Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet25/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

SAMARQAND ME’MORCHILIGI


Bibixonim madrasasi

Bibixonim madrasasi Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulkxonim) tomonidan bunyod etilgan.


Inshootning qurilishiga bosh-qosh bo‘lgan Bibixonim (asl ismi Saroymulkxonim) (1341-1408) – Amir Temurning katta xotini, Chig‘atoy ulusi xoni – Qozonxonning qizi. Dastlab amir Qozag‘onning nabirasi – Husayn ibn Musallabga (1355), keyin (Husayn qatl etilgach) Amir Temurga nikohlangan (1370). Saroymulkxonim hukmdor haramidagi barcha malikalardan ulug‘i hisoblanib, “Katta xonim” yoxud “Bibixonim” degan unvonga sazovor bo‘lgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Bibixonim o‘z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatgo‘y va yetuk aql-zakovat sohibasi, shuningdek, husn-latofat bobida ham benazir edi. Bibixonim insonparvar, vatanparvar, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan. Ayniqsa, ilm-ma’rifatga alohida e’tibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilar edi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida ko‘pincha hamrohlik qilgan. Bibixonim o‘z jamg‘armasidan Samarqandda ulkan madrasa qurdirgan. Bibixonim farzand ko‘rmagan bo‘lsa-da, Sohibqiron o‘z nabiralari – Muhammad Sulton, Halil Sulton, Ulug‘bek va boshqa mirzolarni bevosita zukko Bibixonim tarbiyasiga topshirgan. Samarqandda Amir Temur Bibixonimga atab Bibixonim jome’ masjidini qurdirgan.
B ibixonim madrasasi XIV asrning so‘nggi choragida bunyod etilgan bo‘lib, uning qurilishida xom va pishiq g‘isht, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi ashyolardan keng foydalanilgan.
Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, chortoqli keng xonaqoh, tepasi baland gumbaz bilan bog‘langan. Devorlariga manzara naqshin gullar, serhasham bezaklar ishlangan. 4 tarafidagi keng derazalar – tobadonlar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi yoritilgan. Ostidagi tagxona – sardoba esa kichikroq bo‘lib, devorlari yirik kulrang toshtaxtalar bilan bezatilgan. Tagxonada bir necha tosh tobutlar saqlangan. Me’moriy obidaning uslubini yoritadigan bo‘lsak, Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gumbazsimon “Chor” uslubida bunyod etilgan.
Madrasa XIV asr oxirlaridagi eng yirik ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan va u yerda tolibi ilmlar astronomiya, geografiya, xandasa, tarix, adabiyot, musiqa va boshqa fanlardan ta’lim olganlar.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, saroy tarixchisi G‘iyosiddin Alining “Amir Temur 1399-yil 10-mayda madrasada to‘xtab o‘tganligi” haqidagi ma’lumoti hamda tarixnavis Fasih Havofiylarning (1375-1442) ta’kidlashicha, Amir Temur jome’ masjidini kelib ko‘rarkan, me’moriy masjmuada mutanosiblik buzilganligi – madrasa peshtog‘i va ayvoni jome’ masjidga nisbatan balandroq va qiyaroq bo‘lib qolganligi uchun norozi bo‘lgan va me’morlar (Xoja Mahmud Dovud va Muhammad Jald)ni jazolagan. Arxeologik qazishmalar ham shu nomutanosiblikni tasdiqlaydi. Bino peshtoqi qanchalik mahobatli bo‘lmasin, uning qarshisidagi binoga monand emasligi ko‘zga tashlanib qolgan. Me’moriy uslub talabiga ko‘ra, nomaqbul tushgan madrasa peshtoqi buzib tashlashga mahkum bo‘ldi. Shuning uchun ham keyingi asrlarda madrasa qoldiqlari buzib tashlandi.
Me’moriy obidaga O‘zbekiston hukumati hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga kelsak, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtimizdagi boshqa me’moriy inshootlar qatorida Bibixonim madrasasi ham ta’mirlandi. Jumladan, Tuman og‘a xonaqohi Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan 1996-yilda ta’mir etilgan. Madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, davlatimiz tomonidan qabul qilingan shu kabi qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida olib borilgan ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari natijasida inshoot joylashgan hudud o‘zgacha chiroy kasb etgan. Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan madrasa va atrofidagi qadamjolar yanada chiroy ochdi.



Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish