Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida informatika fanini o



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/38
Sana14.04.2022
Hajmi0,92 Mb.
#551117
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
akademik litsey kasb-hunar kollejlarida informatika fanini oqitish sifatiga tasir etuvchi omillar

Shriftlar
. So‘nggi yillarda veb-dizaynerlar orasida juda mayda shrifdan 
foydalanishdek ahmoqona odat ommalashib ketdi. Bunday ma‘lumotlarni 
o‘qimaganingiz ma‘qul. Agar siz matn bilan ishlayotgan bo‘lsangiz, doimo 


masshtab 
yordamida 
o‘qish 
uchun 
qulay 
shrift 
turini 
tanlang.
Tez harakat qilayotgan matnni o‘qishga uringman. To‘xtaganidan keyingina 
o‘qishni boshlang. 
Shrift o‘lchami, turi, shuningdek, rangi va fon rangi bilan bog‘liq bo‘lgan bir 
qator faktorlar mavjud. Qanday shrift ko‘zga zarar yetkazadi? 
- Mayda shrift; 
- Qiyin o‘qiladigan shrift; 
- Yorqin fondagi shrift; 
- Tez harakat qilayotgan shrift; 
- Shrift va fon ranglarining mos emasligi ko‘zni oladigan rangdagi yorqin shrift. 
Bularning barchasi uzoqdan ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi, bosh og‘rigi, stress va 
depressiyani keltirib chiqaradi. 
Shrift 
o‘lchami, matn rangi va 
formatlashni sozlash. Agar sahifa muallifi 
matnni biron shrift o‘lchamlarida tergan 
bo‘lsa ham, shriftning o‘lchami, rangi, veb-
sahifaning foni rangini sozlash mumkin. 
Bunday imkoniyatlar ko‘rish qobiliyati past 
bo‘lgan odamlar uchun juda foydalidir, 
chunki yirik shrift va kontrast ranglar ko‘rishni yengillashtiradi. Internet 
Explorerni tanlangan rang va shriftdan foydalanish uchun sozlash mumkin. 
Sichqoncha. 
Komp‘yuter ―sichqonga‖sining uncha sezilarli bo‘lmagan 
harakatlari klaviaturadagi bakteriyalar va monitordan taralayotgan nurlardan ko‘ra 
ancha xavfliroqdir.
Hozirgi kunda ishlash uchun qulay bo‘lgan g‘ildirakchali yangi 
sichqonchalar ishlab chiqarilmoqda. Sichqonchani bosh barmoq va jimjiloq bilan 
ushlash kerak, bunda ko‘rsatkich barmog‘ingiz chap tomondagi tugmachada, o‘rta 
barmog‘ingiz g‘ildirakchada, nomsiz barmog‘ingiz o‘ng tomondagi tugmachada 
bo‘lsin. Bilagingiz doimo stolda bo‘lishi, sichqonchani esa stol bo‘ylab faqat 
barmoqlaringiz 
bilan 
harakatlantirishingiz 
kerak. 
Ko‘pchilik, ayniqsa, 


sichqonchani bosh va nomsiz barmoq bilan ushlashga, bilak qismi bilan harakat 
qilishga odatlanib qolganlar fikrimizga qo‘shilmasligi mumkin. Lekin ishoning – 
sichqonchani qanday ushlash kerak ekanligini qaytadan o‘rganish sizga faqat foyda 
keltiradi. Bilak stol ustida xotirjam yotganida, qo‘l kamroq charchaydi, demak, 
tonnel sindromining rivojlanishi ehtimoli ham kamayadi. Sichqonchani bosh 
barmoq va jimjilog‘ingiz bilan ushlaganingizda, uning harakat amplitudasi ortadi, 
bu esa zamonaviy, ancha sezuvchan sichqonchalar uchun kifoyadir. Komp‘yuter 
sichqonchasi va ―kaft usti suyagi sindromi‖. Bugungi kunda komp‘yuter oldida 
uzzu-kun o‘tirib ishlash ko‘pchilik uchun odatdagi mashg‘ulot bo‘lib qolgan. 
Odamlar monitordan taralayotgan nurlardan o‘zlarini ehtiyotlashga urinadilar, 
qulayroq holatni tanlashga intiladilar, bakteriyalardan xavfsirab, klaviaturani 
tozalaydilar. Lekin sichqonchaning sezilar-sezilmas harakatlari baozan ancha 
xavfliroqdir. Aynan shu harakatlar ―kaft usti suyagi sindromi‖ paydo bo‘lishiga 
sabab bo‘ladi. Bunday kasallikka chalinganlarning soni yil sayin ortib bormoqda. 
Kaft usti suyagi sindromi-tez-tez takrorlanib turadigan qo‘l harakatlari 
natijasida kaft usti suyagi kanalidagi nerv tolasining qisilib qolishidir. Qoida 
bo‘yicha, musiqachilar va harakatdagi mexanizmlar bilan muntazam ishlaydiganlar 
bu kasallikka chalinadilar. Asosiy belgilar- barmoqlarning achishishi, uvishib 
qolishi, yengil og‘riqning paydo bo‘lishi. Birinchi bor bu kasallik 90-yillarning 
boshida AQSHda qayd etilgan bo‘lib, u vaqtlarda kamdan-kam uchrar edi. Odatda 
uni kortikosteroid inoeksiyalari bilan davolaydilar, lekin baozan qisilib qolgan nerv 
tolasini bo‘shatish uchun jarrohlik operatsiyasi qilinadi. So‘nggi yillarda kaft usti 
suyagi sindromi kasalligiga mubtalo bo‘lganlar sonining bir necha marotaba ortib 
ketishi fransuz shifokorlarini tashvishga solmoqda. Bemorlarning ko‘pini 
komp‘yuter bilan ishlaydiganlar tashkil etadi. Agar bundan 10 yil muqaddam 
jarrohlar haftasiga 1-2 ta kaft usti suyagi operatsiyasini o‘tkazgan bo‘lsalar 
bugungi kunda bunday operatsiyalarning soni haftasiga 20ga yaqin, yiliga 80000 
tagacha boradi. Bu sindrom paydo bo‘lishiga sabab klaviatura va sichqoncha bilan 
ishlayotganda qo‘lning noto‘g‘ri holatda bo‘lishidir. Gap shundaki, sichqoncha 
bilan ishlash jarayonida kaft usti suyagi tinmay harakatda bo‘lib unga doimo 


statistik yuk tushib turadi. Bundan tashqari, stol haddan ziyod past yoki baland 
bo‘lsa, kaft usti suyagi tirsak-bilak suyagiga nisbatan ko‘p harakat qiladi. Bunda 
komp‘yuter sichqonchasi bilan aniq harakatlar qilinmay, jismoniy mehnat qilishda 
ishlashi kerak bo‘lgan mushaklar guruhi harakatga keladi.
Agarda: -kaft usti suyagingiz va bilagingizni muntazam ravishda har tomonga 
harakatlantirsangiz, tirsagingiz 90 darajadan ortiq burchak ustida ukilgan bo‘lsa; 
- bir xil holatda uzoq vaqt o‘tirib ishlasangiz sizda kasallikka chalinish xavfi bor.
Bu kasallikning oldini olish uchun quyida berilgan shifokorlar maslahatiga amal 
qiling.
- sichqoncha va klaviatura bilan ishlayotganingizda qo‘lingizning tirsak qismidagi 
bukilish burchagi to‘g‘ri bo‘lishi kerak; 
- qo‘llaringizni stol burchagiga qo‘ymang, qo‘llar stolda bemalol joylashishi zarur; 
- qo‘llar barmoqlarga nisbatan yuqoriroqda bo‘lishi kerak; 
- klaviaturani qattiq bosmang; 
- qo‘llaringiz dam olishi uchun, qo‘llar uchun suyanchig‘i bor kursida o‘tiring, 
muntazam ravishda barmoqlar uchun mashq qilib turing;qo‘llarni silkiting; 
- barmoqlaringiz bilan stolni o‘ng tomondan chap tomoniga qarata cherting.




Xulosa o‘rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida
«maqsadli yondashuv» uslubining - o‘quv jarayonida qanday foydalanilishini 
yoritdim. Ushbu bitiruv malakaviy ishida ta‘lim sohasidagi, yangi pedagogik 
texnologiyalar va darslarni zamonaviy darajada olib borishda muhim o‘rin egallagan 
holda kadrlar tayorlashni kelajakda o‘z o‘rniga ega bo‘ladigan malakali 
mutaxassislarni yetishtirishda o‘z xissasini qo‘shadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta‘lim 
to‘g‘risida»gi qonunda o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish 
mamlakatimiz ta‘lim tizimini isloh qilishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida 
e‘tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta‘lim jarayonini inqirozdan 
holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta‘lim 
standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganlaridek, «Eng yangi 
zamonaviy o‘quv vositalari bilan ta‘minlangan kollejlarda eskidan qolgan o‘qitish 
uslublarining davom etishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi».
Zero pedagogik texnologiyadan foydalanayotgan ko‘pgina rivojlangan 
mamlakatlar o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga 
erishayotganliklari hayotda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ushbu qo‘llanmada bayon etilgan 
ma‘lumotlar esa bu pedagogik texnologiyaning didaktik salohiyati to‘g‘risida fikr 
yuritishga asos bo‘ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o‘quv maqsadlarini belgilash,
talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o‘quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi 
dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda 
pedagogik texnologiya katta imkoniyatlarga ega.
Pedagogik texnologiyani joriy etish tajribasini o‘rganish va unga ijodiy 
yondashish, o‘quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob‘ektdan faol 
sub‘ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo‘nalganligini hamda 
o‘quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta‘minlashda 
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.


Pedagogik texnologiya doirasida yaratilgan turli xil qo‘llanmalarga murojaat 
qilish esa, o‘quv jarayonini tashkil qilishga oqilona va ijodiy yondashishga, bunda 
o‘qituvchi o‘z erkinligiga ega bo‘lishi, darsda qo‘llanilgan turli shakl, uslub va 
vositalar samaradorligini o‘zi baholashiga imkoniyat yaratadi. SHuni ta‘kidlash 
lozimki, pedagogik texnologiya tamoyillari va qoidalariga amal qilish, o‘quv jarayoni 
mazmunini talaba shaxsiga, uning qiziqishlari, intilishlari, yosh davrlari 
xususiyatlariga va individual o‘zlashtirish sur‘atlariga muvofiq holda olib borilishini 
ta‘minlaydi. 



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish