Yangi saroy “П” shaklida bunyod etilgan. Saroy rejasida, bezak va jihozlarida Sharq va yevropacha uslublar ma’lum darajada uyg‘unlashgan. 1917-1918-yillarda zinali hovuz barpo etilgan, u ansambl me’morchiligida katta ahamiyat kasb etgan.
1917-1918-yillarda hovlining uchinchi – shimol tomonida hovuz oldida yevropacha uslubda ishlangan peshayvonli bino qurilgan. Demak, me’moriy kompleksni barpo yetishda aralash, milliy va yevropacha usullardan foydalanilgan.
Sitorai Mohi Xosaga kiraverishda tashqi hovli, uning janubiy-g‘arbiy tomonida kichik hovlili xazinaxona, janubiy-sharqdagi qarama-qarshi burchakda yozgi dam olish joyiga kiriladigan darvoza bor. Yozgi dam olish joyi bog‘ning to‘rida bo‘lib, bino kichik hovli va hovuzchaga ega. Dam olish joyining atrofi baland imorat bilan o‘ralgan bo‘lgan. Bino assimetrik yechimda milliy tusda chiroyli ishlab chiqilgan.
Me’morchilikning keyingi tarixi Markaziy Osiyo, Turkiston, shu jumladan, Buxoroni ham rus qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Avvalo, ularning manfaatini ko‘zlovchi ba’zi bir inshootlar qurilgan. Temir yo‘l, 20 tacha kichik paxta tozalash zavodlari va boshqalar shular jumlasidandir.
O‘sha davrda Buxoroda bir necha norozilik harakatlari bo‘lib o‘tgan. Ana shundaylardan biri 1919-yilda yuzaga kelgan. Biroq, 1920-yil 2-sentabrda rus qo‘shinlari tomonidan amirlik qulatilgan. Buxoro amirligining 16 vagon oltin, kumush va shunga o‘xshash boshqa qimmatli buyumlari tashib ketilgan.
Rossiya tomonidan Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) tashkil qilingan. 1921-yil 14-martda BXSR bilan Rossiya o‘rtasida ittifoqchilik shartnomasi va iqtisodiy kelishuv imzolangan.
Saroy Buxoro amiri Olimxonning yozgi qarorgohi bo‘lgan. Amir bu yerdan yozgi dam olish maskani sifatida foydalangan. Bundan tashqari Amir chet el elchilarini va rus vakillarini shu yerda qabul qilgan.
Me’moriy inshoot g‘arb va Sharq me’morchiligi asosida qurilgan. Oq zalning qurilishida yevropacha qurilish uslubi ustunlik qiladi.
Bugungi kunda inshootning ta’mir talab qismlari qayta rekonstruksiya qilingan. Inshootning kirish joyida xalq amaliy san’ati namunalari bo‘lgan buyumlar savdo rastasi mavjud. Hovlida esa tovuslar, Oq zalda amirlik huzurida bo‘lgan chet el elchilarining billur vaza, qimmatbaho gilamlar, guldonlar kabi sovg‘alaridan iborat.
O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Setorai Mohi Xossa saroyi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |