Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

Molikiy mazhabiga asos solgan ulamo Molik ibn Anas ibn Amir 717-
yilda Madinada tug‘ilgan. Uning bobosi Amir Muhammad (s.a.v)ning 
Madinada yashagan asosiy izdoshlari qatoridan o‘rin olgan edi.  
Molik hadislarni o‘z zamonining yirik ulamosi bo‘lgan az-Zuhriy va 
sahoba Abdulla ibn Umar ozod qilgan qul – buyuk hadis aytuvchi 
Nofiydan o‘rgangan. Molik faqat haj safarini ado etish uchungina 
Madinani tark etgan, shu bois u asosan Madinada tarqalgan hadislarni 
bilish bilan cheklangan. 764-yilda u majburlab ajratish haqiqiy 
hisoblanmaydi, degan fatvo chiqargani uchun Madina amirining 
buyrug‘iga binoan ayovsiz kaltaklangan. Bu fatvo Abbosiylar sulolasi 
xalifalarining amaliyotiga zid edi. Bu amaliyotga ko‘ra, xalq sodiqlik 
to‘g‘risida qasamyod qilgan vaqtda «ushbu qasamni buzgan har qanday 
shaxs o‘z-o‘zidan xotinidan ajrashgan hisoblanadi», degan bandni qo‘shib 


53
aytar edi. Imom Molikni bog‘lab qo‘yib, qo‘llari qattiq jarohat olguniga 
qadar kaltaklaganlar. Jarohat shunchalik og‘ir ediki, salotni ado etayotgan 
vaqtda imom qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ya olmay qolgan, ba’zi 
ma’lumotlarga qaraganda, ibodat vaqtida u qo‘llarini pastga tushirib 
turgan. 
Imom Molik qirq yil Madinada hadis ilmidan ta’lim bergan va 
Muhammad (s.a.v.)ning hadislari hamda sahobalar va ularning shogirdlari 
asarlaridan tashkil topgan «Al-Muvatto» kitobini yaratgan. 
 Muhammad (s.a.v.)ning sunnasiga asoslangan va barcha holatlarda 
qo‘llash mumkin bo‘lgan keng qamrovli qomusga ega bo‘lish istagida 
bo‘lgan Abbosiylar xalifasi Abu Ja’far al-Mansurning iltimosiga ko‘ra, 
Molik hadislar to‘plamini yaratishni boshlagan. Biroq, bunday kitob 
yozib tugatilgach, Molik uning odamlarga majburan tatbiq etilishiga 
qarshi chiqdi va buning sababini butun Islom imperiyasi bo‘ylab tarqalib 
ketishga ulgurgan sahobalar sunnaning boshqa qismlarini o‘zlari bilan 
olib ketganliklari va butun davlatga oid har qanday qonunda ular ham o‘z 
aksini topmog‘i lozimligi bilan izohladi. Xuddi shunday iltimos bilan 
Xorun ar-Rashid (768–809) ham imomga murojaat qilgan, biroq rad 
javobini olgan. Imom Molik o‘zi tug‘ilgan shaharda 801 yilda, 83 yoshida 
vafot etdi.
Molikiy mazhabining tashkil topishi. Imom Molikning ta’lim berish 
uslubi hadislarni hikoya qilish va ularning mazmunini o‘sha davr 
muammosi doirasida muhokama qilishga asoslangan edi. U o‘z 
shogirdlariga musulmon huquqining turli sohalariga oid hadislar va 
osarlarni (sahobalarning naql qilganlari) hikoya qilib berar, so‘ngra 
ulardan qanday xulosalar chiqarish mumkinligi haqida suhbat qurardi 
yoki oldiga kelgan shogirdlaridan yuzaga kelgan muammo haqida so‘rab, 
ularni hal etishda qo‘llash mumkin bo‘lgan hadis yoki osarlarni aniqlab 
berardi. 
Molik «Al-Muvatto»ni tugatgach, uni o‘z mazhabining manbai 
sifatida mazmunini shogirdlariga gapirib bergan. Har safar yangi 
ma’lumotlarga ega bo‘lganida, ma’ruzasida oz-moz qo‘shimchalar yoki 
juz’iy qisqartirishlar bo‘lar edi. U iloji boricha mulohaza yuritish va 
gipotezik fiqh amaliyotidan qochardi, shuning uchun uning maktabi va 
izdoshlarini Hadis ahli (Ahl al-hadis) deb ataganlar. 
Molikiylar mazhabi foydalangan huquq manbalari. Imom Molik 
islom normalarini quyidagi manbalarga asoslanib chiqargan: 


54
1. Qur’onBarcha imomlar kabi Molik Qur’onni musulmon 
huquqining birinchi darajali manbai hisoblar va uni hech qanday 
shartlarsiz qo‘llar edi. 
2. Imom  Molik  sunnani  musulmon huquqining muhimligi jihatidan 
ikkinchi o‘rinda turuvchi manbai sifatida qo‘llagan. Biroq, Abu Hanifa 
kabi uni qo‘llash borasida ayrim cheklovlar kiritdi. Agar qaysidir hadis 
Madina aholisining odatdagi amaliyotiga zid kelsa, uni rad etardi. Ammo 
Abu Hanifadan farqli o‘laroq, u qo‘llanayotgan hadisning mashhur bo‘li-
shi shart, degan qat’iy talab qo‘ymas edi. Aksincha, u o‘zi eshitgan har 
qanday hadisni, agar hikoya qiluvchilari yolg‘onchi sifatida nom chiqar-
magan va xotira zaifligi dardiga chalinmagan bo‘lsalar, qo‘llayverardi. 
3. Amal – Madina aholisining amaliyoti. Imom Molik Madina 
aholisining ko‘pchiligi Muhammad (s.a.v.)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
avlodlari, Madina esa Muhammad (s.a.v.) umrining so‘nggi o‘n yilini 
o‘tkazgan joy ekanligi tufayli shahar aholisi qo‘llagan an’analar 
Rasululloh (s.a.v.)ning shaxsan o‘ziga ma’qul kelmagan taqdirda ham, 
ruxsat etilganlik maqomini olishi lozim, deb hisoblardi. Shunday qilib, 
imom Molik Madina aholisining an’analariga musulmon huquqi 
manbalarining nihoyatda ishonchli, so‘zda emas, amaldagi turlaridan biri 
sifatida qaragan. Abu Hanifa kabi imom Molik ham sahobalar hamda 
boshqa ulamolarning ijmolarini musulmon huquqining ahamiyatga molik 
manbai, deb hisoblardi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish