Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet29/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

Ulug‘bek rasadxonasi

Rasadxona Mirzo Ulug‘bek tashabbusi va homiyligida bunyod etilgan.


Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U 1409-yil otasi Shohruhning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‘lib, astronomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini, tarixga oid “To‘rt ulus tarixi” asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan.
Rasadxona rivojlangan o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek farmoyishi bilan 1424-1429-yillarda bunyod etilgan.
Uning geografik joyini G‘iyosiddin Jamshid tanlagan bo‘lib, Samarqanddagi Ko‘hak (Cho‘ponota) tepaligida, Obirahmat anhori bo‘yida bunyod etilgan. Me’moriy obida bunyod etilgan davrda Temuriylar hukmronlik qilar edi. Bu davrda mamlakatda madaniyat, savdo-sotiq, ilm-fan rivojlandi.
Movarounnahrda nisbatan osoyishtalik o‘rnatilgan bo‘lsa-da, Ulug‘bek 1425-yilining erta bahorida otasining roziligi bilan Mo‘g‘uliston ustiga yurish qiladi. Issiqko‘l yaqinida sodir bo‘lgan jangda Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonadi va mamlakatning sharqiy chegaralarini mustahkamlab oladi. Ulug‘bek hukmronligi davrida mamlakatda ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq rivojlandi. Savdoni rivojlantirish maqsadida u 1428-yili mamlakatda fulusiy pullarni zarb qildirdi. Xalq orasida ular “fulusi adliya”, ya’ni “adolatli chaqa” nomi bilan shuhrat topgan. Ulug‘bek tashqi savdodan davlat xazinasiga tushadigan daromadni ko‘paytirish maqsadida tamg‘a solig‘ini birmuncha oshirdi, bu esa mamlakat iqtisodini rivoj topishiga xizmat qilgan.
Ulug‘bek rasadxonasi qurilishida xom va pishgang‘isht, loy, taxta va shu kabi ashyolardan foydalanilgan.
Rasadxona ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; ayrim qo‘lyozmalarga ko‘ra, balandligi 31 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Ulug‘bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yil V.L.Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari asosida topildi. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir g‘isht bo‘lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo‘shaloq yoydan iborat bosh qurilmaning qoldig‘i mavjud bo‘lganligi aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo‘lgan. Boburning yozilishicha, Ulug‘bek rasadxonaning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan.
Ulug‘bek rasadxonasi me’morchilikning o‘ziga xos, teng diametrli yumaloq uslubida bunyod etilgan.
Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2m.li qo‘shaloq yoydan iborat kvadrat qurilma hisoblanadi. Kvadratning janubiy qismi yer ostida, qolgan qismi shimoliy tomonda yer sathidan 30m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga to‘g‘ri keladi. Rasadxona o‘rta asrlarda asbob-uskunasi jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari – ekvator va ekleptika orasidagi burchakni o‘lchash, yillik protsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” ham rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan mashhur olimlar G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bog‘liq.
R asadxona o‘z davrida yirik astronomik kuzatuv majmuasi vazifasini o‘tagan. Unda mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar yordamida quyosh, oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizdagi boshqa me’moriy obidalar singari ta’mirtalab qismlari qayta tiklandi. Bundan tashqari Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish