O’quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning zaruriyati.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yo‘lidagi dastlabki qadamlaridayoq ma'naviyatimizni tiklash, yanada yuksalti- rish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘un- lashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqish maqsa- dida katta ishlarni amalga oshirishni rejalashtirdi. Keyingi yil- larda juda katta olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy ishlar bajarildi.
Birinchi navbatda tarbiyachilaming o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish, ta'limning zamonaviy uslublari bilan qurollantirish muhim va paysalga solib bo'Imaydigan dolzarb masalalardan biridir. Tarbiyachi mustahkam fan asoslarini o'rganishdan tashqari ularni o'quvchilarga yetkazish yo'llari, zamonaviy pedagogik texnologiya bilan qurollanishi zarur. Shu nuqtayi nazardan turli fanlarni o‘qitish uslublarini ishlab chiqish va ular bilan o‘qituvchilarni qurollantirish zarur omillardan biridir. Fizika o‘qituvchisi fan asoslarini o‘rganish bilan bir qatorda uni maktab va turli o‘quv yurtlarida o‘qitish uslublarini o‘rganishlari ham zarur. Shuning uchun ham biz eng avvalo o‘qitish uslubining pedagogik fan ekariligini va uning maqsad, vazifalarini ko‘rib chiqishimiz zarur.
Fizika o‘qitish uslublari pedagogik fanlarning biri bo‘lib, u fizika va texnikaning tez sur'atlar bilan rivojlanishi natija- sida kelib chiqdi. Hamma uslublar didaktikaning umumiy o‘qitish nazariyasiga asoslanadi. Shuning uchun uiarni xu- susiy didaktika deb yuritiladi (fizika o‘qitish uslublari, kimyo o‘qitish uslubi va h.k.)
Fizika fani ahamiyatining ortib borishi pedagogik fanlar sistemasida fizika o‘qitish uslublarini yuqori pog‘onalarga ko‘tardi.
Fizika o‘qitish uslubi predmeti fizika asoslarni o‘qitish nazariyasi va amaliyotidan iboratdir.
Fizika o‘qitish jarayonida uchta bosh funksiya amalga oshiriladi:
1) ta'lim; 2) tarbiya; 3) rivojlanish.
Ta’lim funksiyasi bosh va belgilovchi funksiya bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilar fizika asoslarini o‘rganadilar, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash malakasi va ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Tarbiya funksiyasi o‘qitishga kompleks yondoshishning ajralmas qismi bo‘lib, uning fizika o‘qitishdagi asosi siyosiy- g‘oyaviy, mehnat va ahloqiy tarbiyalarning birligidan ibo- ratdir.
Rivojlanish funksiyasi o‘quvchidan bilish imkoniyatlarini rivojlantirish va mustaqil bilim olishga o'rgatishni nazarda tutadi.
Fizika o‘qitish jarayoni o‘zaro ta’sir qiluvchi quyidagi tarkibiy qismlari bilan xarakterlanadi.
1. O‘qitish mazmuni, ya’ni fizika asoslari.
2. O‘qitish — o‘qituvchi faoliyatidan iborat bo'Iib, tajriba va texnika vositalari asosida predmetni bayon qilish, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini boshqarish, ularning bilim va malakalarini sinash.
3. O‘qish — o'quvchilarning ko‘p qirrali aqliy va jismoniy o‘quv faoliyatlari.
4. O‘qitish vositalari: darsliklar, asboblar, texnika vosi- talari.
Fizika o‘qitish uslubida o‘quv-tarbiyaviy jarayonning qu- yidagi asosiy masalalari ko‘rib chiqiladi va hal qilinadi:
— maktabda fizika o‘qitishning maqsadlarini asoslash; fizikada hal qilinadigan tarbiya masalalarini ochib berish;
— maktab fizika kursining mazmuni va tuzilmasini aniq- lash va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish;
— o‘qitish, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirishning sa marali uslublarini hamda fizika o‘qitishda foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv qurollarini ishlab chiqish va ularni tnjri- bada sinab ko‘rib, o‘qitish amaliyotida qo'llash.
Uslubning bosh masalasi — fizika o‘qitish nazariyasini takomillashtirish, ta’lim, tarbiya va fizikani o‘rganish jara- yonida o‘quvchilami rivojlantirish yo‘llari, vositalari va qonu- niyatlarini izlab topishdan iborat.
Fizika o‘qitish uslubi fizika va pedagogikadati tashqari pedagogik psixologiya, odam fiziologiyasi, mantiq, texnik fanlar bilan mustahkam bog‘langandir.
Fizika o‘qitish uslubining mazmunini asosan quyidagilar tashkil qiladi: umumiy masalalar (nazariy asosi), kursning alohida mavzularini o'qitish masalalari (xususiy uslub), maktab fizika kursidagi tajribalarning texnikasi va uslubi.
Umumiy masalalarda maktabda fizika o‘qitishning maqsa- di va vazifalari, kursning mazmuni va tuzilmasi, fizika o‘qitishning metodologik va psixologik asoslari, bilimning hayot bilan bog‘lanishi, texnik ta'limni amalga oshirish, fizika kur- sida tajriba, o‘quvchilarning fikrlash doirasini rivojlantirish, ularning dialektik-materialistik dunyoqarashlarini shakllanti- rish, fizik qonuniyatlarni rivojlantirish, fizikadan mash- g‘ulotlarni tashkil qilish shakllari va uslublari ko‘rib chiqila- di.
Xususiy uslubda kursning har bir mavzusining mazmu- ni, o‘qitish ketma-ketligi, tushunchalarni shakllantirish yo‘llari, qonun va nazariyalarning mazmnnini ochib berish uslublari, fizika tajribalarining qo‘llanilishi, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, materialning politexnik ahami- yati va boshqalar ko‘rib chiqiladi. Bular quyidagicha amalga oshiriladi.
Avval ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalari, tegishli adabi- yotlar, o‘quvchilarning bilim olishdagi faoliyatlari o‘rganiladi. Bundan tashqari sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, nazorat yozma ishlari va daftarlari o‘rganiladi. Bu o‘rga- nilganiargaasosan gipotezayaratiladi.Avvalgi o‘qitish uslub- lariga (material mazmuniga, tuzilishiga, o‘qitish ketma-ketli- giga, bayon qilish uslublariga, tajriba va texnika vositalaridan foydalanishga) muhim o‘zgartirishlar kiritib o‘qitish uslubi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan uslub pedagogik eksperi- mentda sinab ko‘riladi.
Pedagogik eksperiment jarayonida ishlab chiqilgan yangi uslub va vositalarning samaradorligi, tanlangan material o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, material hajmining ajratilgan vaqtga mos kelishi aniqlanadi.
Pedagogik eksperiment bir necha yilgacha o‘tkazilishi mumkin. Uni eng ko‘p tarqalgan shakli bu eksperimental va nazorat sinflarida olingan natijalarni solishtirishdan ibo- i;atdir. Eksperimental sinf yangi ishlab chiqilgan iislubda, nazorat sinfi avvalgi mavjud uslublarda o'qitiladi. Ishlab chiqilgan yangi uslub yaxshi natija bersa uni ommalashtiri- ladi.
Respublikamizning pedagog olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda yaratilgan adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya”, “Yangi pedagogik texnologiya”, “Ilg’or pedagogik texnologiya”, “Progressiv pedagogik texnologiya” kabi tushunchalar ko’p uchrab turgani bilan ularning o’zbek tilidagi maromiga yetgan ta’rifi xali tuzilmagan. Bu yerda, nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbiq etish zarurati tug’ildi degan savol paydo bo’lishi mumkin. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjud-ku, ularning eskirib, talabga javob bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini o’zgartirib, milliy to’s berib, foydalanaversa bo’lmaydimi?- degan mulohazalar ham yo’q emas. Rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishga intilayotgan jamiyatga bu yo’l uzoq xizmat qilolmaydi. Chunki:
Birinchidan, Mamlakatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun ta’lim tizimiini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanishning zarurligi;
Ikkinchidan, an’anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli “Axborotli o’qitish” sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanishi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
To’rtinchidan, kishilik jamiyati o’z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;
Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir!
Pedagogik texnologiya yuqorida sanab o’tilgan beshta sababiy shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.
Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida maxsus tadqiqotlar olib borishni ko’zda tutadi.Shuni aytish joizki, ta’lim texnologiyalari pedagogika ilmining tadqiqot obyekti sifatida, aniq fanlarni o’qitish uslubi bo’libgina qolmay, ijtimoiy fanlarni o’qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi lozim.
Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqiy kundan-kunga ortib bormoqda. O’zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy соҳаларда aloqalar o’rnatdilar. Natijada yurtimizga ilg’or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatori jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib keldi.
Ma’rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib kelayotgan pedagogik texnologiyalarni o’rganib, xalqimizning milliy pedagogika an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi xolatidan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyasini yaratish lozim.
Texnologiya, deganda, subyekt tomonidan obyektga kursatilgan ta’sir natijasida subektni sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yunaltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni kuzda tutadi.
Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak, o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida ta’lim oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin.
Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirish zaruriyatini V.P.Bespalko quyidagicha izohlaydi: “Pedagogik texnalogiya -bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan ta’lim oluvchi fizikaini shakllantirish jarayoni loyihasidir”.
Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: “Pedagogik texnalogiya-avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir”,- degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. “Pedagogik texnalogiya-o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”,-deydi.
M.V Klarin fikricha, pedagogik texnalogiya-o’quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini loyixalashdir.
O’zbekistonlik pedagog olimlar B.L.Farberman, N.Saidaxmedov va М.Ochilovlarning fikricha pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkun: pedagogik texnalogiya ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning pedagogik texnalogiyaimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadek.
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so’zsiz, o’quv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o’zaro funksional bog’liqlikda bo’lib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon tizimini tashkil qiladi. pedagogik jarayon tizimining muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |