Buyuk faqih Burhoniddin Marg‘inoniy va uning «Hidoya» asari.
Musulmon huquqshunosligining ulkan namoyandasi, shayx ul-islom
Burhoniddin Marg‘inoniyning nomi islom olamida Imom Buxoriy, Imom
Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamahshariy, Najmiddin Kubro,
Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror singari ulug‘ siymolarning nomlari
bilan yonma-yon turadi.
Prezident Islom Karimov: «Nafaqat musulmon olami, balki butun
dunyo e’tirof etgan, Alloh taolo bergan aql-zakovati bilan musulmon
huquqshunosligi ilmida o‘ziga xos maktab yaratgan, bebaho merosi bilan
mana shu Farg‘ona diyorini jahonga tarannum etgan ul zotning
tariximizdagi o‘rni va obro‘si beqiyosdir»
2
, – deya uning faoliyatiga
yuksak baho bergan edi.
Hayotini dinu diyonat pokligi, iymon-e’tiqod ustuvorligi, ilm va
adolat tantanasi uchun sarflagan bu mo‘tabar alloma Sharq olamida
«Burhonuddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati», degan yuksak
e’tirofga sazovor bo‘lgan. Oddiy xalq orasida esa «Hidoyat yo‘lining
sarboni», deya katta hurmat-e’tibor topgan. Marg‘inoniyning o‘lmas
merosi, xususan, «Hidoya» («To‘g‘ri yo‘l») deb atalgan asari, sakkiz
asrdan buyon musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal
huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Bu mumtoz asarning
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕʆɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ. 7. – Ɍ.,
1999. – Ȼ. 179–185.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɭɪԟɨɧɢɞɞɢɧ Ɇɚɪԑɢɧɨɧɢɣ ɬɚɜɚɥɥɭɞɢɧɢɧɝ 910 ɣɢɥɥɢɝɢɝɚ
ɛɚԑɢɲɥɚɧɝɚɧ ɬɚɧɬɚɧɚɥɢ ɦɚɪɨɫɢɦɞɚ ɫʆɡɥɚɧɝɚɧ ɧɭɬԕ // ȼɚɬɚɧ ɪɚɜɧɚԕɢ ɭɱɭɧ ԟɚɪ
ɛɢɪɢɦɢɡ ɦɚɫɴɭɥɦɢɡ. Ɍ. 9. – Ɍ., 2001. – Ȼ. 114.
34
Yevropa tillariga ham tarjima qilingani, butun dunyoda katta qiziqish
bilan o‘rganilayotgani, turli tillarda unga ko‘plab sharh va izohlar
bitilgani Marg‘inoniy merosining umumbashariy ahamiyatidan dalolat
beradi. Burhoniddin Marg‘inoniyning bizga qoldirgan ulkan merosi,
erishgan shon-shuhratining zamiri avvalo uning ibratli hayoti, pok
e’tiqodi, olijanob insoniy fazilatlaridir.
Burhoniddin Marg‘inoniyning «Hidoya» (to‘liq nomi «Al-Hidoya fi
sharh al-Bidoya» – «Bidoya (kitobi)ning sharhi bo‘yicha qo‘llanma»)
asari sunniylikning hanafiylik mazhabida keng tarqalgan musulmon
huquqidan qo‘llanma (kodeks)dir. Uni Burhoniddin Marg‘inoniy 13 yil
davomida yozgan. Alloma uni yaratishda Qur’oni karim oyatlari,
dastlabki to‘rt xalifa, sahobalar va tobeinlarning rivoyatlari, hadislar,
sunniylik oqimidagi to‘rt mazhab asoschilarining asarlariga tayangan.
Marg‘inoniy bu asarda o‘z davrida mo‘min-musulmonlar uchun dolzarb
bo‘lgan hayotiy masalalar, chunonchi oilaviy va ijtimoiy munosabatlar,
mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatiga
taalluqli juda ko‘p murakkab muammolarni musulmon huquqi nuqtai
nazaridan hal etib bergan. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki
butun islom olamida ko‘plab tillarga tarjima qilinib, ma’lum va mashhur
bo‘lib ketgan.
«Hidoya» to‘rt jild, 57 kitob, 165 bob, 152 fasldan iborat. Birinchi
jild 5 ta kitobdan iborat bo‘lib, tahorat va amaliy ibodatlar (namoz, ro‘za,
zakot va haj)ga bag‘ishlangan. Ikkinchi jildda nikoh, emizish, taloq, qulni
ozod qilish, topib olingan bolalarning nasabini aniqlash, bedarak
yo‘qolganlar, sherikchilik, vaqf huquqi kabi masalalar yoritilgan.
Uchinchi jildda oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning
vazifalari, guvohlik, vakolat, da’vo, sulh, qarz berish, sovg‘a, ijara,
voliylik (patronat), homiylik kabi masalalar, to‘rtinchi jildda shafoat,
merosni taqsimlash, vasiyat, dehqonchilik va bog‘dorchilik, shartnoma,
qurbonlik qilish, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar, xun haqi to‘lash
kabi masalalar bayon etilgan.
«Hidoya» hanafiylik fiqhining to‘rt asrlik rivojiga yakun yasadi. U
XIV asrda hanafiylik mazhabida mumtoz asar sifatida tan olindi. Kitob
yaratilgandan boshlab faqihlar, tarixchilar, davlat namoyandalari diqqat-
e’tiborini tortib kelgan. «Hidoya» bir necha asrlar mobaynida ko‘pgina
musulmon mamlakatlarida huquqshunoslikdan eng asosiy qo‘llanma
hisoblangan. O‘zbekistonda u XX asrning 30-yillarigacha – musulmon
huquqi qozilari «bekor qilinib», sho‘rolarning sud tizimi joriy qilingunga
qadar amalda bo‘lib keldi. Uni o‘rganish musulmon mamlakatlari oliy
35
o‘quv yurtlarining o‘quv dasturlariga kiritilgan. Kitob, ta’kidlagani-
mizdek, jahonning bir necha tillariga tarjima qilingan. «Hidoya»ni o‘zbek
tilida mukammal tarjima qilishga kirishilgan. Chunonchi, 2000-yilda
Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlanishi arafasida
birinchi jildning arab tilidan qilingan bevosita tarjimasi bosmadan
chiqdi1. Marg‘inoniylar sulolasi nomi bilan bog‘liq musulmon
fiqhshunoslik maktabi nafaqat Turkiston hududida, balki butun o‘rta asr
arab-musulmon dunyosi huquqshunoslik ilmida asrlar davomida ustuvor
bo‘lib qolishida Burhoniddin Marg‘inoniy hal qiluvchi rol o‘ynagan.
«Hidoya» o‘rta asrlar va hozirgi kunda ham musulmon huquqining
qomusi, qonunlar chiqarish ibtidosi, umuman har qanday huquqiy ma’ri-
fat, ta’lim va tahsilning birlamchi ibtidosidir, u musulmon huquqidagi
hanafiylik huquqiy maktabiga ergashuvchilargina emas, balki musulmon
huquqidagi barcha mazhablar uchun ham andozadir.
Burhoniddin Marg‘inoniy – imom, qonunshunos, hadisshunos,
Qur’onni yoddan bilgan va tafsir qilgan, huquqiy bilimlarni to‘plab, ularni
yaxlit bir fan holatiga keltirgan tadqiqotchidir. Marg‘inoniy yana bir
qancha asarlar yozgan, ular «Nashr al-mazhab» («Mazhabning
tarqalishi»), «Kitob at-tajnis val-maziyd» («Fuqarolik huquqini taqdim
etish»), «Kitob ul-faroiz» («Majburiyatlar haqida kitob»), «Maziyd fi furu
ul-hanafiy» («Hanafiylik mazhabiga qo‘shimchalar») kabilar. U asarlarida
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va
xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy
asoslari, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari
tarkibi, tartibi va jinoyat ishini ko‘rish masalalarini batafsil yoritib berdi.
Bu asarlarda adolatli bo‘lish, o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida
yashash, o‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar
qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati
ochib berilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi hayoti davomida
shunday insoniy fazilatlar mujassam bo‘lgan inson sifatida yashagan.
Ilmu urfonga fidoyiligi, kamtarligi, o‘z asarlarida biror marta ham «men»
degan so‘zni ifodalamay, «bu zaif banda aytadi», deya xokisorlik bilan
izoh berishida ham uning olijanob insonligi ko‘rinib turadi.
Burhoniddin Marg‘inoniy 1197-yilning 29-oktabrida vafot etgan. U
Samarqand shahridagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. Burhoniddin
Marg‘inoniy buyuk olim sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. Uch o‘g‘li –
Jaloliddin Muhammad, Nizomiddin Umar, Imomiddin Abu Bakrdan
so‘ng uzoq muddatlarda navbatma-navbat Samarqand shayx ul-islomi
bo‘lib turdilar. Nevarasi Abdurahim ibn Bakr al-Marg‘inoniyning (1253-
36
y.dan so‘ng v.e.) fiqhiy asari – «Al-Fusul al-Imodiya» islom dunyosida
keng shuhrat topdi. Evarasi Abdulavval ibn al-Marg‘inoniy (1411-y.dan
so‘ng v.e.) Turkiyada mashhur olim va ustoz sifatida tanilgan. Amir
Temur va Temuriylar davri (1405–1500)da Marg‘inoniy avlodlari
Movarounnahrda uzoq yillar shayx ul-islom lavozimini egallab turdilar.
Marg‘inoniyning ilmiy merosi hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay
kelmoqda. Jahondagi ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida musulmon
huquqshunosligi uning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Burhoniddin Marg‘inoniyning
ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, asarlarini chop etish
ishlariga e’tibor kuchaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning tashabbusi bilan Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997-
y.), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo‘yicha) (2000-y.) keng
nishonlandi. Marg‘ilon shahrining markazida unga yodgorlik majmui
bunyod etilib, shu yerda unga ramziy maqbara qurildi. Prezident Islom
Karimov buyuk faqih tavalludining 910 yilligiga bag‘ishlangan tantanada
so‘zlagan nutqida quyidagilarni faxr bilan ta’kidladi: «Agar biz
allomaning zamondoshlaridan biri aytgan «Ey aql egasi, «Hidoya»ni
o‘qib, mag‘zini chaqqin, chunki u seni hidoyat yo‘liga boshlab, eng oliy
maqsadlarga yetkazgay», degan so‘zlarini eslasak, o‘ylaymanki, u zoti
sharifning avlodlar oldidagi tarixiy xizmatlarini yana bir bor yaqqol
tasavvur qilgan bo‘lamiz. Shubha yo‘qki, «Kuch – adolatdadir» degan
g‘oyani o‘z hayotining mazmuni deb bilgan Amir Temur bobomizdek
ulug‘ ajdodlarimizning kamol topishida ham «Hidoya» singari qomusiy
asarlarning ta’siri va ahamiyati beqiyos bo‘lgan»
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |