G‘ujanak bo‘lish
Bajarish texnikasi. G‘ujanak bo‘lish - bu tizza yelkalarga
tortilib, tirsaklar tanaga siqilgan, qo‘l panjalari boldiming o‘rtasidan
ushlab (oyoq panjalari va tizzalar bir muncha ochiq) bukilgan
tananing holati. G‘ujanak bo‘lish - dumalashlar, o‘mbaloq oshishlar
va g‘ujanak bo‘lib saltolar bajarish uchun asosiy yordamchi mashq
hisoblanadi. G‘ujanak bo‘lish yarim o‘tirib (250-a rasm), o‘tirib
(250-ferasm), chalqancha yotib (250-d rasm) bajariladi.
O‘rgatish ketma-ketligi.
1. Asosiy turishdan qo‘llar yuqoriga, tez o‘tirish va o‘tirib
g‘ujanak holatini olishi, belni yarim doira shakliga keltira olishga
e’tibomi qaratish lozim.
2. Orqadan tayanib o‘tirish holatidan, tez oyoqlami bukib
g‘ujanak bo‘lish.
3. Chalqancha yotib qo‘llar yuqorida, tez oyoqlami bukib
g‘ujanak bo‘lish.
4. Chalqancha yotish holatidan tanani ko‘tirib, g‘ujanak bo‘lib
o‘tirish.
Xatolar
1. Boshning orqaga egilib ketishi.
2. Oyoqlar ochilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |