Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

Shofi’iy mazhabi. Mazkur huquq maktabiga nomi berilgan shaxsning 
to‘liq ismi Muhammad ibn Idris Shofi’iy bo‘lgan. U 769-yilda Shom 
mamlakatining O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi G‘azo shahrida tug‘ilgan. 
Yigitlik vaqtida imom Molikdan fiqh va hadis ilmlarini o‘rganish uchun 
Madinaga borgan. U imom Molikning «Al-Muvatto» kitobini yodlab 
oladi va ustoziga so‘zlab beradi. Shofi’iy imom Molikning vafotiga qadar 
(801) u bilan birga bo‘ladi, keyin Yamanga borib mudarrislik qildi. 805-
yilda uni shialar ta’limotini targ‘ib qilganlikda ayblab, Iroqqa, Abbosiy 
xalifalardan Xorun ar-Rashid (786–809-yillarda boshqargan) huzuriga 
keltirgunlaricha o‘sha yerda bo‘ldi. U o‘z e’tiqodining to‘g‘riligini 
isbotladi va ozod qilindi. Shofi’iy Iroqda qolib, Abu Hanifaning iqtidorli 
shogirdi imom Muhammad ibn Hasanning qo‘lida ma’lum muddat tahsil 
oldi. Keyin u imom al-Laytdan saboq olish uchun Misrga yo‘l oldi, biroq 
yetib borganida imom hayotdan ko‘z yumgan edi. Bu yerda u al-Layt 
mazhabini uning shogirdlaridan o‘rgandi. Shofi’iy to vafotiga qadar (820) 
xalifa al-Ma’mun (813–832) davrida Misrda hayot kechirdi. 
Shofi’iy mazhabining paydo bo‘lishi. Imom Shofi’iy Hijoz (Molikiy 
maktabi) va Iroq (Hanafiy maktabi) fiqhini birlashtirib, yangi mazhab 
yaratdi va uni o‘z shogirdlariga aytib yozdirdi.  
Shofi’iyning ilk mudarrislik davrini uning Misrga ko‘chib o‘tganidan 
boshlanadigan keyingi davrdan farqlash uchun odatda «Al-mazhab al-
qadim» deb ataganlar. Bu yerda u imom al-Layt ibn Sodaning fiqhini 
o‘rganib chiqib, o‘z shogirdlariga «Al-umm» («Bosh kitob») deb 
nomlanuvchi boshqa bir kitob ko‘rinishidagi «Al-mazhab al-jadid» 
(«Yangi mazhab»)ini yozdirdi. Misrga kelib huquqiy masalalar bo‘yicha 
ko‘plab mutlaqo yangi hadislar va mulohazalar bilan tanishgan Shofi’iy 
«Al-mazhab al-jadid» kitobida Iroqda o‘zi maqullagan huquqiy masalalar 
borasidagi ko‘pgina fikrlarini qayta ko‘rib chiqdi va o‘zgartirdi. Imom 


57
Shofi’iy yana shunisi bilan ham mashhurki, «Al-risola» nomli kitobida 
bayon qilinganidek, u fiqhning asosiy tamoyillarini tartibga solib bergan 
birinchi imom edi. 
Shofi’iy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari. 
1) Qur’on. Musulmon huquqi manbalari orasida Qur’on birinchi 
darajali ekanligi borasida Shofi’iy yuqorida eslab o‘tilgan imomlar bilan 
bir xil fikrda bo‘lgan. U avvalgi imomlar kabi Qur’onga qattiq suyangan. 
Qur’onning mazmunini chuqur o‘rganib chiqqach, o‘zida paydo bo‘lgan 
yangi fikr, bilim va tushunchalarini qo‘shimcha qilardi, xolos; 
2) sunna. Imom Shofi’iy hadislarning maqbul bo‘lishiga birgina shart 
qo‘ygan, bu ularning sahihligi edi. Imom Abu Hanifa va imom Molik 
qo‘ygan boshqa barcha shartlarni rad etdi. Shofi’iy hadis tanqidchiligi 
sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan ham ajralib turadi; 
3) ijmo. Ba’zi holatlarda ijmoni qo‘llash mumkinligiga jiddiy 
e’tirozlar bildirgan bo‘lishiga qaramay, Shofi’iy ijmo tamoyili qo‘lla-
nilgan ayrim holatlarda unga uchinchi darajali musulmon huquqi manbai 
sifatida qarash mumkin deb hisoblagan; 
4) sahobalarning shaxsiy fikrlari. Imom Shofi’iy sahobalarning 
shaxsiy fikrlari o‘zaro mos kelgan hollarda ularga katta ahamiyat bergan. 
Biror masala bo‘yicha sahobalarning shaxsiy fikrlari o‘zaro mos kelmasa, 
xuddi Abu Hanifa kabi qaysi fikr asosiy manbalarga yaqin tursa, shuni 
olib qolgan, qolganlarini chiqarib tashlagan; 
5) qiyos. Mazkur imomning fikriga ko‘ra, qiyos oldingi manbalardan 
yangi fatvolar chiqarishning ruxsat etilgan usullaridan biridir. Biroq, 
Shofi’iy ahamiyatiga ko‘ra, uni sahobalarning fikriga asoslangan 
dalillardan ham pastda turuvchi shaxsiy mulohazalar qatoriga kiritgan; 
6) istis’hob (bog‘lash). Shofi’iy Abu Hanifa qo‘llagan istihson 
tamoyilini ham, imom Molik ishlatgan istisloh tamoyilini ham bid’atning 
bir ko‘rinishi deb hisoblagan holda inkor etgan. Chunki uning fikricha, 
mazkur imomlar ilohiy vahiy mavjud bo‘lgan paytda, asosan, insonning 
subyektiv mulohazalariga asoslangan. Biroq, o‘xshash masalalarni ko‘rib 
chiqishda Shofi’iy baribir istihson yoki istislohga o‘xshash tamoyilni 
qo‘llashga majbur bo‘lgan va uni «bog‘liqlikni topish» degan ma’noga 
ega «istis’hob» deb nomlagan.  
Ta’kidlash joizki, uning ilgarigi bilan o‘z davriga oid normalari 
orasidagi bog‘liqlikni topish yo‘li fiqhda yangi fatvolarni ishlab chiqish 
jarayonining xuddi o‘zi edi. Istis’hob –  ma’lum sharoitlar uchun 
qo‘llangan fatvolar ushbu sharoitlar o‘zgarganda ham u to‘g‘risida hech 
narsa deyish mumkin bo‘lmasa, bunday fatvolar o‘z kuchini yo‘qotmaydi, 


58
degan farazga asoslangan. Masalan, biror kimsa uzoq muddat yo‘qolib 
qolib, uning hayot yoki vafot etganligi noma’lum bo‘lganda, istis’hob 
tamoyiliga asosan, barcha huquqiy qoidalar o‘sha kimsaning hayotligida 
qanday qo‘llansa yoki qanday rioya etilgan bo‘lsa, shundayligicha qolishi 
kerak, deb hisoblangan. 
Shofi’iy mazhabining mashhur namoyandalari. Imom Shofi’iy 
maktabini davom ettirgan mashhur shogirdlari Muzaniy, Robiy va Yusuf 
ibn Yahyo edilar.
Muzaniy (791–876)ning to‘liq ism sharifi Ismoil ibn Yahyo al-
Muzaniy bo‘lgan. U Misrda imom Shofi’iy bilan doim birga bo‘lgan. 
Muzaniy Shofi’iy fiqhining barchasini to‘plab, kitob holiga keltirgan. 
Uning «Muxtasar al-Muzaniy» nomli asari Shofi’iy mazhabi fiqhiga oid 
eng ko‘p o‘qiladigan manbaga aylangan.
Ar-Robiy al-Marodiy (790-873). Shofi’iyning «Al-umm» kitobini 
hikoya qilishda Robiyga hech kim teng kela olmas edi. U bu kitobni «Ar-
risola» va boshqa kitoblar bilan bir vaqtda imom Shofi’iy tirikligi vaqtida 
yozib olgan edi.
Yusuf ibn Yahyo Buvaytiy mazkur mazhabning asosiy ustozi sifatida 
Shofi’iyning o‘rnini egallagan. 
Shofi’iy mazhabiga ergashuvchilarning ko‘pchiligini hozirgi kunda 
Misr, Arabiston yarim orolining janubiy qismi (Yaman, Xazramavt), Shri 
Lanka, Indoneziya, Malayziya, Sharqiy Afrika (Keniya, Tanzaniya) 
hamda Surinam (Janubiy Amerika)da istiqomat qiadilar.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish