Ko‘kaldosh madrasasi
Buxoro
shahrining
Labi
hovuz
majmuasining
shimolida
joylashgan
Ko‘kaldosh madrasasi Qulbobo Ko‘kaldosh
tomonidan bunyod etilgan.
Qulbobo Ko‘kaldosh Abdullaxon II
ning ko‘kaldoshi bo‘lib, Buxoro xonligida
xonning dushmanlari va do‘stlari haqida
Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ma’lumot yig‘adigan hamda ularga oid tavsiyalarni xonga taqdim qilgan,
shuningdek, mamlakat xavfsizligi uchun mas’ullardan biri bo‘lgan ko‘kaldosh
mansabida faoliyat yuritgan.
Ko‘kaldosh madrasasi shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida, so‘nggi
o‘rta asrlarning dastlabki qismida, 1568-1569-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrda shayboniylar o‘rtasida siyosiy
kurash avj olgan edi. Abdullaxon II 1557-yili mayda Buxoroni qo‘lga kiritadi va
uni o‘z poytaxtiga aylantirdi. 1561-yilda otasi – Iskandarxonni davlat boshlig‘i –
xon deb e’lon qilib, uning nomidan mamlakatni o‘zi boshqara boshlaydi. Markaziy
hokimiyatga bo‘ysunishdan bosh tortgan Shayboniy sultonlar bilan kurashib, Balx
(1574-yil), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston va Farg‘ona (1583-
yil)ni egallaydi. 1582-yilda shimolga yurish qilib, Ulug‘tog‘ga qadar borgan.
Me’moriy obidaning qurilishida (xom va pishiq) g‘isht, loy, yog‘och,
maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanilgan.
Madrasaning ikki qavatli bosh tarzi ansambl maydoniga qaratilgan.
Peshtoqini bezatib turgan koshinlar saqlanib qolmagan. Madrasa peshtoqidagi
darvoza girrix va islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Madrasa hovlisiga 5 gumbazli
miyonsaroy orqali kiriladi. Miyonsaroyning ichki gumbazlari va bag‘allari, shipi
o‘ziga xos turli shakldagi murakkab to‘rsimon-yulduzsimon, qolibkori va iroqi
uslubda pishiq g‘ishtda ganj qorishmasidan terilgan. Madrasa hovlisi uzun (42x37
m), o‘rtaga yangi imorat 1929-yilda bunyod etilgan. Hovli tomondagi 2 qavatli 160
hujra bilan o‘ralgan. Yon tomonidagi hujralarning pastki qavatiga xonani yoritish
uchun panjaralar o‘rnatilgan. Yuqori qavatiga esa qator qilib chuqur ravoqlar
ishlangan. Ravoqlar tepasini va ba’zi darcha panjaralarini bezatishda koshin ancha
tejab ishlatilgan. Bosh tarzidagi peshtoq kitobasida yozuvlar saqlangan.
Peshtoqining ikki yonidagi masjid va darsxona oldiga 2 qavatli 3 qismga ajratilgan
chuqur ravoqlar va burchaklaridagi guldastalarda Buxoro me’morchiligiga xos
qadimiy va milliy an’analarni aks ettirilgan.
Ko‘kaldosh madrasasi “Chor” uslubda, eshik va g‘ishtlarning terilishi
xotamkori uslubida o‘z aksini topgan.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, u Labi hovuz
ansamblidagi eng katta imorat va Buxoro shahridagi eng katta madrasa
hisoblanadi. Ko‘kaldosh madrasasida Sadriddin Ayniy tahsil olgan, hozirda u
yashagan hujra muzeyga aylantirilgan va eksponatlar bilan jihozlangan.
Me’moriy inshoot ilm maskani, madrasa sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Madrasada 3 bosqichda ta’lim berilgan.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak,
1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi
me’moriy obidalar qatorida Ko‘kaldosh madrasasi ham ta’mirlandi. Madrasa
atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Obidaning hovlisi hisoblangan Labi hovuz
majmuasi qayta ta’mirdan chiqdi.
Ko‘kaldosh madrasasi 1960-1970 va 1995-1997-yillarda ta’mirlangan.
Hozirda Ko‘kaldosh madrasasida Buxoro viloyatining “Oltin meros” jamg‘armasi
joylashgan. Inshoot mustaqillik yillarida bir necha bor ta’mirlandi. Inshoot
YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |