Shayboniylar daxmasi
S amarqanddagi o‘rta asr me’moriy yodgorligi hisoblangan Shayboniylar daxmasi XV asrda shayboniylar sulolasiga mansub hukmdorlar tomonidan bunyod etilgan qabr-maqbaralar majmuidan iborat.
Shayboniyxon 1510-yil Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgach, Samarqandga olib kelinib, o‘zi qurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503-1504-yillar oralig‘ida o‘ldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511-yilo‘ldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511-yil vafot etgan), Qutlug‘ Muhammad Sulton (1545-yil v.e.), Abulxayr Sulton (1511-yil o‘ldirilgan), Yodgor Sultonim (1526-yil v.e.), Shahribonu xonim (1535-yil v.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yil v.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586-yil v.e.)lar dafn etilgan.
Sherdor madrasasi
Me’moriy obidaning kim tomonidan bunyod etilganligiga to‘xtaladigan bo‘lsak, inshoot Yalangto‘shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan.
Me’moriy obidani bunyod ettirgan shaxs haqida gapiradigan bo‘lsak, Yalаngto‘shbiy Bаhоdir Sаidqul o‘g‘li, Yalаngto‘shbiy оtаliq (1576-yil Nurоtа – 1656-yil Sаmаrqаnd)Аshtаrxоniylаr dаvridаolchin qаbilаsidаn bo‘lgan hаrbiy-mulkdоr zodаgоnlаrning yirik vаkili, Sаmаrqаnd hоkimi (1626-yildаn). Nurоtа hоkimi оilаsidа tug‘ilgаn. 1611-yili Imоmqulixоnni tаxtgа o‘tqаzishdа fаоl qаtnаshgаn. Shundаn so‘ng Yalangto‘shbiy Bahodirning mаvqеi оrtgаn, u Sаmаrqаndni 1626-yildаn аmаldа mustаqil idоrа etа bоshlаgаn va ungа оtаliq unvоni bеrilgаn. Yalangto‘shbiy Bahodirning o‘z qo‘shini bo‘lib, аtrоfdаgi tumаnlаrgа bоsqinchilik yurishlаri nаtijаsidа judа kаttа mоddiy mаblаg‘ to‘plаgаn. Yalangto‘shbiy Bahodir оbоdоnchilik, qurilish ishlаrigа kаttа e’tibоr bеrgаn, jumlаdаn, Sаmаrqаnddа Shеrdоr mаdrаsа, Tillаkоri mаdrаsа, Mаxdumi А’zаm mаsjidi, xоnаqоsi (1618) vа boshqalarni qurdirgаn. Аbu Tоhirxоjаning «Sаmаriya»sidа yozishichа,“Yalangto‘shbiy Bahodirning qаbri Sаmаrqаnd yaqinidаgi Dаhbеddа, Mаxdumi А’zаmning оyog‘i оstidа, sufа ustidа, mоzоr dеvоrining ichidаdir”. Yalangto‘shbiy Bahodir hаqidаgi xаlq оrаsidа ko‘plаb rivоyatlаr, аfsоnаlаr (“Yalаngto‘sh bоtir” hikоyasi) to‘qilgаn.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy sharoit haqida gapiradigan bo‘lsak, Imomulixon davri: Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642) o‘tqazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi.Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, aholiga qattiq zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi.
Sherdor madrasasi Imomqulixon hukmronligi davrida, 1619-1636-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan, shulardan: turli xil o‘lchamdagi g‘ishtlar, loy, yog‘och, tosh, maxsus “qir” qotishmasi va shunga o‘xshash boshqa ko‘plab ashyolardan keng foydalanilgan.
Madrasaning dizayni, ichki va tashqi ko‘rinishi:Sherdor madrasasining koshinlari va bezaklari faqat o‘zigagina xos, betakrordir. Madrasa tarhi to‘rtburchak, 2 qavatli bo‘lgan.Bosh tarzining 2 qanotida qovurg‘ali gumbaz va minoralar joylashgan. Binoning serhashamligi shu peshtoqida, peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta) va oldi ravoqli ayvon bo‘lgan. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o‘tagan. 1960-1964-yillarda peshtoq qanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Shuningdek, Sherdor madrasasining Peshtoq ravog‘i tepasi diqqatga sazovor:qizg‘ish zarhal sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko‘zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog‘du bilan hoshiyalangan.
M adrasa hovlisi va undagi hujralar ham o‘z me’moriy yechimlari bilan Ulug‘bek madrasasidan farq qiladi. Sherdor madrasasining devorlarida uni qurgan usta-me’mor Abdul Jabborning va me’morchilik bezaklarini yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan.
Memoriy obidaning uslubi haqida gapirar ekanmiz, O‘rta Osiyo me’morchiligida ko‘p uchraydigan gumbazsimon, qo‘sh va “Chor” uslubidan keng foydalanilgan.
Madrasaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, me’moriy inshoot Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida bir o‘q chizig‘i bo‘ylab joylashgan. Madrasa masjid vazifasini o‘tagan, hozirgi kunda esa muqaddas qadamjolarimizdan hisoblanadi.Yana shuni ham aytib o‘tish kerakki, madrasa o‘z davrida qurilgan boshqa madrasalardan me’moriy yechimi bilan ajralib turgan.
Mustaqillik yillarida me’moriy inshootda bir necha bor ta’mirlash ishlari olib borildi. Ayniqsa, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Sherdor madrasasi ham ta’mirlandi. Madrasaning atroflari ko‘kalamzorlashtirilib,o‘zgacha chiroy kasb etdi.
Me’moriy obidaga hukumatimiz tomonidan hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, u ko‘pgina xalqaro sayyohlarning e’tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotiningButun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Mamlakatimiz tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash to‘g‘risida”gi qonun va shu kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar me’moriy inshootning huquqiy kafolatidir.
Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |