Akademik litseylar fizika ta'limini modulli texnologiya asosida tashkil etish. Mundarija kirish


Fizika fani boyicha ta’lim texnologiyalarini yaratishga qoyiladigan talablar



Download 86,91 Kb.
bet12/13
Sana24.07.2021
Hajmi86,91 Kb.
#127757
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AKADEMIK LITSEYLAR FIZIKA TA'LIMINI MODULLI TEXNOLOGIYA ASOSIDA TASHKIL ETISH.

2.3 Fizika fani boyicha ta’lim texnologiyalarini yaratishga qoyiladigan talablar.

Bugungi kun ta'lim tizimida amal qilayotgan an'anaviy ta'limning mazmunini yangilash va ta'lim jarayonini tashkil etishni tubdan o'zgartirish davr taqozosidir. Buning uchun fizika ta'limi tizimini pedagogik va axborot texnologiyalarni uyg'unlashtirgan holda qo'llash orqali ta'lim samaradorligini yuqori pog'onalarga ko'tarish mumkin. Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) — kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, unda zamonaviy texnologiyalar o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik vositalar, qo'shimcha yordamchi vositalar kiradi. Fizikadan pedagogik dasturiy vositalar (PDV) ga quyidagilarni e'tirof etish mumkin: 1. Matnli material; 2. Elektron jadvallar; 3. Ma'lumotlar bazalari; 4. Grafiklar, diagrammalar, plakatlar; 5. Fizik modellar; 6. Namoyishlar, animatsiyalar; 7. Virtual laboratoriya ishlari; 8. Masala yechishni modellashtiruvchi dasturlar; 9. Testlar, ularni yechish metodikalari, namunalari; 10. Elektron darsliklar va elektron ishlanmalar; 11. Elektron ma'lumotnomalar; 12. Elektron ensiklopediyalar. Fizikani o'qitishda PDVlarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an'anaviy vositalardan afzalligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, ergonomik guruhlarga ajratildi.

Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi:

Talablar

Mazmuni

Ilmiylik

Ta'lim mazmunining zamonaviy fan darajasiga muvofiqligi; akademik litsey o'quvchilarida ilmiy bilishning umumiy metodlari haqida to'g'ri tasawurlarni hosil qiladi.

Tushunarlilik

Bu talab nazariy murakkablik va bayon etish chuqurligi darajasining aniqlanishida ifodalanadi, u o'quvchilarning xotirasi va shaxsiy fikrlash xususiyatlari bilan, shuningdek ularning tayyorgarlik va rivojlanish darajasi bilan chambarchas bog'liq.

Ko'rgazmalilik

O'quv axborotini ng kompyuter tasviri, axborotni qabul qilishga у o'naltirilganligi, dinamikligi, yuqori sifati bilan ajralib turadi. Demak, axborotning kompyuter tasviri imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga o'qitishning ko'rgazmaliligini yuqori darajada oshirish mumkin.

Muammolilik

O'rganuvchi yechishi lozim bo'lgan muammoli vaziyatga duch kelganida, uning qiziqishi va fikrlash qobiliyati ortadi; kompyuter yordamidagi namoyish tajribalaridan foydalanganda o'quv muammosining nisbatan yorqinroq ko'rgazmali qo'yilishi va undan ham yorqinroq uni yechish yo'llarini tasawur etishi mumkin bo'ladi.

Faollashtirish

Mustaqil ishlab chiqish, o'z bilimini tekshirish va o'quvchilar tomonidan yakka tartibda modellarni tuzish imkoniyati mavjud bo'ladi.

Fizikani o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan psixologik talablarga quyidagilarni kiritish mumkin:



Talablar

Mazmuni

Idrok etish

Idrok qilishning ongliligi unga fikriashning ham qo'shilganini anglatadi. Alohida predmet yoki hodisani idrok qila turib, biz uni umumiyning xususiy holati kabi qabul qilishimiz mumkin. Biror bir fizik tajribani namoyish qilayotganida, u ma'lum asboblardan foydalanadi. Ammo ushbu tajriba vositasida isbotlanayotgan qoida yoki qonun nafaqat berilgan konkret jarayon yok i hodisa ga taalluqli, balki umumiy ma'noga ham ega. Shu sababli, tajribani tushunish uchun, tajriba vaqtida ro'y berayotganlar qandaydir umumiy qonuniyatning bir ko'rinishi ekanligini idrok etishi kerak.

Xotira

Predmetlarni, jarayonlarni, hodisalarni ongli ravishda idrok qilish doimo ularni tanib olishni, ya'ni tanishni taqazo qiladi. Tanish esa o'z navbatida ularni eslab qolishga yordam beradi.

Tasavvur

O'quvchi foydalanadigan obrazlar bevosita qabul qilinganlarni qayta tiklash bilan chegaralanmaydi. Xotiraning funksiyasi - awalgi tajribaning natijalarini imkon qadar o'zgartirmasdan saqlash, tasawurning funksiyasi ularni qayta tiklashdir.

Tafakkur

Bizning ob'yektiv borliqni tanishimiz sezgilar va qabul qilishdan boshlanadi, shuningdek fikrlarning xususiydan umumiyga va umumiydan xususiyga o'tishni ochib beradigan harakati. Tafakkur amaliy faoliyat ongi sifatida tug'iladi va faqat undan keyingina mustaqil nazariy faoliyatga aylanadi.

Yuqoridagi talablardan tashqari ilmiy-metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o'quv fanining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma'lum bir fanning o'ziga xosligini hisobga olish, axborotning zamonaviy metodlari o'zaro bog'liqliligi, o'zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi va boshqalar. Shuningdek, tashkiliy-texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test o'tkaziladigan manbalar kiradi. Internet-navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o'qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi. Maxsus talablarga esa, interfaollik, maqsadga yo'nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiasiyalash, kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik kiradi. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o'qitishga mo'ljallangan fizika fanining o'ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko'zda tutadi. Demak, fizika fanini o'qitishda pedagogik dasturiy vositalarga qo'yiladigan talablar asosida yaratilgan DPVdan foydalanish ijobiy natija beradi, ya'ni fizikani o'qitishda ularni qo'llash asosida o'quvchilarning fizika fani bo'yicha ko'nikma va malakalar shakllantirish bilan birga mustaqil ta'lim olish jarayonini osonlashtiradi hamda intensivlashtirishga imkon beradi.

Ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini yanada oshirish uchun faqat ilg‘or o‘qitish metodlarini ishlab chiqish to‘g‘risida gapirmasdan, shu bilan birga ularning qo‘llanilishiga ham ahamiyat berish kerak. O‘qitish metodlari darslikdan, masala yechish uchun qo‘llanmalardan, demonstratsion tajribadan va laboratoriya ishlaridan ajralgan holda bo‘lmaydi. O‘qitish metodlari o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi, ammo darslik matni masalalar mazmuni, demonstratsion tajribalar va laboratoriya ishlari o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari bilan chambarchas bog‘langan bo’ladi. O‘qituvchilarni o‘qitish metodlari bilan qurollantirishning bosh yo‘li-bu o‘quv ishlarining strate-giyasini, ya’ni o‘qitish tarbiyalash va o‘stirishning vazifalari, fundamental fizik nazariyalar va o‘quv predmetining o‘ziga xos o‘qitish metodlarini amalga oshira borib, har bir darsni o‘quv-tarbiya jarayonining bir qismi deb qarab, darsda asosiy ish shakllarini qo‘llay olish mahoratini egallashdan iborat.

Har bir fanda bo‘lgani kabi fizika o'qitish uslubi fani ham ma’lum rivojlanish va shakllanish bosqichlarini bosib o‘tdi. Uning tarixi uncha uzoq bo'lmay, fizikani o‘rta maktab- larda o‘qitila boshlanganidan boshlanadi. O‘zbekistonda uning taraqqiyoti va shakllanishi sobiq SSSR da bu fanning rivojlanishi bilan bog‘liq holda amalga oshgan.

Rossiyada fizikani o‘qitish jarayoni 350 yillar davomida vujudga keldi. Ammo fizika Rossiya maktablarida mustaqil pred- met sifatida faqat XVIII asrdan boshlab o‘qitila boshlandi.

Fizika o‘qitish uslubini rivojlantirishda Peterburg, Mosk- va, Kiyev, Odessa kabi shaharlardagi olimlar faol ishtirok eta boshladilar. Bu davrda olib borilgan ishlar natijasida qu- yidagilarga erishildi:



  1. Fizika gimnaziya va real o‘quv yurtlarida mustaqil pred- met sifatida o‘quv rejalariga kiritildi.

  2. Fizika faqat ta'lim beruvchi predmet sifatida emas, balki rivojlantiruvchi funksiyasiga ega predmet sifatida ham tan olindi.

  3. 0‘quvchilarni mustaqil kuzatish va laboratoriya ishlar o'tkazish joriy etildi.

  4. Gimnaziya va o‘quv yurtlarining talablariga javob beruv- chi fizikadan darsliklar yaratishga o‘tildi.

XIX asming oxirlaridan boshlab fizika o‘qitish uslubi bo‘yicha rus tilida qator o‘quv materiallari va turli darsliklar yaratishga kirishildi. Fizika asoslarini mukammal va tekis ba- yon qilib bergan darsliklardan biri E.X. Lensning 1939-yilda chop etilgan «Rukovodstvo k fizike* asari bo‘lib, unda o‘rta o‘quv yurtlari uchun berilishi kerak bo‘lgan fizika material- lari bayon etilib, u ancha mukammal bo‘lgani sababli 25 yildan ortiq keng foydalanib kelindi. Bu kitobda fizik hodi- salami eksperimental asoslash bilan bir qatorda ularni nazariy va matematik xulosalardan foydalangan holda bayon qilishga ham e’tibor berilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmi matematika, fizika, ximiya, kosmografiya fanlarini o‘qitish uslublarining rivojlanishi davri bo‘ldi.



  1. asrning 90-yillari fan, ishlab chiqarish sanoatining

rivojlanish davri bo'lib, unda ta'lim tizimlarida fizika o‘qitishni keskin yaxshilashga katta ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. Bu esa, ta’limda fizikadan yangi darsliklar, qo‘llanmalar, uslu- biy adabiyotlarga bo‘lgan talabni orttirib yubordi. Buning natijasida fizikadan qator yangi darslik va qo‘llanmalar pay- do bo‘ldi. ..

0‘qitish uslubidan birinchi umumlashtirilgan qo‘llanma 1894-yilda nashr etildi, bu qo‘llanma Shvedovning «Fizika metodikasi» asari edi.

Birinchi marta bu asarda fizika o‘qitish uslubining umu- miy masalalari bayon etilgan edi. Shu bilan birga unda maktab fizika kursining mazmuni masalasiga ham alohida ahamiyat berilgan.


  1. asrning 60-yillariga kelganda fizika kursiga kiritilayot- gan qisman o‘zgarishlar uni to‘la qonli va talab darajasiga olib chiqish imkoniyatini bermasligi aniqlandi, shu sababli 1967—1972-yillar davomida fizika kursini o‘qitishni isloh qi- lish amalga oshirildi, bu bilan fizika o'qitishning ham nazariy, ham amaliy masalalarini hal etishga intilindi. Unda o‘rta maktab fizika kursini fizika fanining rivojlanish darajasiga ko‘tarish masalasi qo‘yildi.

Qo‘yilgan maqsadlardan eng muhimi fizika kursining il- miy darajasini ko‘tarishdan iborat edi. Buni amalga oshirishda ko'pgina olimlarning xizmati katta bo‘ldi. Fizikadan fakulta- tiv mashg‘ulotlarga ham katta ahamiyat berildi. Unga oid o‘quv dasturlar va qo‘llanmalar chop etildi.

Fizikaning va uning o‘qitish uslubiyotining rivojlanishida Sharq olimlarining hissalari ham bor. Al-Farobiy, al-Beru- niy, al-Xorazmiy, Qoshg‘ariy, Ulug‘bek va boshqa mutafak- kirlar olib borgan ishlari ancha salmoqlidir. Ibn Sinoning «Sharq Aristoteli», al-Beruniyning «O‘rta Osiyo Kopernigi» deb atalishi ularning fan sohasida olib borgan ishlarining qanchalik salmoqli ekanidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda ham fizika va uning o‘qitish uslubiyotining rivoj-lanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelgan va kelayotgan olimlarimiz kam emas. Ular fizikaning rivojlanishiga o‘z his- salarini qo‘shish bilan birga o‘qitish uslubiyotini yaxshilash sohasida ham anchagina ishlar olib borganlar. Masalan, akademik R. Bekjonov fizika o'qitish uslubi bo'yicha bir necha shogirdlar chiqardi, bu sohada ishlayotganlarga 0‘zining qimmatli maslahatlarini berib bordi.

O‘zbekistonda Pedagogika fanlari Ilmiy tekshirish insti- tutining tashkil etilishi fanlarni o‘qitish uslubiyotining rivoj- lanishiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1918-yilda tashkil etilib, hozir ham faoliyat ko‘rsatayotgan «Xalq ta’limi» jurnali fizika o‘qitish uslubiyotining yaxshilanib, takomillashib bori- shiga katta hissa qo‘shmoqda.



O‘zbekiston Milliy universiteti fizika o‘qitish metodikasi va fizika tarixi kafedrasi E. Nazirov boshchiligida olib bo- rayotgan uslubiy ishlari alohida diqqatga sazovor bo'lib, Respublikamizda fizika o‘qitish uslubi sohasida ishlayotgan oliygohlaming o'qituvchilari uchun yetarli va qimmatli ma- terial bo‘lib kelmoqda va yoshlarni ilmiy ishlarga yo'nal- tirmoqda. Bu kafedra ko‘plab fan nomzodlarini yetishtirib chiqarmoqda. Hozirgi kunda fizika o‘qitish uslubi bo'yicha B. Mirzaahmedov, D. Shodiyev, E. Turdiqulov kabi pedn- gogika fanlari doktorlari va ko‘plab fan nomzodlari ish olib bormoqda.

Xulosa

Xulosa qilib Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenberg aytganidek: “Kim-dan-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilinki u fizikani ham bilmaydi”,-degan fikri juda qo‘l keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki o‘qituvchi o‘z bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi. Ularning fikrlash doiralari ancha tor bo‘lib, ma’lum bir fanlar bo‘yicha cheklangan bilimlarga egadir va, mustaqil fikirlash ko‘nikma va malakalari anchagina past darajada. O`qituvchi va o`quvchi – talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida bo`lib, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda o`qituvchi talaba – o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo`ladi, bular o`qituvchi va talaba – o`quvchilarga bog`liq.



Shu bilan bir qatorda o`qitish jarayonini oldindan loyihalash zarur, bu jarayonda o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitini, O`TV ni, eng asosiysi, o`qituvchi – talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi tashkil eta olishini hisobga olish kerakdir, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o`qituvchi – talabaning ta`limning markaziga olib chiqishi kerak.


Download 86,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish