali ham balans auditiga qaratilgan bo’lsa-da, unda foyda va zararlar hisoboti to’g’risida batafsil fikr yuritilgan edi. Bu esa xo’jalik operatsiyalari natijalariga qiziqish ortayotganligidan dalolat berar edi. 1929 yildagi nashrda bitimlar tuzish amaliyoti, shuningdek, ichki nazoratning muhimligi to’g’risida so’z bordi.

1936 yilda “Mustaqil auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tekshirish” deb nomlangan risola chop etildi. Bu risolaning mazmuniga so’nggi yillarda yuz bergan ko’plab voqealar o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu voqealar orasida eng ahamiyatlisi bitimlar tuzish standartlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan AICPAning Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik munosabatlarining yo’lga qo’yilishi, shuningdek, 1933 yilda qabul qilingan qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi va 1934 yilda qabul qilingan birjalar to’g’risidagi Qonunlarning kuchga kiritilishi bo’ldi. Bu qonunlar ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarga moliyaviy hisobotning tegishli shakllarini tuzishlarini talab qilar edi.

Auditni standartlashtirishning zamonaviy shakli 1939 yildan boshlanadi. Mazkur yilda AICPA auditorlik tekshirishlari bo’yicha Qo’mita ta’sis etdi va auditorlik jarayonlari to’g’risida Qoidalarni (SAF) chop etdi. 1972 yilga qadar 54 qoida e’lon qilindi. Qo’mita esa bu davrda yangi nomga ega bo’ldi: auditorlik standartlari bo’yicha Ijroiya qo’mita (keyinchalik bu qo’mita auditorlik standartlari bo’yicha Kengash deb yuritila boshlandi). Bu qo’mita barcha Qoidalarni kodlashtirdi va ularni auditorlik jarayonlari bo’yicha qoida (SAF) №1 ga birlashtirdi. Bu Qoida hozirgi kunda ham amal qilmoqda. XX asrning 70 va 80-yillari jamoatchilikning auditorlar ishlari va majburiyatlari doirasiga qiziqishining oshishi bilan tavsiflanadi.

Bu davr ko’plab muvaffaqiyatsiz tekshirishlar bilan bog’liq. Buning natijasida Kongressda yig’ilish bo’lib o’tdi, auditorning roli va mas’uliyatini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzildi, jamiyat tasavvuridagi audit bilan muayyan chegaralar bilan cheklangan auditning real jarayoni imkoniyatlari o’rtasidagi nomuvofiqlik mavjudligi to’g’risida xulosalar chiqarildi, ushbu nomutanosiblikni bartaraf etishga yo’naltirilgan auditorlik standartlari bo’yicha Kengashning faolligi oshdi.

AQShda auditorlik firmalari 4 ta guruhga bo`linadi:

Bugungi kunda AQShda 45000 dan ortiq auditorlik firmalari mavjud.



Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish