Akrobatik mashqlar
Reja:
Akrobatik mashqlar haqida umumiy tushuncha
Akrobatik mashqlar turlari
Akrobatik mashqlarda himoyalash va yordam
Akrobatik mashqlar – asosan turli о‘qlar atrofida aylanma harakatlarni bajarish (о‘mbaloq oshish, tо‘ntarilish, salg‘to va h.k). Shuningdek, g‘ayri oddiy tayanch sharoitida bajariladigan muvozanatni saqlash mashqlari (yakka, juft va guruh bо‘lib). Har xil kontinentli mashg‘ulotlarda kuchlilik, epchillik, egiluvchanlikni, fazoda yо‘nalish olishni, vestibulyar apparatni mashq qildirish uchun qо‘llaniladi.
Akrobatik mashqlarni о‘rganish bir vaqtning о‘zida murakkab mashqlarni bajarishga tayyorarlik vazifasini bajaruvchi sodda mashqlardan boshlanadi.
Dumalashlar va о‘mbaloq oshishlar. О‘quvchilar avval dumalashlar, о‘mbaloq oshish va salg‘toni bajarish uchun tayyorgarlik mashqlarini egallab olishlari zarur.
Dumalash – tananing alohida qismlarini ketma-ket tayanchga tekkizgan holda boshdan oshmasdan turib aylanma harakatlarni bajarish. О‘quvchilar bu usulni quyidagi ketma-ketlikda egallab oladilar: dastlabki holatdan yarim qо‘llarni polga tayangan holatida о‘ngga va chapga dumalash; о‘tirgan holatdan – orqaga dumalash; tizzalarda turgan holatdan – oldinga dumalash.
О‘mbaloq oshish – tananing boshdan oshib о‘tib, sо‘ngra tayanchga tekkiziluvchi aylanma harakati. Oldinga о‘mbaloq oshish oyoqlarni ochgan holda qо‘llarga tayanib turishdan osonroq о‘zlashtiriladi: oldinga engashib, boshning orqa tomoni bilan (tana og‘irligini qо‘llarda ushlab turgan holda) tayaniladi va dumalab о‘tirib olinadi, sо‘ngra о‘tirib tayaniladi. Buni о‘zlashtirib olgach, о‘tirib tayanishdan о‘mbaloq oshishni bajarish mumkin.
Himoyalash: yon tomondan tizzada turib, bir qо‘l bilan yelkadan ushlab turish, ikkinchi qо‘l bilan tizzalar orqasidan itarib, aylanishni (о‘mbaloq oshishning birinchi fazasini bajarishga) yordam berish.
Orqaga о‘mbaloq oshishni og‘ma tekislikdan (masalan, gimnastik mat qoplangan tramplindan) о‘tirish holatidan, tanani egib turib va qо‘llar bilan (kaftlar pastga qaratilgan) yelkaga tayangan holda о‘zlashtirish ancha oson. О‘quvchilar og‘madan о‘mbaloq oshishni о‘rganib olgach, uni akrobatik yо‘lkada yoki matlarda bajarishga о‘tadilar.
Himoyalash: yon tomondan tizzada turib, yelkasidan ushlanadi va aylanma harakatni muvaffaqiyatli bajarishga yordam beriladi. Bu о‘mbaloq oshishni egilib bajarishni oldinga engashib о‘tirish holatidan boshlash kerak, dumalash qо‘llar bilan yelkaga tayanib, sо‘ngra oyoqlar bosh orqasidagi tayanchga tushiriladi. Bosh orqali aylanganda g‘ayrat bilan qо‘llar ochiladi, engashib (yahni oyoqlar tо‘g‘ri tutiladi) asosiy holatga о‘tiladi.
Sakrab о‘mbaloq oshishni (oldinga) dastlab turgan joyda bajarishni о‘rganish kerak. Yarim о‘tirgan holatdan oldinga yarim engashib, qо‘llar orqaga qilinadi: qо‘llarni oldinga harakatlantirish (siltash) bilan bir vaqtda oldinga yuqoriga g‘ayrat bilan sakraladi, uchlik fazasidan sо‘ng, qо‘llarga tayangan xolda oldinga umbaloq oshish bajariladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |